Kontent qismiga oʻtish

Pikey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pikey (PK)
Fayl:Пикей 2014.jpg
Rejissyor(lar) Rajkumar Ximani
Prodyuser(lar)

Vidhu Vinod Chopra

Rajkumar Ximani
Ssenariynavis(lar)

Abhijat Joshi

Rajkumar Ximani
Rollarda

Anushka Sharma Suhant Sinh Rajput Boman Irani

Sanjay Datt
Sharhlovchi(lar) Amir Xon
Bastakor(lar) Shantanu Moytra
Kinematografiya

Vinod Chopra Films

Rajkumar Hirani Films
Chiqarilgan sanasi 2014
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til

hindi bhojpuri

rajastxani
Byudjeti 135 mln rupiy

Pikey (inglizcha: PK) – 2014-yilda rejissyor Rajkumar Xirani tomonidan hind tilida suratga olingan ilmiy-fantastik komediya film. Film Yer sayyorasida diniy qarama-qarshiliklar ichida qolgan oʻzga sayyoralik haqida hikoya qiladi. Bosh rolni Amir Xon, boshqa rollarni esa Anushka Sharma, Boman Irani va Sanjay Duttlar ijro etishgan.

Film tanqidchilar va tomoshabinlar tomonidan ijobiy qabul qilingan. Shuningdek, u butun dunyo boʻylab 7 milliard rupiydan ortiq daromad keltirdi va bu Hindistonning eng yuqori daromad keltirgan filmiga aylanishi uchun yetarli boʻldi, hamda film ijodkorlariga ikkita Kino aktyor mukofotini ham qoʻlga kiritishlariga sabab boʻlgan.

"Rajastan" shtatiga odam qiyofasidagi oʻzga sayyoralik Yerda tadqiqot olib borish uchun kemasida uchib keladi. Biroq, u birinchi uchratgan Yer odami undan uyga qaytishi uchun zarur boʻlgan kema kalitini oʻgʻirlab ketadi. Shunday qilib, u uyiga qaytib ketish uchun kerakli boʻlgan asbobni qidirishni boshlaydi va shaharda turli odamlarga duch keladi. U odamlarning turli xil urf odatlari va eʼtiqodlaridan chalkashib qoladi ammo asta-sekinlik bilan ularga moslasha boshlaydi. Yerliklar haqida yaxshi maʼlumotga ega boʻlmagan PK bir qizni uchratib qoladi, ular doʻst tutinishadilar. Qiz PK yoʻqotib qoʻygan narsasini topishda yordam beradi. Film oxirida PK maxsus asbobini topib uni qaytarib olgach oʻz sayyorasiga qaytib ketadi.