Paxtaarna kanali
Paxtaarna kanali — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi kad. tuprok, oʻzanli kanal. Uz. 27,6 km, tubining kengligi 20–28 m, chuq. 3,3—4,3 m, kanal boʻyi dambasining kengligi 2–10 m. Suv oʻtka-zish qobiliyati 80 m³/s Amudaryodan suv oladi. Hozirgi suv olish inshooti 1957-yilda barpo etilgan shandorli toʻsiqlar bilan taʼminlangan 5 koʻzli (har birining eni 3 m) temir-beton toʻrtburchak quvurlardan iborat. Tuyamoʻyin gidrouzeli darvo-zasidan 30 km (daryoning chap sohilidagi Toshsoqa kanalining bosh inshootidan 1 km) quyida, qirgʻoqdan 4,5 km uzoqlikda joylashgan. Daryodan suv kanalga uzatish oʻzani orqali yetkazib berilaai. Kanaldan suv 5 ta suv chikargich (Buzyob, Amirobod, Bogʻyoob va boshqalar) va 30 ga yaqin nasoslar yordamida taqsimlash kanallari va ariklarga uzatiladi.
Amudaryoning Tuyamoʻyin gidrouzelidan Qoratovgacha boʻlgan oʻng sohili — Toʻrtkoʻl tumanida 37,1 ming ga, Beruniy tumanida 7,01 ming ga ekinzorlar Paxtaarna kanalidan sugoriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |