Ordos
Ordos — Xitoyning shimoliy qismidagi choʻlli plato. Xuanxe daryosining aylanib oqqan joyida. Maydoni 95 ming km². O.ning janubiy qismi Lyossli platoga tutashgan. Koʻp qismining bal. 1100– 1500 m, eng baland joyi 2535 m. Asosan, yura va boʻr davrining qumtoshlaridan tuzilgan. Yer yuzasi qir va botiqlardan iborat. Pastqam joylari shoʻr koʻl, shoʻrxok va botqokliklar bilan band. O. hududining yarmiga yaqinini shamolda qisman koʻchib yuruvchi qum tepaliklari egallagan. Iklimi keskin kontinental, moʻʼtadil iklim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 10°, iyulniki, 23°. Yillik yogʻin 100–400 mm. Landshaftining ak-sari qismi choʻl, chala choʻl va quruq dasht. Boshokli oʻt oʻsimliklari oʻsadi. Butazorlar bor. Aholisi koʻchmanchi chorvachilik bilan hayot kechiradi. Toshkoʻmir, neft, soda konlari topilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |