Mineral koʻllar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mineral koʻllar, shoʻr koʻllar — suvining tarkibida koʻp miqdorda tuz boʻlgan koʻllar. Mineral koʻllar toifasiga tuz miqdori okeandagi (35 g/kg)dan yuqori boʻlgan koʻllar kiradi. Boshqa tasnif boʻyicha Mineral koʻllar toifasiga tarkibidagi eritma moddalar 25g/kg dan ortiq boʻlgan koʻllar kiradi. Tarkibida tuz miqdori 1%o dan 35%o gacha (yoki 25%o) boʻlgan Mineral koʻllar kam mineralli yoki shoʻr koʻllar deyiladi. Yuqori konsentratsi-yadagi Mineral koʻllarning tuzli suvi tagida tuzlar konsentratsiyasi va choʻkmasini hosil qilgan toʻyingan eritmani vujudga keltiradi. Oddiy koʻl suvi oqmasdan turib qolishi va bugʻlanishi natijasida undagi tuz miqdori orta borib, Mineral koʻllar ni paydo qiladi. Mineral koʻllar ikki xil yoʻl bilan: dengizning ayrim qismi ajralib qolishi natijasida (mas, limanlar, baʼzi bugozlar va boshqalar); chul va dashtlardagi pastqam joylarga oqar suvlar nuragan togʻ jinslaridagi oson eriydigan tuzlarini oqizib keltirishidan hosil buladi (mas, Qoraqal-pogʻiston Respublikasining Qungʻirot shahridan 60 km shim.-gʻarbda joylashgan Qoraumbat kuli). Mineral koʻllar suvidagi tuzlarning xili va miqdoriga qarab karbonatli, sulfatli va xloridli boʻladi. Mineral koʻllardan soda, mirabilit, xlorli magniy, tuz, yod, brom birikmalari va hokazo olinadi. Tibbiyotda Mineral koʻllardan revmatizm va boshqa kasalliklarni davolashda foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |