Botiq
Qiyofa
Botiq — quruqlikda yer yuzasining, shuningdek okean va dengizlar tubining atrofga nisbatan ancha pastga botgan joylari. Tubi koʻpincha tekis, chuqurligi har xil boʻladi. Botiq koʻproq tektonik yoʻl bilan vujudga keladi. Shakli odatda, yumaloq, oval hamda uzunchoq boʻladi. Diametri yoki uzunligi oʻn va yuzlarcha km ga yetadi (Fargʻona, Sariqamish, Borsakelmas botiqlari). botiq soʻzi soylik, depressiya, bukilmalar terminlarining sinonimi sifatida ishlatiladi. Tinch okeanda Mariana (11022 m), Tonga (10882 m) botiqlari bor. botiq ilgari choʻkma deb yuritilgan. botiq atamasi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida qayd qilingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |