Ob (daryo)
Ob | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 3 650 |
Maydoni | 2 990 000 km² |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Rossiya |
Ob (daryo) |
Ob (ruscha: Обь) – Rossiya va Yer sharidagi eng yirik daryolardan biri; Rossiyada sersuvligi jihatidan 3-oʻrindagi (Yenisey va Lenadan keyin) daryo. Oltoydagi Biya va Katun daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi va Gʻarbiy Sibir hudu-dini janubidan shim.ga kesiboʻtib, Kara dengizining Ob qoʻltigʻiga quyiladi. Uzunligi 3650 km (Irtish daryosining boshlanishidan hisoblaganda 5410 km), havzasining maydoni 2990 ming km². Hav-zasining asosiy qismi (85%) Gʻarbiy Sibir tekisligida, janubi-sharqiy qismi Janubiy Sibir togʻlarida joylashgan (Oltoy, Kuznetsk Olatovi, Salair kryaji va Togʻli Shoriya). Ob havzasiga 150 dare quyiladi. Havzaning yuqori qismi togʻlarda joylashgan boʻlib, u yerdan Biya va Katun hamda koʻpchilik irmoklari boshlanadi.
Tom daryosi quyilish joyidan quyirokda Ob sersuv va Irtish daryosiga qoʻshilgunga qadar tayga zonasi boʻylab oqadi. Bu yerda Ob vodiysining eni 30– 50 km va undan ortiq. Chuqurligi 4–8 m. Yirik irmoklari: Tom, Chulim, Ket, Tim, Vax va boshqa
Irtish daryosi quyilgandan soʻng Ob shimolga buriladi. Vodiysi keng, assimetrik. Qayiri ham keng (40–50 km). Ob Peregrebnoye shahridan quyiroqda 2 oʻzanga – Katta Ob va Kichik Obga boʻlinadi. Quyi oqimining asosiy irmoklari: Kazim, Poluy (oʻngda), Shimoliy Sosva, Shchuchya (chapda). Ob Ob qoʻltigʻiga delta (maydoni 4 ming km²dan or-tiq) hosil qilib quyiladi. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi Barnaul shahri yaqinida 1470 m³/ sek, Salehard shahri yaqinida 12700 m³/ sek. Obning yuqori oqimida muz 150 kun, quyi oqimida 220 kun erimay yotadi.
Ob havzasi har xil tabiiy resurslarga boy. Gʻarbiy Sibir neft, gaz va koʻmir zaxirasi boʻyicha Rossiyada muhim oʻrin egallaydi. Rossiya Federatsiyasidagi barcha torf za-xirasining asosiy qismi shu yerda. Suv, oʻrmon va boshqa resurslar ham koʻp. Ob va Ob qoʻltigʻida 50 ga yaqin baliq turi uch-raydi. Ob havzasining umumiy potensial gidroenergiya resursi 250 mlrd. kVt-s. Novosibirsk GES, Buxtarma GES va Oʻskemen GES ishlab turibdi. Ob – Gʻarbiy Sibirning asosiy transport magistrali. Obning boshlanish joyidan quyilish yerigacha kema qatnaydi. Ob xavzasining asosiy port va pristanlari: Novosibirsk, Tomsk, Surgut, Labitnangi, Pavlodar, Omsk, Tobolsk, Tyumen.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |