Torf
Torf (nemischa: torf ) — botqoqlik oʻsimliklarining oʻta namgar va havo kirib borishi qiyin boʻlgan sharoitda tabiiy chirishi va chala parchalangan qoldiklarining toʻplanishidan hosil boʻladigan foydali qazilma, yoqilgʻi. Torfning organik moddasi turli darajada parchalangan oʻsimlik qoldiqlaridan iborat. Torf yer ustida yoki mineral yotqiziqlar qoplami ostida birinchi oʻn m lardagi chuqurlikda yotadi. Chirindi (gumus) Torfga qoramtir rang beradi. Kimyoviy tarkibi Torf hosil qiluvchi oʻsimliklarning kimyoviy tarkibiga va torfning parchalanish darajasiga boglik boʻlib, unda 50—60% uglerod, 5— 6,5% vodorod, 30—40% kislorod, 1— 3% azot, 0,1—1,5% oltingugurt bor. Torfga xos xususiyatlar: tabiiy sharoitda juda koʻp nam (88—96%) saqlash, gʻovaklik (96—97% gacha) va boshqa torfning teksturasi bir jinsli, baʼzan qatlamli, strukturasi, odatda, tolasimon va plastik. Rangi sariq yoki qoʻngʻirqora. Torfning quruq holatda zichligi (0,3 g/sm3 gacha), issiqlik oʻtkazish koeffitsiyenti kam, gaz yutish xususiyati esa koʻp boʻladi. Torfning dunyodagi zaxirasi 500 mlrd. t boʻlib, konlarining maydoni dunyo boʻyicha 176 mln. Torf tez uvalanishidan uzoqqa tashib borish kiyin. Shuning uchun mahalliy yoqilgʻi sifatida foydalaniladi. Briketlangan hodda tashish kulay. Torf yirik elektr styalari, issiklik elektr markazlari xamda zd va fka qozonxonalarida yoqish uchun ishlatiladi. Torfdan qurilish materiallari (plitalar) ham tayyorlanadi. Gazlashtirish va chala kokslash yoʻli bilan kimyoviy moddalar olinadi. Torfda va ohak aralashmasini tayyorlashda torfammiakli oʻgʻitlar ishlab chiqarishda, sabzavotchilik va gulchilikda biologik yoqilgʻi, chorvachilikda toʻshama sifatida, tibbiyotda davolash muolajalarida ishlatiladi. Torf konlari barcha materiklarda: Shimoliy yarim sharda — Gʻarbiy Sibir va gʻarbga tomon Atlantika okeanining sohillarigacha hamda Shim. Amerikaning shim.sharqiy qismida bor. Janubiy yarim sharda esa Jan.
Sharqiy Osiyo olaridagina topilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |