Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | qoʻshiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati, Oʻzbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-she’riy san’atning an’anaviy shakllarini oʻzlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targʻib qilganligi uchun | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 2000-yil 26-aprel. |
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni — qoʻshiqchilarga yuksak ijrochilik mahorati, Oʻzbekiston mumtoz musiqa merosini va musiqaviy-she’riy san’atning an’anaviy shakllarini oʻzlashtirganligi va rivojlantirganligi, faol targʻib qilganligi uchun beriladi[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy.cholgʻu asboblaridan doira va dutor pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirogʻidan “XALQ XOFIZI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.