Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbek urugʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birinchi varsiya boʻyicha oʻzbek askarining portreti, 1557—1564 yillar, boshqa talqin boʻyicha – turkman asirining portreti, Eron[1]

Oʻzbek ulusi tarkibiga kiruvchi turk urugʻlar nafaqat Oʻzbekiston hududida, balki butun Oʻrta Osiyo hududlarida tarqalgan. urugʻlariga moʻgʻullar istilosidan oldingi va istilo davrida hamda shayboniylar davrida kelgan etnik guruhlar ham kiradi[2]. Shuningdek, Oʻrta Osiyoda qadimdan yashab kelayotgan chigʻil, yagʻmo, usun, tuxsi, xalach va boshqalar turkiy etnik guruhlar ham oʻzbek ulusi tarkibiga kirgan[3].

Oʻrta Osiyo xalqlarining 19-asr 2-yarmi – 20-asr boshlaridagi tarixiy taqdiri va taraqqiyot bosqichlari chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri bilan bogʻliq. Keyinchalik mintaqada Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi bilan Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilib, 5 ta milliy respublikalar tashkil etildi. Shu bilan shakllangan elatlar taraqqiy etayotgan tarixiy makon sunʼiy ravishda boʻlib yuborildi. Mintaqa xalqlarining assimilyatsiya, konsolidatsiya jarayonlariga jiddiy taʼsir oʻtkazilishi va keyinchalik „sovet xalqi“ nomli yagona etnik birlikni yaratish haqidagi nazariyani amalga oshirilishi borasidagi olib borilgan siyosat ham oʻzbeklarning milliy etnik qiyofasiga, mentalitetiga raxna sola olmadi[4].

Bugungi oʻzbeklar, Shayboniyxon oʻgʻillarining ulusi Movarounnahr va Xorazmga Oʻzbekhon ulusining butun muassasalari va tashkilotlari bilan kelgan edilar. Hatto hukumatda urugʻlarning egallagan oʻrinlari ham koʻpaygandi. Oʻzbeklar temuriylarni yengar ekan, har yerda oʻzlarining tashkilotlarini oʻrnatdilar.[5]

Shunday qilib, Oltin Oʻrdaning „ich eli“ hisoblangan va saroyga yaqin hamda yaxshigina madaniyatli unsurlar ham kelgan edilar. Shuningdek, Movarounnahrga kelgan shayboniylar, tarixchi Oʻtamish Hojining taʼbiriga koʻra, eskidan „Oʻzbek ulusi“… mangʻitlarning oʻtroq urugʻlari yashamoqda boʻlgan Turonzaminda, tom madaniy qism zaminida hokim boʻlgan xalqdir. Markazi „Oq koʻl“, „Chalqar koʻl“ boʻlgan Toʻrgʻay viloyati shayboniylar qoʻliga oʻtgan. Ilgari bu yerlarni, keyin Sirdaryoning narigi chegaralarini va 1431-yildan Xorazmda umr kechirgan Abulxayrxon „Turon va boshqurt“ taraflarini shayboniylar qoʻlidan va Gʻarbiy Sibiriyani Mahmudbekxonning qoʻlidan olgan edi. Bu zot davlat idorasini Joʻji ulusining janub va shimol tarafidagi ziroat sohalariga qaratib, oʻtroq oʻlkalarga aylantirmoq siyosatini targʻib etgan edi. Zotan, zamonning buyuk olimlaridan Husayn Xorazmiy bu xonning nomiga atab turkcha goʻzal bir asar – „Qasidai Burda“ni yozgan edi. Mas’ud Koʻhistoniy degan bir odam ham uning hayotini tavsif etgan bir forsiy tarix kitobini bitgan ekan.

Oʻzbeklarning katta bir qismi XVI asrda Zarafshon havzasida va Xorazmda oʻtroq va dehqonchilik hayotiga oʻtdi. Bular yana Sirdaryo havzasida va Turon taraflarida yashagan vaqtida oʻtroq hayotga oʻtayotgan boʻlsalar kerak. Shayboniyxon esa Sirdaryo ila Ashtarxon orasida yetishgan bir sultondir. Shayboniyxondan keyin Movarounnahrga kelgan avlodlaridan Mahdi va Hamza sultonlar ilgari Turonzaminning qal’a va istehkomlariga va maʼmur qismlariga ega boʻlgan Bahtiyor sultonning oʻgʻillari edi. Ular bilan kelgan oʻzbeklar soʻnggi temuriylar zamonida kelganliklari aytib oʻtiladi. Qabila tuzilishiga koʻra „Oʻzbeklar“ni har yerda toʻqson ikki bov oʻzbek deb ataydilar. Bov – bu qabila-urugʻ demakdir.

Boshqurtlar ichida shunday bov bor: „Oʻn ikki bovli boshqurt“ deydilar. Oʻzbeklarda 92 urugʻ bir „Nasabnoma“ bor-dir. „Nasabnoma“ning XVI—XVII asrlarda yozilgan nusxalari bilan yangi nusxalari orasida farq juda oz. (Masalan, Oxund Qurbonali va Xanikov hamda Shayx Sulaymon nashrlari). Shubha yoʻqdirki, „Nasabnoma“ oʻzbeklarning Oltin Oʻrda zamonidagi yangi Mangʻit – Noʻgʻoy va qozoqlar ayrilmasdan ilgarigi hayotiga oiddir. Bu urugʻlar shulardir:

Ming, Yuz, Qirq, Ungajit, Dayman, Qipchoq, Argʻin, Burloq, Busloq, Chemarchin, Boʻzay, Qatay (Xitoy), Jit, Juyut, Saljovut, Mangʻit, Qangʻit, Oymavut, Ulaji, Gulegen (?), Qishliq, Tomo, Mechet, Kirderi, Ramadan, Juyrat, Boʻzaji, Uysun, Tatar, Tilov, Shirin, Agʻir (Ogʻiran), Buzan, Buzaq, Barin (Bahrin), Moʻgʻul, Nukus, Jaloyir, Saroy, Oʻngʻ, Qoʻngʻirot, Olchin, Chichoq, Qalmoq, Oyrat, Qorluq, Turgavut, Qatagʻon, Kilechi, Kenagas, Boʻyrak, Qiyot, Qanggʻli, Oʻzje boʻluji, Upulachi, Gulun, Boyovut, Oʻtarchi, Arlot, Kerayit, Oʻnggʻqut, Qachat, Merkat, Burqut, Quralash, Qarlop, Oʻgʻlon, Kudey, Turkman, Doʻrmon, Tobin, Mumun, Aday, Toʻqsaba, Qirgʻiz, Uyruji, Joʻrga, Batash, Qoʻysun, Sulduz, Tumay, Koʻrlavut, Jilkash, Yugʻur, Yobu (Yeqabu), Moʻytan, Major, Qoʻjaliq, Choʻran, Churchut.

Madjmu at-Tawarikh"" "92 tribes of Uzbek" Oriental studies of the Republic of Uzbekistan

Institute 4330.0

manuscript collection

Zakir Chormoshev
tomonidan urugʻlar
toʻplami
(qirgʻiz, Adigine urugʻlari)
1 Kayi Begdili Qiniq katagan
2 yuz qirgʻiz yuz djuz(yuz)
3 qirq yuz qirq ming
4 jaloir qirq ong qirq
5 saroy ong ongachit ongkoy
6 qoʻngʻurat ongachit jaloir chit
6 alchin jaloyir saray jaloir
8 argun kongurat xitay saray
9 nayman alchin qipchoq qoʻngʻurot
10 qipchoq argin nayman alchin
11 qolmoq saray chakmak argin
12 chaqmoq nayman urmak ayman (nayman?)
13 qirgʻiz qipchoq tuvadak qipchoq
14 qirlikq chakmak boston chakmak
15 turk burlat simirchik adak (azak)
16 turkman simirchik qolmoq kaldik
16 bayut bulat qarluq toodak
18 burlan kattagan kattagan bullak
19 shimirchik kilechi arlat shimirchik
20 kabasha kineges argʻin qatagʻon
21 nujin buyuruk barlos kaltabiy
22 kilechi uyrasut buytay kunakash
23 kilekesh kiyat keneges boyrok
24 buryat xitay kilechi oyrot
25 ubryat kangli buyurak qoʻralos
26 qiyot avar oyrat qiyot
26 qitoy (xitoy) jubalaji kiyat kitay
28 qangʻli tuychi kungrat kangeldi
29 uryuz buyut kangli choplachi
30 junalaxi djiyit uz koshchu (kushchu)
31 kudji, kuchi djildjiut djuladji bulanchi
32 utarchi buyat djusuladji chuvut
33 puladchi uymaut kuchi djiyil
34 jiyit arlay utarchi buyat
35 juyut kerait puladchi uyat
36 juljut ongut djuyut arlay (adilay)
36 turmaut tangut djiyit kiyrat
38 uymaut mangit djaldjut ongkot
39 arlot djaldjaut buyazut tangut
40 kereyit masit uymaut mangit
41 ongut merkit kerait charchut (chalchut)
42 tangut burkut bagan mit
43 mangut kiyat ongut merkit
44 jalaut kuralas tangut burkut
45 mamasit oglen mangit kiyat
46 merkit kari merkit okulat
46 burkut arab burkut kidiy
48 qiyot ilachi masid arap (arab)
49 qoʻralos djuburgan kiyat ilaachi
50 oglen kishlik oglen chuburgan
51 kari girey alchin kishtik
52 arab turkmen kari kiyrat (kilyat)
53 ilachi durman garib turkmen
54 juburgʻan tabin shuburgan durman
55 qishliq tama kishlik taban
56 girey ramadan turkmen tam (tama?)
56 doʻrmon mitan durmen ramlam (ramnan)
58 tabin uyshun tabin moyton
59 tama buriya tam oyshon
60 ramadan xafiz ramadan biriya
61 uyshun uyurdji mitan apiz (apil)
62 baday juyrasut uyshun kazak
63 xafiz buday buse kirgiz
64 uyurji banash xafiz munduz
65 jurat tatar kirgiz kutchu
66 tatar b.dj.k.r. tatar oychu
66 yurga sulduz yadj.k.r. djuurat
68 batash azak sulduz baday
69 batash qolmoq kalivay tatar
70 kauchin karakalpak dujir tabash
71 tubay sanvadan jurat chikir
72 tilau tubay buday sulduz
73 kardari tilau oglan tubay
74 sanxiyan kiradi kurlaut kildiy
75 kirgin saktiyan chimbay kirdirai (kildiray)
76 shirin kirkin maxdi saktan
76 oglan shirin chilkas kirgin (kirchin)
78 chimbay oglan ugur shirin
79 charkas kurlat agar uglam (oglan)
80 uygʻur baglan kur kuulat (kurlat)
81 anmar chimbay nikuz djiglak
82 yabu chilkas kara chinabay
83 targil uygur tushlub chilkas
84 turgak, turgan arnamar yabu uygur
85 teit yabu targil achar (agar)
86 koxat targil koxat targil
87 faxir turgan shuran turukay
88 kujalik koxat shirin kichit
89 shuran majar tama majar
90 derajat kujalik baxrin kojoluk
91 kimat suran girey sooran
92 shujaat baxrin saxtiyan
93 avgʻon

Bu aytilgan qabila ismlarining 33 qadari moʻgʻul qabilalarining, boshqalari esa Joʻji ulusidagi butun mashhur turk qabilalarining bir qismidir. Bizga bugun nomaʼlum boʻlgan qabilalarning nomidir. Oʻzbeklar kelmasdan avval Movarounnahrda yashab, soʻng ularga aralashib ketgan Barlos, Qovchin kabi qabilalar bu orada yoʻqdir. Zikr etilgan 92 qabiladan 45 qadari bugun oʻzbek hayotiga oiddir. Aytilgan moʻgʻul qabilalari esa albatta Joʻji ulusiga kelgan moʻgʻul qismlarini tashkil qilgan mongollardir. Mongolcha atalgan qabilalarning katta qismi bu yerda, Movarounnahrda va Xorazmda yashaydilar. Anʼana shaklidagi bu „Nasabnoma“ bizga Movarounnahr va Xorazm oʻzbeklarining mazkur roʻyxatga kirgan toʻla qabilalarini, shu bilan birga Oltin Oʻrdaning asl istinodgohi boʻlgan butun kuchlarni koʻrsatuvchi va barcha tashkilotlarning hammasini Movarounnahrga barobar daxldorligini namoyon etsa kerak.

Qabilalarning bugungi boʻlinishi esa quyidagicha:

  1. Qoʻngʻirot qabilasi. Buning katta aymoqlari besh tarmoq boʻlib, ular.

Voxtamgʻali 18 ta urugʻga boʻlingan: qozoqli, ochamayli, qoraqoʻngʻirot, chanchiqli, bolgʻali, baymoqli, jilontamgʻali, aboqli, taroqli, irgʻoqli, boʻgajili, choʻmichli, xandakli, qaychili, uyuvli, bolgʻali, ishqili, kesovli. Qoʻshtamgʻali 16 uruqqa boʻlingan: qoraqasmoq, qoraqalpoq, koʻchaxoʻr, toʻlangit, utroqli, kal, tulovmat, mavlish, kulobi, koʻsa, chol, barmoq, savribuzar, samburu, bandikuchuk, oqpichoq. Qonjigʻali 14 ta urugʻga: qoraursoq, noʻgʻay, ulus, moltaka, chullik, qoʻldovli, chala, quyun, qorabuvra, qora, doʻska, koʻrtoʻgʻay, jelkillak, toʻpqora. Oyinlilar 12 ta urugʻga boʻlingan: oytamgʻa, churon, kachay, beshbola, hojibachcha, oqtona, tupor, kal, qovgʻa, turkman, qoraqalpoq, qora. Tortuvli 6 urugʻga boʻlingan: toʻgʻiz, moʻnka, oboxli, maydatoʻba, oʻr, choʻpoq. Qoʻngʻirotning butun urugʻi shuʼbalari-tarmoqlari Amudaryo havzasida, Buxoroning Gʻuzor, Sherobod, Qoʻrgʻontepa viloyatlarida boʻladilar. Buxoroda koʻchmanchi umr kechiradilar. Xorazmdagilar esa oʻtroqdirlar.

  1. Nayman qabilasi, buning aymogʻi uchta: Qoʻshtamgʻali, Uvaqtamgʻali, Sadir. Xorazm va Samarqand atrofida boʻladilar.
  2. Kenagas besh aymoqdan iboratdir: Qayurasali, Qaroqli, Ochamayli, Jikqut, Aboqli. Bular Xiva va Shahrisabz atrofida boʻladilar.
  3. Mangʻit, uch aymoqdan iboratdir: Toʻq mangʻit, Oq mangʻit, Qora mangʻit. Bular Xiva va Qarshi atrofida boʻladilar.
  4. Tuyoqli. Samarqand va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida boʻladilar.
  5. Moʻytan. Samarqand va Kattaqoʻrgʻon tumanlarida boʻladilar.
  6. Saroy. Shahrisabz, Yakkabogʻ hududida oʻrnashgan.
  7. Borin. Fargʻona viloyati va Kattaqoʻrgʻon tumanida yashaydilar.
  8. Xitoy.
  9. Qipchoq. Samarqand, Kattaqoʻrgʻon tumanla-rining muhim joylarini egallaganlar. Xiva va Fargʻonada bular ozchilikni tashkil qiladilar.
  10. Ming. Samarqand, Panjakent, Jizzax taraflarida va Fargʻonada boʻladilar.
  11. Uch urugʻ: Misit, Tomo, Yebu. Buxoroning Ziyoviddin hududida yashaydilar.
  12. Burqut. Chelak va Karmana atroflarida.
  13. Arlot. Qorakoʻlda.
  14. Qangli. Jizzah hududida.
  15. Qirq, Yuz, Ming, Jizzax tumanida.
  16. Batash. Qarshi, Gʻuzor taraflarda yashaydilar.
  17. Qoraqalpoq besh aymoqdan iborat: Qoraqoʻyli, Qora singir, Oymavut, Istek, Ochamayli. Bular Amudaryo havzasi va Samarqandning shimolida Oqtepada boʻladilar.

Oʻzbek urugʻlaridagi shevalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbeklarning eski shevalarini va odatlarini oʻziga xos tarzda saqlaganlari, asosan Jizzax tumanida boʻladilar (Qirq, Qanggʻli, Soliq, Turk, Turkman, Nayman, Mangʻit, Qitoyyuz, Suloqli, Tuyoqli, Olacha, Burqut, Serkali, Baymoqli, Jaloyir, Kirgiz, Yuz, Quyon tuyoqli, Parchayuz, Qarabcha, Qushchi, Uroqli, Toʻqjori, Qoʻshtamgʻali, Saroy, Qonjigʻali). Faqat bu qabilalarning nufuzi juda ozdir. Sharqiy Buxoroda koʻchmanchilik hayotini toʻla tark etmaganlar Dushanbe atrofida „Laqay“, „Marqa kichik yuz“, Fayzobod atrofinda „Qarluq“ kabi qabilalardir.

XIX asr boshlarida hindistonlik Mir Izzatulloq tarafidan afgʻon Turkistonidagi Oʻzbeklar haqidagi tartib etilgan jadval biroz eʼtiborga molik. Bunga koʻra, u yerdagi qabilalar quyidagilardir. Shibirgʻon yaqinidagi Saripulda Ming qabilasining Ochamayli aymogʻi; uning yonida Sayyod degan joyda Ochamayli va Qazayogʻli, Ming, undan quyiroqda Qipchoq urugʻi, Qunduzda tamoman Qatagʻon, Balx hududida Saroy va Moʻytan urugʻlari, Badaxshonda Eshkamish va qatagʻonlarning Burga hamda Timish nomli aymoqlari yashaydilar. Norinda Chigʻatoy urugʻi. Mir Izzatulloh Moʻytan va Qatagʻon urugʻlarining aymoqlariga oid belgilarni beradi. Moʻytan yetti aymoqdir: Tilikxona, Koʻrmishli, Qazayogʻli, Chagʻar, Sum, Oqshayiq, Chuchen, Qatagʻon urugʻi esa uch aymoqdir: Besh qaban, Saljovut, Toʻrt ota. Besh qabanning toʻrt boʻlagi bor: Laqqa (Laqay), Yangi Qatagʻon, Qesmavir, Qayon, Manas. Qesmavirning toʻrt tiragi bor: Oq togʻliq, Andijoni, Qalasi, Bumin. Manasning uch tiragi bor: Temish, Sarbagʻish, Burga. Toʻrt otaning toʻrt boʻlagi bor: Sariq Qatagʻon, Churoq, Boshsiz, Mardod. Churoqning ikki tiragi bor: Qiz otizi, Shoʻlang. Mardodning uch tiragi bor: Iuchata, Boʻzon, Joʻtuduq.

Oʻzbek qabilari ichida aristokrat – „Bekzod“ laqabini olganlar bor. Bular xonlarning taxtga chiqishi va mamlakatni boshqarishda faol ishtirok etganlar. Bulardan Xiva-da Qiyot-Qoʻngʻirot, Yoʻgʻur-Nayman, Qanggʻli-Qipchoq, Nukus-Mangʻit qabilalari, Buxoroda esa shayboniylar zamonida Qoʻshchi, Nayman, Qarluq, Boʻyrak kabilar. Mangʻitlar zamonida (Radlovga koʻra) Ming, Arlot, Borin, Batash urugʻlari maʼruf boʻlmishlar. Qatagʻonlar davrida „Bekzod“lar saylaganlar. Urugʻlar ichida Tuyoqli, Moʻytan, Xitoy, Mangʻit va Qoʻngʻirotlarning Buxorodagi aksariyati Dashti Qipchoqdan eng keyin kelgan urugʻlardir. Bular ilgarigi Mangʻit-Noʻgʻoy, Qozoq hayʼatlariga dohil boʻlib, keyincha-lik Movarounnahrga kelganlar.

  1. A HEAVILY ARMED UZBEK. SAFAVID IRAN, MID 16TH CENTURY
  2. Oʻzbek urugʻlari, 2014-12-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-12-14
  3. Sultanov T. Kochevie plemena Priaralya v XV—XVII vv.// Voprosi etnicheskoy i sotsialnoy istorii. M., 1982
  4. Steven Sabol, The creation of Soviet Central Asia. The 1924 national delimitation. Central Asian survey, 14, 1995, P.234.
  5. urugʻlari[sayt ishlamaydi]
  6. arxiv nusxasi, 2014-12-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-22