Kontent qismiga oʻtish

Kayı qabilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
'


Kayı qabilasi bayrogʻi
Dini Islom
 - ?—? Kızıl Buğa
 - 1200—1215 Kaya Alp
 - 1215-1235 Süleyman Şah
 - 1235-1280 Ertuğrul Gazi
 - 1280-1299 Usmon Gazi

Kayı qabilasi — Oʻgʻuznoma dostonlarida tilga olingan 24 ta oʻgʻuz qabilasidan, Mahmud Qoshg'ariyning Devonu lugʻotit turk asarida tilga olingan 22 ta oʻgʻuz qabilasidan ikkinchisi. Kayı kuch, quvvat va qudrat sohibi maʼnosini bildiradi. Kayı qabilasining tamgʻasi uch oʻq va bir yoydan iboratdir. Devonu lugʻotit turkda qabila tamgʻasi IVI shaklida uchraydi[1].

Kayı qabilasi bayrogʻi

XI asrda ushbu qabila Saljuqiylar imperiyasining Xuroson viloyati hududida yashaganlar. Saljuqiylarga tobe boʻlmagan, balki boshqa turk qabilalari kabi Saljuqiylar davlati chegaralari ichida yashagan Kayilar, Onadoʻluga ikki xil davrda ikki alohida tarmoq boʻlib kirdilar. Kayilarning birinchi qismi 1071-yilda Malazgirt jangidan soʻng Onadoʻliga koʻchib kelib oʻrnashganlar. Keyinchalik kuchayib Artuklu bekligiga asos solganlar. Marv va Xuroson hududlarida qolgan kayilarning ikkinchi qismi moʻgʻullar hujumidan qochish uchun Xorazmshohlar bilan birga XIII asrda Onadoʻliga koʻchib oʻrnashganlar.

Onadoʻluga koʻchib oʻtganlarida taxminan 70.000 chodirli katta aholiga ega boʻlganlari, oʻz taqdirlarini oʻzlari belgilaganlari va XII asrdan boshlab turk tarixida oʻz oʻrinlarini egallaganlari taxmin qilinadi.

Ertuğrul Gazi ushbu hududlarga qabilasi bilan birga XIII asrda kelgan. Moʻgul istilosidan qutulish uchun Kayi qabilasi Ertuğrul Gazining dadasi Süleyman Şah boshchiligida hozirgi Turkmanistonning Marv hududi yaqinlaridan Onadoʻliga koʻchib keldilar. Keyinchalik Kayi qabilasi Onadoʻlining gʻarbiy qismiga koʻchib boradi va Vizantiya imperiyasi hududi bilan qoʻshni boʻladi. Bu paytda Ertuğrul Gazi Koʻniya sultonligining uch beki vazifasida edi. Uch bekining vazifasi sultonlik chegarasini qoʻriqlashdan iborat boʻlgan. Ertuğrul Gazi qarib 1281-yilda Söğütda vafot etgandan soʻng, Kayi qabilasi boshiga oʻgʻli Usmon Gazi kelgan. U 1299-yilda Usmonlilar imperiyasiga asos solgan[2][3][4].

  1. Atalay, Besim (2006). Divanü Lügati’t — Türk. Ankara: Türk Tarih Kurumu Basımevi. ISBN 975-16-0405-2, Cilt I, sayfa 55.
  2. İbrahim Artuk, “Osmanlı Beyliği’nin Kurucusu Osman Gazi’ye Ait Sikke”, Türkiye’nin Sosyal ve Ekonomik Tarihi (1071-1920): ʻBirinci Uluslararası Türkiye’nin Sosyal ve Ekonomik Tarihi Kongresi’ (11-13 Temmuz 1977) Tebliğleri / Papers Presented to the ʻFirst International Congress on the Social and Economic History of Turkey, ed.: O. Okyar - H. İnalcık, Hacettepe Üniversitesi, Ankara 1980, s. 27-33
  3. Halil İnalcık, Söyleşiler ve Konuşmalar, I, haz.: Birsen Çınar, İstanbul: Profil Yayıncılık, 2013, s. 142-143; a.mlf., Osmanlılar: Fütühat, İmparatorluk, Avrupa ile İlişkiler, Timaş Yayınları, İstanbul 2010, s. 95, vb.
  4. Hakan Yılmaz, “Osman Gâzî’nin Kayıp İkinci Sikkesi ve Osmanlı Kuruluş Tartışmalarına Etkisi”, Âb-ı Hayât’ı Aramak: Gönül Tekin’e Armağan, haz.: Ozan Kolbaş-Orçun Üçer, Yeditepe Yayınları, İstanbul 2018, s. 763-788.