Kontent qismiga oʻtish

Qavchin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qavchin, kauchin — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Qavchin Chigʻatoy ulusitt eng yirik 4 qabiladan biri (jaloyir, barlos va arlot) sanalgan. Chingizxon bu 4 qabilani (4 ming jangchi bilan) oʻgʻli Chigʻatoyta berib, ularning har qaysisi uchun tegishli hudud ajratgan. Qavchinlar Amudaryoning yuqori havzasidagi yerlarga joylashganlar. Qavchinlar, asosan, yarim oʻtroq holda yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ular bir qancha urugʻlarga boʻlingan. Shulardan eng yiriklari beguzuv, balxi, koʻrpachuvish, boʻzchi, kashmiri, sulaymon, imom, boʻyin, tugal, poʻla sherali, tuyaboʻyin kabilardir. 1920-yillarga kelib Oʻzbekiston hududida 25 ming kishiga yaqin qavchin boʻlib, ular, asosan, hozirgi Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Qavchinlardan 2 mingga yaqin kishi Karki (Turkmaniston) da ozroq qismi Koʻlob vodiysi (Tojikiston)da yashagan.