Qirq
Qirq — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biri. Tarqoq holda Samarqand atrofida, Panjikentning janubida, hozirgi Gʻallaorol, Jizzax, Zomin va Oʻratepa hududlarida yashaganlar. Koʻpincha oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri — Yuzlar bilan aralashgan holda yashaganlar. Shuning uchun ham koʻpchilik manbalarda "qirq yuz" nomi bilan ham maʼlum. Qirq, yuz va ming qabilalari marqa degan umumiy nom bilan atalgan. Qirqarning etnogenezi Dashti Qipchoq oʻzbeklari bilan bogʻliq. Qirqlar oʻtmishda bir qancha urugʻlarga boʻlingan. Shulardan eng yiriklari: oq-qoʻyli, qora-qoʻyli, qorasirak, qoracha, olmasa-un, chaparashli va boshqalar. Ular XX asrning boshlariga qadar yarim oʻtroq holda yashab, chorvachilik bilan, bir qismi togʻ yon bagʻrida, adirlarda yashab lalmikor va sugʻorma dehqonchilik bilan shugʻullangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |