Kontent qismiga oʻtish

Nosir Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nosir Muhammad
Nasriddin Muhammadiev
Tavalludi 2-dekabr 1946-yil
Yakkabogʻ qishlogʻi, Qashqadaryo viloyati
Vafoti 5-iyul 2017-yil(2017-07-05)
(70 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi Oʻzbekiston
Kasbi shoir, tarjimon, xalqaro jurnalist
Mukofotlari

Nosir Muhammad (asl ismi Nasriddin Muhammadiev[1],1946-yil 2-dekabrda tugʻilgan, Oʻzbekiston, Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ qishlogʻi) — oʻzbek shoiri, tarjimon, xalqaro jurnalist. Yigirmaga yaqin she’riy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2008).

Nasriddin Muhammadiyev 1946-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ qishlogʻida tugʻilgan. 1964-1968-yillarda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)da tahsil olgan. Mazkur ta’lim dargohidan soʻng u mehnat faoliyatini “Toshkent oqshomi” gazetasi tahririyatida boshlab, dastlab kichik adabiy xodimdan tortib, boʻlim mudirligiga koʻtarilgan.

1976-1979-yillarda Fors tili boʻyicha Eronda tarjimon boʻlib ishlagan. 1983-1993-yillarda “Yoshlik” yoshlar jurnalining mas’ul kotibi sifatida faoliyat olib borgan. Soʻng 1993-1994-yillarda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) xalqaro axborot boʻlimi bosh muharriri lavozimida ishlagan.

Nosir Muhammad 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining 1-kotibi boʻlib, ushbu lavozimda 1996-yilgacha ishlagan, ayni shu yili Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi 1-kotibi sanalgan.

1999-2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Matbuot xizmati yetakchi maslahatchisi boʻlgan.

Shoir 2005-yil oktabrdan Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori.

1980-1996-yillarda Oʻzbekiston boʻyicha mustaqil xalqaro sharhlovchi sifatida shuhrat qozongan. 1972-yildan1989-yilgacha Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Nosir Muhammad 2017-yilda 70 yoshida bu yorugʻ olamni tark etdi[2].

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 20 ga yaqin kitoblar, rus va oʻzbek tilidagi koʻpgina she’larning muallifi sanaladi. Nosir Muhammadning she’rlari Moskva “Uygʻonish” (1977—1980-yillarda), “Ilhom” (1979-yil), “She’riyat” (1982-yilda) almanaxlarida hamda “Izhor” (2007-yilda) va “Vatan muhabbati” (2009-yilda) Toshkentda nashr etilgan. Bundan tashqari, shoirning Oʻzbekiston jurnal va gazetalarida davriy ijod namunalari chop etib boriladi[3].

Mukofot va sovrinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan. 
  • 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. 
  • Respublika baynalmilal madaniyat markazining 20-yilligi munosabati bilan “Rossiya hamdoʻstligining (“Rossotrudnichestvo”)– “Doʻstlik va hamkorlik uchun” Faxriy nishoni bilan taqdirlangan.
  • U Polsha Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan „Polsha madaniyatidagi xizmatlari uchun“ nishoni bilan taqdirlangan.

Rus adabiyotidagi yangi tarjimalar oʻzbek tilida (Wayback Machine saytida 2022-08-09 sanasida arxivlangan) Nosir Muhammadning tarjimonlik faoliyati

Shoirning san’at haqida goʻzal fikrlari (Wayback Machine saytida 9-iyul 2017-yil sanasida arxivlangan) intervyu shaklida

  1. „Nasriddin Muhammadiyev (Nosir Muhammad)“. 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2016-yil.
  2. Скончался Насриддин Мухаммадиев Gazeta.uz
  3. Предисловие к сборнику Насриддина Мухаммадиева «Крылатый конь мечты»