Normurod Norqobilov
Normurod Norqobilov | |
---|---|
Tavalludi |
7-iyun 1953-yil Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani, Qishliq qishlogʻi |
Kasbi | yozuvchi |
Ijod qilgan tillari | oʻzbek tili |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | OʻzMU |
Janr | nasr |
Mukofotlari |
Normurod Norqobilov (1953-yil 7-iyun Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani, Qishliq qishlogʻi) — taniqli oʻzbek adabiyotshunosi[1].
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Normurod Norqobilov 1953-yil 7-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Qishliq qishlogʻida dunyoga keldi. U harbiy xizmatdan qaytgach (1971—1973), bir muncha vaqt zavod-fabrikalarda chilangarlik[2], temiryoʻl vagonlarida vagon tuzatuvchi, stansiyalarda yuk tushiruvchi vazifalarida xizmat qildi. Toshkent davlat universiteti(hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida taʼlim oldi (1976—1982).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Normurod Norqobilov 1982—1983-yillarda „Toshkent oqshomi“ gazetasida oʻz faoliyatini boshladi. 1983-yildan hozirgi kungacha Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adib „Temur gʻori“, „Ikki daryo oraligʻida“, „Tamaddun izlari“ nomli ekspeditsiya yoʻnalishidagi koʻrsatuvlar tayyorlash jarayonida Oʻzbekistonning bir qancha togʻ-adirlari, qirlari, dala-dashtlarini kezib chiqdi. Bu orqali hayvonot olamini oʻrgandi. Bu ekspeditsiya keyinchalik „Changalzor iti“, „Oqboʻyin“, „Togʻ odami“, „Paxmoq“, „Ovul oralagan boʻri“ nomli qissalarida oʻz aksini topdi. Bulardan tashqari yana „Unutilgan qoʻshiq“, „Zangori qoʻl“, „Yuzma-yuz“, „Temur gʻori“, „Arazchi chumchuq“, „Sariqgul“, „Joʻshqin daryo“, „Bekatdan oq uycha“, „Dasht-u dalalarda“, „Togʻdagi yolgʻiz odam“ nomli roman, qissa, hikoya va maqolalar toʻplamlari chop etildi. Yana bir qator asarlari esa rus, qozoq, qirgʻiz, turk, tatar, ingliz, arab tillariga tarjima qilib oʻgirildi. Bolalarga atalgan hikoyalari qirgʻiz va qozoq maktablari boshlangʻich sinf darsliklariga kiritildi. „Quyosh botmaydigan yurt“, „Belbogʻ“, „Shim yoxud xotinlar janjali“ shu kabi videofilmlar uning asarlari asaosida suratga olindi[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Normurod Norqobilov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni va „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Ziyo istagan qalblar uchun! - Normurod Norqobilov (1953)" https://www.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/normurod-norqobilov-1953
- ↑ Chilangarlik — mayda buyumlar (ustara, qaychi, bigiz, arra nomli ish asboblari)ni yasash kasbi.
- ↑ "Norqobilov Normurod" https://arboblar.uz/uz/people/norkobilov-normurod