Nazirxon Kamolov
Nazirxon Kamolov | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 1899-yil |
Tugʻilgan joyi | Оʻsh, Оʻsh tumani, Fargʻonа viloyati |
Vafot sanasi | 1970-yil |
Vafot joyi | Оʻsh, Qirgʻiziston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya imperiyasi |
Kasbi | aktyor, boshlovchi, pedagog. |
Faoliyat yillari | 1918—1962-yillar |
Ampluasi | Komik, fojiali, dramatik sahna aktyori |
Teatr | Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri |
Spektakllar | M.Behbudiy „Padarkush“, M.Uygʻur „Turkistonlik tabib“, Hamza „Zaharli hayot“, Gʻ. Zafariy „Yetim“, Hamza „Tuhmatchilar jazosi“, Komil Yashin „Lolaxon“, M.Rahmon „Janubdan raport“, K.Yashin va M.Muzaffarov „Gulsara“. |
Nazirxon Kamolov (oʻzbekcha: Назирхон Камолов; 1899, Fargʻona viloyati Oʻsh tumani Oʻsh shahri — 1970, Oʻsh shahri, Qirgʻiziston SSR, SSSR) — Oʻsh teatri hamda Oʻzbekiston radiosi asoschilaridan biri, Oʻzbekiston radiosi oʻzbek boʻlimining birinchi diktori[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nazirxon Kamolov 1899-yilda Oʻsh shahrida tugʻilgan. Yoshligidan madaniyatga qiziqqan. Qiziqishlari uni 1918-yilda Rahmonberdi Madazimov[2][3] boshchiligida Turkiston fronti Inqilobiy Harbiy Soveti huzurida mahalliy musulmon aktyorlaridan tashkil topgan kontsert brigadasi negizida tashkil etilgan teatr toʻgaragiga yetaklagan.
1925-yilda Nazirxon Kamolov Toshkentga joʻnab ketgan va Oʻrta Osiyo Davlat universitetining (SADU) melioratsiya fakultetiga oʻqishga kirgan.
1927-yil yanvar oyida Oʻzbek radiosining rus boʻlimi mudiri Sumbatov Oʻrta Osiyo Davlat universiteti talabasi Nazirxon Kamolovni yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston radiosiga oʻzbek boʻlimi mudiri lavozimiga va boshlovchilik qilishga taklif qiladi[4]. 1927-yil 11-fevralda diktor N.Kamolov radioda oʻzbek tilida „Toshkent gapiradi“ dasturida ilk bor efirga chiqqan. 1927-yil 11-fevral Oʻzbek radiosining tugʻilgan kuni hisoblanadi. Oʻzbek radiosining birinchi diktori va asoschisi Nazirxon Kamolovdir[5].
1927-yilda oʻzbek radiosi har kuni ikki soatdan oʻzbek tilida efirga uzatilgan. Dastur yangiliklar va kontsertlardan iborat boʻlib, vaqti-vaqti bilan maʼruzalar va suhbatlar oʻtkazilgan. Birinchi radio kontsertlarining ishtirokchilari Benyamin Davidov, Nina Davidova va Berta Davidovalar boʻlgan.
Radioeshittirishlar sifatini oshirish uchun N.Kamolov Oʻzbekiston Sanʼatshunoslar uyushmasiga yordam soʻrab murojaat qilgan. Shundan soʻng konsert radioeshittirishlarida madaniyat arboblari Yunus Rajabiy, Rizqiy Rajabiy, Ortiqxoʻja Imomxoʻjayev, Mulla Toʻychi Toshmuhammedov, Toʻxtasin Jalilov, sozandalar Abduqodir naychi, Ahmadjon naychi, Raim Oxun va boshqalar faol ishtirok etgan.
N.Kamolov Oʻzbekiston radiosining oʻzbek boʻlimi mudiri sifatida koʻplab yosh ijodkor kadrlarni tarbiyalagan. N. Kamolov 1928-yilning iyuniga qadar oʻzbek boʻlimi mudiri, Oʻzbek radiosining diktorlik vazifasida ishlagan[6]. U oʻzining oʻrniga boshlovchilik qilish uchun shogirdi, kollej oʻquvchisi Hojimurod Avazxoʻjayevni qoldirgan. Keyinchalik Oʻzbekiston radiosida boshlovchilik oʻrnida Fotima Yunusova, Tuygʻuna Yunusxoʻjayeva, Qodir Maxsumov, Q.Rashidov, Oʻktam Jobirov, Nasiba Ibroximova, Qodir Tojiyev, Mirzohid Rahimov, Farhod Bobojonov va boshqalar ishlagan.
„Oʻzbekiston“ radiosining asoschisi va tashkilotchi boʻlim mudiri, shuningdek, birinchi diktori Nazirxon Kamolov boʻlib, birinchi direktori Iskandar Qalandarovdir.
1928-yil iyul oyida N.Kamolov mas’uliyatli partiya ishini bajarish uchun ona yurti Oʻsh shahriga joʻnab ketgan. 1950-1962-yillarda Oʻsh pedagogika institutida katta oʻqituvchi boʻlib ishlagan va nafaqaga chiqqan.
Teatrdadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Ism | Asl nomi oʻzbekcha: {{{1}}} | Muallif |
---|---|---|---|
1919-yil | Parritsid | padarkush | M.Behbudiy |
1919-yil | Turkistonlik shifokor | Turkistonlik tabib | Mannon uygʻur |
1920-yil | zaharlangan hayot | Zaharli Hayot | Hamza |
1921-yil | Yetim | Etim | Gʻulom Zafariy |
1922-yil | Tuhmatchilarni jazolash | Tuhmatchilar jazosi | Hamza |
1923-yil | Lolaxon | Lolaxon | Komil Yashin |
1924-yil | janubdan xabar | Janubdan hisoboti | Mahmud Rahmon |
1925-yil | Gulsara | Gulsara | K.Yashin va M.Muzaffarov |
- 1919-yil — M.Behbudiy „Padarkush“, (Patrisit) Mannon Uygʻur „Turkistonlik tabib“.
- 1920-yil — Hamza „Zaharlangan hayot“.
- 1921-yil — Gʻulom Zafariy „Yetim“.
- 1922-yil — Hamza „Tuhmatchilarning jazosi“.
- 1923-yil — Komil Yashin „Lolaxon“.
- 1924-yil — Mahmud Rahmon „Janubdan reportaj“.
- 1925-yil — K.Yashin va M. Muzaffarov „Gulsara“.
Bundan tashqari, Nazirxon Kamolov koʻplab kontsert dasturlarida ishtirok etgan.
Nazirxon Kamolov Oʻsh viloyat va Oʻsh shahar Kengashlari deputati etib saylangan.
Oʻzbekiston radiosining asoschisi, tashkilotchisi va birinchi diktori, Oʻsh oʻzbek drama teatri asoschilaridan biri Nazirxon Kamolov 1970-yilda Oʻsh shahrida vafot etgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rixsiev B. „Tulqindan tovushlar“. — Toshkent: Oʻzbekiston, 1967. 16, 17-betlar.
- Hamdamov Yu. „Radionlash Qudratli ovozi“ // „Sado“ jurnali. 2013-yil 4-aprel
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri
- Oʻzbekiston MTRK
- Madazimov, Rahmonberdi
- Rahmonov, Oʻrinboy Rahmonberdievich
- Raxmonov, Juraxon Rahmonberdievich
- Sultonov, Baltixoʻja Sultonovich
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „История дикторов телевидения“. 3-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ „«Жайдари келин» чегара оша томоша кўрсатди“. 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Гримасы и капризы Обезьяны“. 24-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Oʻzbek jurnalistikasi tarixidan“. 27-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-dekabr 2019-yil.
- ↑ „Radiojurnalistika“. 2-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2018-yil.
- ↑ „Radioning qudratli ovozi“. 13-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2021-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Televidenie diktorlari tarixi Arxivnaya kopiya -da arxivlangan
- Nazirxon Kamolov
- Oʻzbek jurnalistikasi va tarixi
- radio jurnalistika
- Radioning qudratli ovozi
- 27-mart — Butunjahon teatr kuni Arxivnaya kopiya -da arxivlangan
- Qirgʻizistondagi eng qadimgi teatrning 100 yilligiga
- Qirgʻizistondagi eng qadimgi teatr 100 yoshga toʻldi (Wayback Machine saytida 26-aprel 2018-yil sanasida arxivlangan) -dagi Arxivnaya kopiya
- Markaziy Oshiyodagi eng keksa professional teatri 100 yoshga toʻldi Arxivnaya kopiya
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
- 20-80-yillarda Qirgʻiziston teatri
- Mamlakatdagi eng qadimgi teatr tarixidan Arxivnaya kopiya -da
- Bobur atindagi Osh Mamlekettik Akademiyalik ozbek musiqali drama teatrlari (Wayback Machine saytida 10-avgust 2018-yil sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya
- Bobur teatri (Wayback Machine saytida 16-iyun 2019-yil sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya -da arxivlangan
- Kylym karytkan Bobur teatrlari (Wayback Machine saytida 2020-08-03 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya -da arxivlangan
- Markaziy Osiyodagi eng keksa professional teatr 100 yoshga toʻldi Arxivnaya kopiya
- Suret bayan: 100 yildik taryhy bar Oshtogu Bobur nomidagi drama teatrlari
- Bobur nomidagi Oʻsh davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri Markaziy Osiyodagi eng qadimgi teatr Arxivnaya kopiya -da arxivlangan.
- 100 yillik tarixga ega Oʻshdagʻi Bobur nomli drama teatri