Kontent qismiga oʻtish

Nasiba Abdullayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nasiba Abdullayeva
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 15-noyabr 1961-yil (1961-11-15) (62 yosh)1961-yil 15-noyabr(62 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Kasbi qoʻshiqchi aktrisa
Leybl Blue Flame Records[1]
Janr estrada musiqasi
Faoliyat yillari 1979-yildan
Mukofotlari
Mehnat shuhrati ordeni
Veb-sayt http://nasibaabdullaeva.com/

Nasiba Melikovna Abdullayeva (1961-yil 15-noyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek estrada xonandasi hisoblanadi. Oʻzbekiston (1993)[2] va Ozarbayjon (2022) xalq artisti[3]. Oʻzbek, fors, ozarbayjon, arab, tojik, rus va boshqa tillarda qoʻshiqlar ijro etadi.

Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Melik Yarmuhamedov (eron) va onasi Xalchuk Xalimakulova (millati tojik) oilasida tugʻilgan.Nasiba Abdullayeva bolaligida musiqa maktabida akkordeonda oʻqigan. Bo'lajak xonanda arxitektura-qurilish institutiga kira olmaganidan keyin, maktabda musiqa oʻqituvchisi sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.

1980-yilda Nasiba yangi tashkil etilgan „Samarqand“ vokal-cholgʻu ansambliga solist sifatida taklif qilingan. Oʻsha yili uning qoʻshiqlari bilan ikkita – „Bari Gal“ va „Samarqand“ nomli albomlari chiqqan.

1989-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat institutini tamomlab, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga ishga oʻtdi.

1990-yilda „Ayriliq“ nomli birinchi yakkaxon albomini chiqaradi.

2000-yilda eri bilan ajrashgach, ikki yil davomida sahnani tark etadi[4].

2002-yilda esa sahnaga qaytadi. Nasiba Abdullayeva 2004-yildan beri Davlat konservatoriyasida estrada ijrochiligi kafedrasida dars beradi.

2018-yilda „Farida“ qoʻshigʻidan parcha Fendi savdo uyi reklama roligida ishlatilgan.

2022-yil 30-avgustda Ozarbayjon prezidentining[5] farmoni bilan Nasiba Abdullayevaga Ozarbayjon xalq artisti faxriy unvoni berilgan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasiba Abdullayeva 1979-yilda ganjalik gitarachi Eldor Abdullayevga turmushga chiqqan.Afsuski,ular 2000-yilda ajrashishgan.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yil – „Bari gal“

1980-yil – „Samarqand“

1990-yil – „Ayriliq“

2000-yil – „Sogʻinch“

2002-yil – „Umr bahori“

2006-yil – „Eslanar“

2014-yil – „Baxt oʻzi nimadur?“

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film nomi Rol Izoh
1989 „Nasiba“ Nasiba Abdullayeva Kameo
1995 Yulduzingni ber osmon“ („Verni zvezdu moyu“) Malika Vokal
2003 „Munis onam“ Nasiba Abdullayeva Kameo
2006 „Suiqasd“
2008 „Madagaskar 2“ (oʻzbekcha tarjimasi) Flori Ovoz bergan

Nasiba Abdullayeva 1987-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, 1999-yilda Oʻzbekiston xalq artisti[6], 1999-yilda "Mehnat Shuxrati" ordeni[7], 2018-yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni[8] va 2022-yilda Ozarbayjon xalq artisti[9] unvoni bilan taqdirlangan.

  1. „НАСИБА АБДУЛЛАЕВА“. uzland.uz.[sayt ishlamaydi]
  2. „ УП-576-сон 04.03.1993. О награждении особо отличившихся женщин республики“. lex.uz. 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  3. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики О присвоении Н.М.Абдуллаевой почетного звания «Народная артистка» » Официальный сайт президента Азербайджанской Республики“ (ru). president.az. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  4. „LINIYa SUDBI NASIBI ABDULLAYeVOY“. 2015-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
  5. „N.M.Abdullayevaya “Xalq artisti” fəxri adının verilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı » Azərbaycan Prezidentinin Rəsmi internet səhifəsi“ (az). president.az. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  6. Указ Президента Республики Узбекистан от 4 mart 1993 года № УП-576 «О награждении особо отличившихся женщин республики
  7. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 1999 года № УП-2381 «О награждении группы сотрудников сферы науки, здравоохранения, культуры, образования, средств массовой информации и социальной сферы в связи с восьмилетием независимости Республики Узбекистан
  8. „О награждении в связи с двадцать седьмой годовщиной государственной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства и других социальных сфер“. УзА (2018-yil 28-avgust). 2018-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-sentyabr.
  9. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики О присвоении Н.М.Абдуллаевой почетного звания «Народная артистка» » Официальный сайт президента Азербайджанской Республики“ (ru). president.az. 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.