Kontent qismiga oʻtish

Najd Sultonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Najd Sultonligi
سلطنة نجد

Salṭanat Najd

bayrogʻi
Location of Najd Sultonligi
Poytaxt Ar-Riyod
Eng katta shahar Ar-Riyod
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Mutloq Teokratik Monarxiya
• Sulton
Abdul Aziz ibn Saud
Faysal (1921-1926)
Saud (1921-1926)
• Tashkil Topgan
1921-yil 2-noyabrdan
• Tugatilgan
1926-yil 8-yanvargacha

Najd sultonligiArabiston yarim orolida 1920-yillarda mavjud boʻlgan davlat.

1921-yilda Najd va Xosa amirligi hukmdori Abdul aziz ibn Saud Jabal Shammarni bosib olib, oʻzini sulton deb eʼlon qildi.

1922-yilda yangi davlatning shimoliy-sharqiy chegaralarini belgilovchi Uqayr shartnomasi imzolandi, unga koʻra Saudiya-Iroq neytral zonasi va Saudiya-Quvayt neytral zonasi tashkil etildi.

1924-yil mart oyida Hijoz shohi Husayn ibn Ali al-Hoshimiy oʻzini islom olamining yangi xalifasi deb eʼlon qildi. Buyuk Britaniya Husaynning gegemonlik intilishlarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi va 1924—1925-yillardagi urush natijasida Hijoz Najd tomonidan bosib olindi. Abdulaziz ibn Saud Hijoz podshohi (1926-yil) va Najd podshosi (1927-yil) taxtlarini olgach, birlashgan davlat Najd va Hijoz qirolligi nomini oldi.

  • «История Востока» в 6 томах. Т. V «Восток в новейшее время (1914—1945 гг.)» — М.: издательская фирма «Восточная литература» РАН, 2006. ISBN 5-02-018102-1