Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud
Qiyofa
Ibn Saud | |
---|---|
Tavalludi | 24-oktyabr 1880-yil |
Vafoti |
9-oktyabr 1953-yil (72 yoshda) |
Fuqaroligi | Saudiya Arabistoni |
Otasi | Abdul Rahman bin Faisal |
Onasi | Sarah Al Sudairi |
Abdulaziz ibn Abdurrahmon Al Faysal as-Saud (1880-yil 24-oktyabr, ar-Riyod — 1953-yil 9-oktyabr, at-Toif) — Saudiya Arabistoni qiroli (1932—1953). Saudiylar sulolasidan. Markazlashgan mustabid davlat tuzishga intilgan. 1902—1927-yillarda Najd amiri. Arabiston yarim orolidagi Shammar amirligi, Hijoz qirolligi, shuningdek, Turkiya bilan urushlar olib borgan. Ibn Saudning Hijoz bilan olib borgan urushi (1924—1925) uning gʻalabasi bilan tugagan. Hijoz, Najd va birlashgan viloyatlar davlati qiroli (1927—1932). Arabiston yarim orolida Ibn Saud tuzgan markazlashgan davlat 1932-yildan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi[1].