Faysal ibn Abdulaziz as-Saud
Faysal ibn Abdulaziz as-Saud arabcha: فيصل بن عبدالعزيز آل سعود | |
---|---|
Saudiya Arabistoni Qiroli, ikki muqaddas masjid xodimi | |
Mansab davri 1964 – 1975 | |
Oʻtmishdoshi | Saud ibn Abdulaziz as-Saud |
Vorisi | Xolid ibn Abdulaziz as-Saud |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-aprel 1906-yil Ar-Riyod, Najd amirligi |
Vafoti |
25-mart 1975-yil (68 yoshda) Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni |
Faysal bin Abdulaziz Al Saud (arabcha: فيصل بن عبدالعزيز آل سعود, Faysal ibn ʿAbd al ʿAziz Al Suʿud, Najdiy arabcha talaffuzi: [ fæjsˤɑl ben ˈʕæbd ælʕæˈziːz ʔæːl sæˈʕuːd ]; 1906-yil 14-aprel – 1975-yil 25-mart) – Saudiya Arabistoni davlat arbobi va diplomati. 1964-yil 2 noyabrdan 1975-yilda oʻldirilishigacha Saudiya Arabistoni qiroli boʻlgan. Taxtga chiqishidan oldin 1953-yil 9-noyabrdan 1964-yil 2-noyabrgacha Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi boʻlgan va 1964-yilda ukasi qirol Saudga qisqa muddat noiblik qilgan. 1954—1960-yillarda va 1962—1975-yillarda bosh vazir boʻlgan. Faysal zamonaviy Saudiya Arabistoni asoschisi qirol Abdulazizning uchinchi oʻgʻli edi[1][2][3].
Faysal Abdulaziz va Tarfa binti Abdulloh al Shayxning oʻgʻli edi. Faysal tugʻilganda uning otasi Najd amiri boʻlgan. Onasi Saudiyaning koʻplab taniqli diniy peshvolarini yetishtirgan al-Shayx oilasidan edi. Faysal otasining hukmronligi davrida nufuzli qirollik siyosatchisi sifatida paydo boʻlgan. 1926-yildan 1932-yilgacha Hijoz noibi lavozimida ishlagan. 1930-yildan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri va 1954-yildan vafotigacha bosh vazir boʻlgan. 1953-yilda otasi vafot etib, uning oʻgay akasi Saud qirol boʻlganidan keyin Faysal valiahd shahzoda boʻldi. Bu lavozimda Saudiya Arabistonida qullikni taqiqlab qoʻydi. 1964-yilda qirollik oilasining boshqa aʼzolari va uning amakivachchasi, Saudiya Arabistoni bosh muftiysi Muhammad ibn Ibrohim ash-Shayx yordamida qirol Saudni oʻz foydasiga taxtdan voz kechishga koʻndirdi.
Faysal modernizatsiya va islohot siyosatini amalga oshirdi. Uning tashqi siyosatdagi asosiy yoʻnalishlari panislomizm, antikommunizm va falastinparastlik edi[note 1][4]. U islom diniy amaldorlarining hokimiyatini cheklashga urindi. Isroilning Gʻarbdan olgan yordamiga qarshi norozilik bildirgan holda, 1973-yilgi neft inqiroziga sabab boʻlgan neft embargosini joriy etgan. Faysal qirollik byurokratiyasini muvaffaqiyatli barqarorlashtirdi va uning hukmronligi baʼzi qarama-qarshiliklarga duch kelgan islohotlariga qaramay, Saudiya Arabistonida sezilarli darajada qoʻllab-quvvatlangan edi. 1975-yilda jiyani Faysal bin Musaid tomonidan oʻldirilganidan soʻng, uning oʻrniga oʻgay akasi Xolid keldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Faisal ibn Abd al Aziz ibn Saud Biography. Encyclopedia of World Biography. Retrieved 16-mart 2007-yil.
- ↑ „King Faisal: Oil, Wealth and Power“ (Wayback Machine saytida 26-avgust 2013-yil sanasida arxivlangan), TIME Magazine, 7-aprel 1975-yil.
- ↑ „A history of treason – King Faisal bin Abdulaziz bin Abdul Rahman Al Saud“. Islam Times (22-may 2014-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2014-yil.
- ↑ 4,0 4,1 „Unexpectedly modern“. The Economist (2013-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 17-iyul.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "note", but no corresponding <references group="note"/>
tag was found