Murat shayx maqbarasi
Murat shayx maqbarasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy yodgorlik |
Turi | Maqbara |
Manzili | „Madaniyat“ ovuli |
Shahar | Qoraoʻzak tumani |
Mamlakat | Qoraqalpogʻiston |
Koordinatalar | 42°55′37″N 60°07′09″E / 42.926981928701636°N 60.1191474524786°E |
Qurilishi boshlangan | XVIII asr |
Qurilishi tugagan | XIX asr |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Murat shayx maqbarasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoraoʻzak tumaniga qarashli „Madaniyat“ ovulida joylashgan tarixiy yodgorlik. Maqbara XVIII hamda XIX asrlarga oid boʻlib, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2]. Shuningdek, Murat shayx bobo maqbarasi boshqa 98 ta manzil qatori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qoraqalpogʻistonning diqqatga sazovor joylari roʻyxatiga ham kiritilgan[3].
Qurilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asl ismi Azizbobo Xoja ibn Ishim Sultan Muxammed Baxadurxan (1675—1748) boʻlgan Murat shayx qoraqalpoqlarning maʼnaviy hayotida muhim oʻrin tutgan shaxslardan biridir. Umrining soʻnggi yillarida Murat shayx Sirdaryo boʻyida joylashgan Seren qalʼa atroflariga koʻchib keladi. Biroq, tez orada bu yerlarni suv bosishi xavfi tugʻilganligi sababli yashash manzilini oʻzgartirishga majbur boʻladi. Bu vaqtda shayxning oʻzi toʻsatdan vafot etadi. Taxminan 1700-yillarda shayxning mayyiti solingan tobut ortilgan oq tuya yoʻlda ketayotib birinchi boʻlib hozirgi Qoraoʻzak tumaniga qarashli „Madaniyat“ ovuli hududidagi baland qum tepasida choʻkkalaydi. Shayx tuya choʻkkalagan yerga dafn etilgan[4].
Shuningdek, Munis Xorazmiyning (1778—1829) asarlarida Murat shayx qabri yoniga 1810-yili Xiva xonining toʻxtab oʻtgani va uni ziyorat qilganligi haqida maʼlumotni uchratish mumkin[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sulton Uvays bobo maqbarasi
- Shibliy ota maqbarasi
- Toqmaq ota maqbarasi
- Shamun-Nabi maqbarasi
- Tugʻon Turk maqbarasi
- Kechirmas bobo maqbarasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Тарихий, бадиий ёки ўзга маданий қимматлилиги туфайли гаров ва ипотека қўлланилиши мумкин бўлмаган объектлар рўйхати (ЎзР ВМ 05.12.2014 й. 335-сон қарорига илова) | Majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar | Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlar | Fuqarolik va oila qonunchiligi | OʻzR KonunchiligiMaʼlumotlar tizimi „Tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin boʻlmagan obʼektlar roʻyxati (OʻzR VM 05.12.2014 y. 335-son qaroriga ilova)“ | NRM.uz“. nrm.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „MODDIY MADANIY MEROSNING KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI MILLIY RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı dıqqatqa ılayıqlı orınlar“. 2023-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-oktyabr.
- ↑ „БЕРДАҚ БАБА ҚӘДЕМ БАСҚАН ЖЕРЛЕРДЕ… – Қарақалпақстан Хабар Агентлиги“. kknews.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Uzbekistan Travel“ (uz). uzbekistan.travel. Qaraldi: 2023-yil 29-oktyabr.