Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qaroriga muvofiq tasdiqlandi. Hukumat qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlandi.

Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-sonli qaroriga muvofiq qabul qilindi[1].

Qarorga muvofiq, respublika boʻyicha jami 8208 ta moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari mavjud boʻlib, shundan 4748 tasi arxeologiya yodgorliklari 2250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental sanʼat yodgorliklari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir. Ushbu qarorning 2-ilovasiga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-dekabrlagi 335-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi[2].

Jumladan, 846-son qarorning 2-ilovasi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi: „Milliy roʻyxatga kiritilgan obyektlarga tarixiy, badiiy yoki oʻzga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qoʻllanishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno“.

Roʻyxat boʻyicha kamchiliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavjud boʻlmagan va yoʻqotilgan obyektlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻyxatga kiritilgan obyektlarning ayrimlari mavjud boʻlmaganligi[3], roʻyxatga kiritilishidan oldin yoki keyin buzilib yoʻq qilinganligi aniqlangan.