Mona
Mona | |
---|---|
Tavalludi |
5-noyabr 1996-yil |
Janrlar | Pop |
Kasbi | Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis |
Faoliyat yillari | 2019 – hozirgi kungacha |
Leybllar | RAAVA Music[1] |
Fuqaroligi | Rossiya |
Dasha Kastovskaya (ruscha: Даша Кустовская, Mona (stillashtirilgani: MONA) nomi bilan tanilgan; 1996-yil 5-noyabrda tugʻilgan) – rossiyalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis boʻlib[2], „Zari“ va „Chyornaya lyubov“ kabi duetlari bilan mashhurlikka erishgan[3]. U 2017-yilda „Swedish Idol“ tanlovida ishtirok etgan va top 20 talikka kirgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dasha Kastovskaya 1996-yil 5-noyabrda Rossiyaning Rostov-Don shahrida tugʻilgan. Uning onasi radio boshlovchisi, otasi esa DJ boʻlgan, shu sababli u bolaligidan musiqaga qiziqib, ushbu sohaga bogʻliq boʻlgan barcha narsalarni oʻrganishga harakat qilgan[1]. Dashaning bitta akasi bor. U hayvonlarga qiziqadi hamda ikkita ilon va bitta kaltakesak boqadi. t. A. T.u guruhing muxlisi. Intervyularidan birida „The Iron Giant“, „The Prince of Egypt“ va „El Dorado sari yoʻl“ multfilmlarini sevib tomosha qilishini aytib oʻtgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Musiqiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mona oʻzining dastlabki kompozitsiyalaridan biri sifatida 2019-yilda „Mamma govorila“ qoʻshigʻini yozgan va unga video ham suratga olgan[4]. Shuningdek, oʻsha yili uning „Yesli bi ya“ qoʻshigʻi ham chiqqan.
Xonanda 2022-yilga kelib mashhurlikka erisha boshlagan. 2022-yil 25-martda uning „Ya v nol“ singli chiqqan. 2022-yil iyun oyida esa „Nu i che??“ qoʻshigʻining premyerasi boʻlib oʻtgan, ushbu trek uchun videoklip ham suratga olingan.
Mona boshqa xonandalar bilan hamkorlikda ham bir nechta treklar yozgan. 2022-yilda RAAVA MUSIC leybli xonandasi Elman bilan hamkorlikda „Chyornaya lyubov“ va „Isterika“ qoʻshiqlarini kuylagan. Ikkala qoʻshiq uchun ham videokliplar suratga olingan. „Chyornaya lyubov“ qoʻshigʻining klipi bir yildan kamroq vaqt ichida YouTubeda 81 milliondan ortiq koʻrilgan va 2023-yil avgust oyi holatiga koʻra, eng yaxshi kliplar roʻyxatida 32-oʻrinni egallagan. Mona va Elman 2023-yil iyun oyida hamkorlikdagi yana bir kompozitsiya, „Pustie vechera“ qoʻshigʻini chiqargan.
Shuningdek, 2023-yilda Andro, Elman, Toni bilan birgalikda yozilgan „Zari“ qoʻshigʻi chiqqan[5]. Trek 2024-yil iyul oyi holatiga koʻra YouTubeda 53 milliondan koʻproq tomosha qilingan.
2023-yil 14-aprelda rossiyalik reper Basta bilan birgalikda kuylangan „Ti tak mne neobxodim“ treki premyera qilingan[6], qoʻshiq butun mamlakat boʻylab xitga aylangan.
Mona „MC TAXI“ shousida Elman bilan birgalikda „Xudi na goloe telo“, „Ne zabivay menya“, „Dvoynik“ qoʻshiqlarini yozishganini aytib oʻtgan[7]. 2024-yil avgust oyi holatiga koʻra „Dvoynik“ treki hali chiqarilmagan, qolgan ikki taronani esa Basta va Mona birgalikda kuylashgan.
Mona 2023-yil 28-iyulda VK Records tomonidan Rossiya xalq artisti, Checheniston xalq artisti va Kabardin-Balkariya xalq artisti hisoblangan Valeriya Perfilova tavalludining 55 yilligi munosabati bilan chiqarilgan „Tribyut Valerii“ musiqiy albomini yozishda ishtirok etgan. Albomni yozib olish ishlarida Monadan tashqari Xolidayboy, The Limba, HammAli & Navai, Mari Kraymbreri, Hanna va boshqalar ham qatnashishgan[8]. Mona Valeriyaning ushbu albomga 15-singl sifatida kiritilgan „Chasiki“ qoʻshigʻini kuylagan[9].
Xonanda qoʻshiqning oʻz kuylagan versiyasi haqida quyidagicha izoh bergan[10]:
„Bu oʻzgacha daʼvat edi. Afsonaviy qoʻshiqni olib, unga mutlaqo boshqacha ohang berish… Qoʻshiq lirik tus oldi. Menimcha, u tubdan oʻzgarib ketdi“.
2024-yilda ham Mona bir nechta yangi xitlarni chiqargan, ular orasida „Xudi“ (Basta bilan), „On tebya seluet“ (Ruki Vverx! va Elman bilan), „Kompas“, „Doroje zolota“ va boshqalar bor.
Shoulardagi ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mona 2022-yil sentabr oyida JARA TV Youtube kanalida Elmira Abbasovaning „Zvyozdniy obzor“ dasturida Elman bilan birgalikda mehmon sifatida ishtirok etgan[11]. 2023-yil fevral oyida esa TNT MUSIC Youtube kanalining „MONOLOG“ dasturida chiqish qilgan[12].
2023-yil avgust oyida Elman va Mona rossiyalik reper Bastaning „MC TAXI“ dasturiga taklif qilingan. Shu bilan birga, avtomobilda yoʻldagi odatiy suhbat shakli oʻrniga, ushbu sonda suhbatdoshlar Moskva daryosi boʻylab ketayotgan yaxta ichida suhbat qurishgan. Musiqachilar birgalikda ijod tajribasi, musiqiy rejalari va ijodiy gʻoyalarini muhokama qilishgan. Bundan tashqari, Mona ikkita qoʻshigʻini oʻsha joyda premyera qilgan: „Veryu v lyubov“ va „Serdse patsanki“[13].
2023-yilning kuzida Mona „Avatar“ shousining ikkinchi mavsumida ishtirok etgan. U yerda turli janrlardagi qoʻshiqlarni ijro etib, finalgacha chiqa olgan[14].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Singl | Albom |
---|---|---|
2019-yil | Mamma govorila | |
2019-yil | Yesli bi ya | |
2022-yil | Ya v nol | |
2022-yil | Nu i che? | |
2022-yil | Chyornaya lyubov (Elman bilan) | |
2022-yil | Isterika (Elman bilan) | |
2023-yil | Zari (Elman, Toni va Andro bilan) | |
2023-yil | Ti tak mne neobxodim (Basta bilan) | |
2023-yil | Pustie vechera (Elman bilan) | |
2023-yil | Chasiki (kover) | Tribyut Valerii |
2023-yil | Schupeno sʼrse | |
2023-yil | Veryu v lyubov | |
2023-yil | Ne zabivay menya (Basta bilan) | |
2024-yil | Kompas | |
2024-yil | Xudi (Basta bilan) | |
2024-yil | Doroje zolota | |
2024-yil | Tsunami (Eldar Jaraxov bilan) |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „MONA: «Увлечение музыкой началось с моих родителей»“. www.thevoicemag.ru. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ „Поколение: певица Mona“. www.peopletalk.ru. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
- ↑ „Mona“. www.last.fm. Qaraldi: 9-avgust 2024-yil.
- ↑ „MONA - Мама говорила (Mood Video)“. www.youtube.com. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
- ↑ „Andro, ELMAN, TONI, MONA — Зари“. www.vk.com. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
- ↑ „ЭКСКЛЮЗИВ МУЗ-ТВ: MONA — о работе с Бастой, трибьют-альбоме Валерии и сравнениях“. www.dzen.ru. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
- ↑ „MC TAXI: ELMAN & MONA“. www.mover.uz. Qaraldi: 14-avgust 2024-yil.
- ↑ „Инстасамка, Мот и Zivert перепели Валерию“. www.intermedia.ru. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
- ↑ „Трибьют Валерии – MOT, INSTASAMKA, XOLIDAYBOY, L'One, Мари Краймбрери, Amirchik“. www.music.yandex.ru. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
- ↑ „ЭКСКЛЮЗИВ МУЗ-ТВ: MONA — о работе с Бастой, трибьют-альбоме Валерии и сравнениях“. www.muz-tv.ru. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
- ↑ „«ЗВЕЗДНЫЙ ОБЗОР» с Эльмирой Аббасовой /// ELMAN и MONA“. www.youtube.com. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
- ↑ „MONA — про отношения, дурные качества и бывших / МОНОЛОГ“. www.youtube.com. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
- ↑ „MC TAXI: ELMAN & MONA“. www.youtube.com. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
- ↑ „MONA (Дарья Кустовская)“. www.vokrug.tv. Qaraldi: 15-avgust 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ofitsialnoe soobщestvo MONA —"VKontakte"
- Stranitsa Dashi Kastovskoy v sotsialnoy seti „VKontakte“
- Ofitsialnoe soobщestvo RAAVA MUSIC v sotsialnoy seti „VKontakte“
- Stranitsa MONA na Yandeks Muzika
- Videoklip Andro, ELMAN, TONI, MONA – „Zari“ (2023)
- MONA – Nu i che? (Official Music Video)
- Videoklip ELMAN, MONA – „Isterika“ (2022)
- MONA, Basta – Ti tak mne neobxodim (Official Audio) na Youtube (2023)
- MONA i ELMAN v shou Basti „MC TAXI“ (2023)
- Intervyu jurnalu TheVoice (2023)