Kontent qismiga oʻtish

Moʻynoqtov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MoʻynoqtovQoraqalpogʻistonning shimolidagi balandlik. Balandligi 86 m. Orol dengizi qurib borayotganligi tufayli Moʻynoq yarim orol oʻz qiyofasini yoʻqotib quruklikka aylangan dengiz tubi bilan tutashib ketdi. M. atrofidagi tekislikdan keskin koʻtarilib turadi. Yon bagʻirlari juda tik, chinksimon jarlikdan iborat. Balandlikning yuzasi birmuncha tekis, kam parchalangan, doʻng, koʻchib yuruvchi va janubi-sharqida fitogen (buta oldi) qumliklar mavjud. Barxanlar dengizning qurigan qismidan shamol olib chiqqan qum evaziga vujudga kelgan. Balandlikning asosida paleogen gillari, pliotsenning mergelli gillari hamda qumtosh qatlami yotadi. Choʻl qumli tuproklarda qandim, oqsaksovul, oʻtlardan rang, qoʻngʻirbosh va boshqa efemerlar oʻsadi. Areal tarzda tarqalgan boʻz qoʻngʻir tuproqlarda keyreuk, boyalich, burgan ustuvor. Yaylov sifatida foydalaniladi. Oʻrtacha mahsuldorligi gektariga 2—3 s.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil