Mineirão stadioni
Mineirão | |
---|---|
Toʻliq nomi | Estádio Governador Magalhães Pinto |
Joyi | Belu-Orizonti, Minas Jerays, Braziliya |
Koordinatalari | 19°51′57″S 43°58′15″W / 19.86583°S 43.97083°W |
Asos solingan | 1959 |
Qachon ochilgan | 5-sentyabr, 1965 |
Qachon taʼmirlangan | 21-dekabr, 2012 |
Egasi | Minas Arena |
Yuzasi | Chim |
Hajmi | 58,170 [1] |
Maydon oʻlchami | 105 x 68 m |
Maydon egalari | |
Cruzeiro FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013 FIFA Jahon chempionati 2014 |
Mineirão stadioni, rasmiy nomi portugalcha - Estádio Governador Magalhães Pinto, (Gubernator Magalhães Pinto Stadioni) 1965-yili Belu-Orizonti shahrida qurilgan. Braziliyaning Minas Jerays shtatidagi eng katta futbol stadionidir. Bu stadion FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013 va FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqalariga hizmat qildi, shuningdek ushbu stadioni, 2016-yili Rio de Janeyroda boʻlib oʻtadigan yozgi olimpiada oʻyinarida futbol bellashuvlariga ham mezbonlik qiladi.[2]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stadion 1965-yil 5-sentyabrda ochilgan, oʻshanda yangi stadionda ilk uchrashuv Minas Jerays shtati terma jamoasi bilan Argentinaning Club Atlético River Plate klubi oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Stadionning ochilishi Minas Jerays shtatida futbolning rivojlanishiga olib keldi. Oradan bir yil oʻtin maydon egasi Cruzeiro klubi Braziliya kubogi sohibiga aylanadi. 1971-yilda esa Atlético Mineiro klubi Braziliyaning ilk chempioni boʻladi. Stadion tarixida eng koʻp muxlis kirgan uchrashuv 19997-yili shtat ligasi Cruzeiro va Villa Nova klublari oʻrtasidagi final uchrashuviga 132,834 muxlis kirgan. Ushbu oʻyinda ayollar va bolalar pul toʻlamagan, 74,857 kishi chipta sotib olgan, 56,618 muxlis ayollardan iborat boʻlgan.
Muhim oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ilk oʻyin: Oʻrtoqlik – 5-sentyabr, 1965 – Minas Jerays shtati terma jamoasi 1–0 Club Atlético River Plate (ARG) Tomoshabinlar: 73,201
- Ilk xalqaro oʻyin: Oʻrtoqlik – 7-sentyabr, 1965 – Braziliya 3–0 Urugvay. Bu oʻyinda, Braziliyaning barcha futbolchilari Palmeiras klubi oʻyinchilari boʻlgan.
- Ilk derbi: Minas Jerays shtati chempionati – 24-oktabr, 1965 – Cruzeiro 1–0 Atlético
- Braziliyaning eng yirik magʻlubiyati: Jahon chempionati 2014 yarim finali - 8-iyul, 2014 - Olmoniya 7-1 Braziliya
Urilgan tarixiy gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-gol: Buglê, 1965-yil 5-sentyabrda Minas Jerays shtati terma jamoasidan
- 1000-gol: Lola, 1968-yil 6-aprelda Atlético Mineiro klubidan
- 5000-gol: Paulinho, 1985-yil 10-martda Villa Nova klubidan
FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sana | Vaqt (UTC-03) | Jamoa #1 | Nat. | Jamoa #2 | Round | muxlis |
---|---|---|---|---|---|---|
17-iyun, 2013 | 16:00 | Fransuz Polineziyasi | 1–6 | Nigeriya | B guruhi | 20,187 |
22-iyun, 2013 | 16:00 | Yaponiya | 1–2 | Meksika | A guruhi | 52,690 |
26-iyun, 2013 | 16:00 | Braziliya | 2–1 | Urugvay | Yarim final | 57,483 |
FIFA Jahon chempionati 2014
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sana | Vaqt (UTC-03) | Jamoa #1 | Natija | Jamoa #2 | Round | muxlis |
---|---|---|---|---|---|---|
14-iyun, 2014 | 13:00 | Kolumbiya | 3–0 | Gretsiya | C guruhi | 57,174[3] |
17-iyun, 2014 | 13:00 | Belgiya | 2–1 | Jazoir | H guruhi | 56,800 |
21-iyun, 2014 | 13:00 | Argentina | 1–0 | Eron | F guruhi | 57,698 |
24-iyun, 2014 | 13:00 | Kosta Rika | 0–0 | Angliya | D guruhi | 57,823 |
28-iyun, 2014 | 13:00 | Braziliya | 1–1 (qarangv) (Penaltilar: 3–2) | Chili | Nimchorak final | 57,714 |
8-iyul, 2014 | 17:00 | Braziliya | 1–7 | Germaniya | Yarim final | 58,141 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 2013[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Instalação do Rio 2016™, Mineirão está pronto para voltar a receber o futebol“. rio2016.com. 2015-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentyabr, 2013.
- ↑ „Match report – Columbia–Greece“ (PDF). FIFA.com (Fédération Internationale de Football Association) (14-iyun 2014). 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2014. (Wayback Machine saytida 2014-07-02 sanasida arxivlangan)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Mineirão stadioni haqida turkum mavjud |
- Rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 2016-01-28 sanasida arxivlangan)
- Stadion rasmlari[sayt ishlamaydi]
- Stadium Guide maqolasi
- FIFA profili (Wayback Machine saytida 2014-06-19 sanasida arxivlangan)