Marakana stadioni
Joyi | Braziliya, Rio-de-Janeyro |
---|---|
Qachon qurilgan | 1950-yil |
Qachon ochilgan | 16-iyun, 1950-yil |
Hajmi | 78.838 |
Maydon oʻlchami | 110x75m |
Maydon egalari | |
FK.Flamengo, FK.Fluminense, Braziliya.MTJ |
Marakana Stadioni (port. Estádio do Maracanã) - Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan stadion. Marakana stadioni hajmi boʻyicha Braziliyada birinchi oʻrinda, oʻtmishda dunyoning eng yirik stadioni. Sigʻimi 78 ming 838 ta tomoshabinga moʻljallangan. Ushbu stadionda «Flamengo» va «Fluminense» futbol klublari, shuningdek Braziliya milliy terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Ushbu stadionda shtatning «Botafogo» va «Vasko-da-Gama» futbol klublari, oʻz shtatdoshlari bilan boʻlib oʻtadigan «Superklassiko»larni aynan Marakana stadionida oʻtkazishadi. «Karioka Liga»si turniri final uchrashuvlari ham ushbu stadionda oʻtkaziladi. Ushbu stadionda 1950-yilgi va 2014-yilgi Jahon Chempionati oʻyinlari oʻtkazilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]«Marakana» stadioni 1950-yilgi Jahon Chempionati uchun qurilgan va stadion qurilishi 1948-yilda boshlangan, stadion nomi stadion qurilishi joyi yonidagi kichik daryo nomidan kelib chiqgan. Stadionning toʻliq qurilishi 1965-yilda tugallangan. Keyinchalik Marakana stadioni Braziliyaning eng asosiy stadioniga aylandi. Stadion shahar mablagʻlari bilan qurilgani uchun, hozirgacha shaharning mulki hisoblanadi.
Stadionning rasmiy nomi - «Mario Filyu» deb ataladi. Ushbu nom stadionning proekti amalda ijro etilishida muhim oʻrin egallagan Braziliyalik jurnalist shaharfiga qoʻyilgan. Stadionda rasmiy ochilish oʻyini 1950-yilning 16-iyun kuni oʻtkazilgan, oʻshanda Rio-de-Janeyro va San-Paulu terma jamoalari kuch sinashishgan. Stadiondagi birinchi golga afsonaviy Didi mualliflik qilgan.