Kontent qismiga oʻtish

Mané Garrincha milliy stadioni

Koordinatalari: 15°47′0.60″S 47°53′56.99″W / 15.7835000°S 47.8991639°W / -15.7835000; -47.8991639
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
 BRA Estádio Nacional de Brasília Mané Garrincha
Mané Garrincha

Stadionning tashqi koʻrinishi
Joyi SRPN Estádio Nacional Mané Garrincha
Brazilia, DF, Braziliya
Qachon ochilgan 10-mart, 1974
Qachon taʼmirlangan 15-iyun, 2013
Egasi Terracap – Agência de Desenvolvimento do Distrito Federal
Yuzasi Chim
Hajmi 69,349[1]
Maydon egalari
Brasília FC
Legião FC
FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013
FIFA Jahon chempionati 2014
Yozgi olimpiada oʻyinlari 2016
Yozgi universiada oʻyinlari 2019

Mané Garrincha milliy stadioni,[2] portugalcha: Estádio Nacional Mané Garrincha, shuningdek, Estádio Nacional de Brasília, Arena Mané Garrincha deb ham nomlanadi yoki Mane Garrincha deb qisqartirib atashadi. Braziliyadagi futbol stadioni va koʻp maqsadli arenasi, Federal okrugning Brazilia shahrida joylashgan. Stadionning asosiy qurilishi «the Poliesportivo Ayrton Senna Complex» kompaniyasi tomonidan qurilgan, shuningdek, ushbu kompaniya Nilson Nelson Gimnaziyasi va Nelson Piquet Xalqaro Aerodromi kabi Braziliyaning bir qancha mashhur inshoatlariga mualliflik qilgan. Stadion 1974-yili ochilgan, ilgari oʻz ichiga jaʼmi 45,200 kishini sigʻdirgan boʻlsa, 2010 va 2013-yilgi tamirlashlardan soʻng, stadionning sigʻimi 72,788 kishiga kengaytirildi va Marakana stadionidan keyin, Braziliyaning eng katta ikkinchi hamda Janubiy Amerikaning eng katta stadionlaridan biriga aylandi.

Stadion qayta tamirlangan, eng oxirgi tamirlash ishlari 2013-yilning 18-mayida yakunlandi, undan soʻng stadion futbol boʻyicha 2013-yilgi konfederatsiyalar kubogi hamda 2014-yilgi jahon chempionatlariga mezbonlik qildi. Stadion loyihasi muallifi Ícaro de Castro Mello. Stadion loyihasi jaʼmi 900 million AQSh dollariga tushdi, original budjeti 300 million AQSh dollariga ega boʻlib Angliyaning Wembley stadionidan keyin dunyoning ikkinchi eng qimmatbaho stadioniga aylandi.[3]

Mané Garrincha milliy stadioni egalari Federal okrugning sport, jismoniy tarbiya hamda turizm vazirliklari hisoblanadi. Stadion nomi mashhur Braziliyalik futbol afsonasi, 1958 va 1962-yilgi futbol boʻyicha jahon chempioni boʻlgan Mané Garrincha nomiga qoʻyilgan.

Mané Garrincha milliy stadioni 1974-yili toʻliq qurib bitkazilgan. Stadion tahminan Garrinchaning 40 yoshga toʻlishi arafasida qurib bitkazilgan. Ilk oʻyin oʻsha yilning 10-martida Corinthians va CEUB klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan, uchrashuv 2-1 hisobida yakunlangan. Stadionda urilgan ilk gol Corinthians klubi futbolchisi Vaguinho tomonidan kiritilgan.

1996-yilning 2-martida, stadion Braziliyaning mashhur qoʻshiqchi yulduzi guruhi Mamonas Assassinasning eng oxirgi konsertini qabul qilgan, oʻshandan keyin ushbu guruh avia halokatga uchrab guruh aʼzolari barchasi halok boʻlgan edi.

1998-yil 20-dekabrda stadionga rekord darajadagi eng koʻp 51,200 kishi kiradi, oʻshanda 1998-yilgi Braziliyaning B seriyasida Gama klubi Londrina klubini 3-0 hisobida magʻlub qilgan edi, natijada, Gama klubi ilk sovrinini qoʻlga kiritib 1999-yilgi Braziliya A seriyasiga yoʻllanma olgan edi.[4]

2007-yilning 8-dekabrida Braziliyaning ayollar futbol kubogi finali boʻlib oʻtadi, oʻsha uchrashuvda Mato Grosso do Sul/Saad klubi gʻolib boʻladi.[5]

Stadion qayta ochilganidan keyin 2013-yil 15-iyunida Konfederatsiyalar kubogi musobaqasida Braziliya Yaponiya terma jamoasini 3-0 hisobida magʻlub qiladi.

Fayl:Estadio Nacional de Brasília (obras).jpg
Stadionning 2006-yildagi holati Stadionning qurilish jarayoni Stadionning qayta tamirdan keyingi holati Shveysariya va Ekvador oʻyini oldidan
Qayta rekonstruksiyadan keyingi stadionning ichki panoramik koʻrinishi.

FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2013

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Vaqt (UTC-03) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Round Tomoshabin
15-iyun, 2013 16:00  Braziliya 3–0  Yaponiya A guruhi 67,423

FIFA Jahon chempionati 2014

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Vaqt (UTC-03) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Round Tomoshabin
15-iyun, 2014 13:00   Shveysariya 2–1  Ekvador E guruhi 68,351
19-iyun, 2014 13:00  Kolumbiya 2–1  Kot-dʼIvuar C guruhi 68,748
23-iyun, 2014 17:00  Kamerun 1–4  Braziliya A guruhi 69,112
26-iyun, 2014 13:00  Portugaliya 2–1  Gana G guruhi 67,540
30-iyun, 2014 13:00  Fransiya 2–0  Nigeriya Nimchorak final 67,882
5-iyul, 2014 13:00  Argentina 1–0  Belgiya Chorak final 68,551
12-iyul, 2014 17:00  Braziliya 0–3  Niderlandiya 3-oʻrin uchun 68,034
  1. „Copa do Mundo da FIFA 2014“ (Portugalcha). 2014-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-aprel, 2014. (Wayback Machine saytida 2014-10-30 sanasida arxivlangan)
  2. http://www.superesportes.com.br/app/19,156/2013/04/05/noticia_copa_do_mundo,43487/gdf-divulga-nota-dizendo-que-estadio-nacional-ainda-se-chama-mane-garrincha.shtml
  3. „Five sad and shocking facts about World Cup corruption in Brazil“. Washington Post (12-may). Qaraldi: 12-may.
  4. „O Mané Garrincha – O palco da Copa em Brasília“ (Portugalcha). copa2014.turismo.gov.br. Qaraldi: 28-aprel, 2013.[sayt ishlamaydi]
  5. „Nos pênaltis, MS/Saad conquista primeiro título da competição“. Gazeta Esportiva. 2008-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-dekabr 2007-yil.

15°47′0.60″S 47°53′56.99″W / 15.7835000°S 47.8991639°W / -15.7835000; -47.8991639