Kontent qismiga oʻtish

Mashinasozlar (metro bekati)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Metro bekati
«Mashinasozlar»
Mashinasozlar
Ochilish sanasi 7-noyabr 1987-yil
Avvalgi nomlari Сельмашская[1](1987-1992)
Tuman Yashnobod tumani
Turi Kolonnali
Chuqurligi 8
Koʻchalarga chiqish Elbek koʻchasi
Temiryoʻl shifoxonasi
Toshkent mexanika zavodi
Toshkent don mahsulotlari zavodi
Ashxobod sayilgohi
Yerusti transporti А: 10, 28, 72, 148, 155;
Мт: 43м, 137м
Ochilish vaqti 5:00[2]
Yopilish vaqti 0:00[2]

„Mashinasozlar“ – Toshkent metropoliteni Oʻzbekiston yoʻli bekatlaridan biri.

1987-yil 7-noyabrda „Toshkent“ (oldingi „Chkalov“) Oʻzbekiston liniyasining ikkinchi qismida ochilgan.

„Toshkent“ va „Doʻstlik“ bekatlari oraligʻida joylashgan[3].

Bekat noqulay ekologik sharoit tufayli „Doʻstlik“ (oldingi „Chkalov“) stansiyasi bilan birgalikda ikki marta yopilgan[4].

1-marta 1989-yil 18-sentyabrda yopilib, 1989-yil 6-noyabrda Oʻzbekiston liniyasining uchinchi qismi „Alisher Navoiy“ va „Chorsu“ metro bekati bilan birga qayta ochilgan.

2-marta 1990-yil aprel oyida yopilgan. 1991-yil 30-aprelda Oʻzbekiston liniyasining toʻrtinchi qismi „Chorsu“ hamda „Beruniy“ bekati bilan birga ochilgan.

„Mashinasozlar“ bekati Yashnabod tumanida joylashgan.

1992-yil 1-maygacha stansiya „Tashselmash“ deb nomlangan. U sobiq Ittifoqda paxta terish mashinalari ishlab chiqaradigan yagona korxona – Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi „Tashselmash“ sharafiga nomlangan.

Stansiyaning meʼmoriy-badiiy dizayni ustunlar va yigʻma temirbeton konstruksiyalardan iborat.

Vestibyuldan yer osti oʻtish joyining devorlari shaffof marmar bilan bezatilgan.

Zalning ustunlari va shiftlari qizil-yashil rangdagi Sayon-Shusha marmarlari bilan bezatilgan.

Shisha elektr lampalari quyma yoʻl bilan tayyorlangan boʻlib, ular zalning markaziy qismidagi shiftlarga oʻrnatilgan. Lampalar zinapoyalar va platformalarning yon devorlarida ham davom etgan hamda vestibyulda badiiy kompozitsiya bilan yakunlangan (rassom: V. Gan).

Vestibyulning shiftida oʻrnatilgan elektr lampalar alyuminiy panjara bilan yopilgan boʻlib, yorugʻlikni tarqatishga yordam beradi.

Platforma poli, vestibyul va yer osti yoʻlaklarining pollari granit bilan qoplangan.

„Mashinasozlar“ metro bekatidan Elbek koʻchasiga, Temiryoʻl shifoxonasiga, Toshkent mexanika zavodiga, Toshkent don mahsulotlari zavodiga hamda Ashxobod sayilgohiga chiqish mumkin.