Beruniy (metro bekati)
«Beruniy» Беруни | |
---|---|
Ochilish sanasi | 30-aprel 1991-yil |
Tuman | Olmazor tumani |
Turi | Bir qubbali |
Chuqurligi | 8 metr |
Platforma meʻmorlari |
F. Muzaffarova A. Tabibov |
Koʻchalarga chiqish |
Forobiy koʻchasi Beruniy shoh koʻchasi Talabalar koʻchasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat texnika universiteti Oʻzbekiston Milliy Universiteti Oʻzkoʻrgasmasavdo pavilyoni |
Yerusti transporti | 10, 11, 14, 28, 31, 34, 78, 87, 88, 92, 116, 188-avtobuslar |
Beruniy |
«Beruniy» (oʻzbekcha: Беруни) — Beruniy metro bekati Oʻzbekiston yoʻlining oxirgi bekatidir. Mazkur metro bekati buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy sharafiga nom berilgan. Metro poli va devorlari marmar, granit, sopol va shishadan ishlangan. 1991-yilning 30-aprelida ochilgan. 2 vestibyul va 1 orolchali platformadan iborat. Ushbu bekatdan Oʻzkoʻrgazmasavdo yarmarkasi va Oʻzbekiston milliy universitetiga chiqiladi. Me`morlar F.Muzaffarova, A Tabibov.[1]
Ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Beruniy metro bekatidan asosan quyidagi koʻchalarga, korxonalarga, davlat tashkilotlariga, taʼlim muassasalariga tashrif buyurish mumkin; Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Italiyaning Toshkentdagi Turing politexnika universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi, Talabalar shaharchasi, Shifokorlar shaharchasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika sud tibbiyot byurosi, Respublika ixtisoslashtirilgan Urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 1 va 2 klinikasi, Respublika Patologik anatomiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Beruniy koʻchasi, Ibn Sino mavzesi, Farobiy koʻchasi, Qoraqamish mavzesi, Respublika ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgik tibbiyot markazi, Toshkent shahar 1-sonli sil kasalliklari shifoxonasi, Moskva energetika universiteti, Milliy tadqiqot instituti Toshkent shahri filiali, Respublika oʻrta-maxsus va dorishunos hodimlar I malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi, Kichik xalqa yoʻli koʻchasi, AKFA xususiy klinikasi, Axmatxoʻja ota bogʻi, Xuvaydo mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻalaba bogʻi, Beltepa mavzesi va yana boshqa muhim maskanlarga borish uchun qulay hisoblanadi.