Marquinhos
Marcos Aoás Corrêa (talaffuzi: Markos Aoas Korrea; 1994-yil 14-mayda Braziliyada tugʻilgan), Marquinhos nomi bilan mashhur — braziliyalik futbolchi, markaziy himoyachi va Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ futbol klubi sardori, shuningdek, Braziliya terma jamoasi futbolchisi. Markaziy himoyachi pozitsiyasidan tashqari, u baʼzan oʻng qanot himoyachisi va yarim himoyachisi sifatida toʻp surgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marcos Aoás Corrêa | ||
Tavallud sanasi | 14-may 1994-yil | ||
Tavallud joyi | São Paulo, Brazil | ||
Boʻyi | 1.83 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2002—2011 | Corinthians | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2013 | Corinthians | 14 | (0) |
2012—2013 | → Roma (ijara) | 16 | (0) |
2013 | Roma | 10 | (0) |
2013— | Paris Saint-Germain | 250 | (23) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Braziliya U17 | 14 | (0) |
2014 | Braziliya U21 | 5 | (0) |
2016 | Braziliya U23 | 6 | (1) |
2013— | Braziliya | 71 | (5) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (6-noyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Marcos Aoás Corrêa 1994-yil 14-mayda Braziliyaning São Paulo shahrida tugʻilgan. U oiladagi yagona futbolchi emas, balki uning akasi Luan ham São Pauloning yoshlar jamoalarida futbol oʻynagan[1].
2013-yilning 19-iyulida Marcos Aoás Corrêa 31,4 million yevro evaziga „PSJ“ futbol klubiga o‘tib, klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan[2]. „BBC Sport“ xabariga koʻra, bu oʻsha paytda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchi uchun toʻlangan eng yuqori summa edi[3]. Fransiyaning „BFM TV“ telekanali bu transferni himoyachi tarixidagi eng qimmat transferlardan biri sifatida taʼriflagan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda Marcos Aoás Corrêa 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida ikkita yirik xalqaro turnirda ishtirok etgan. Yozda Marcos Aoás Corrêa Jahon chempionatida qatnashgan. U yerda himoyachi barcha yetti uchrashuvni oʻtkazgan va uning jamoasi turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
2013-yil oktyabr oyida qo‘sh fuqarolikka ega bo‘lgan (portugal va braziliyalik) Marcos Aoás Corrêa Portugaliya terma jamoasiga chaqirilishiga tayyor ekanligini maʼlum qilgan[4]. 2013-yilning 31-oktyabr kuni Marcos Aoás Corrêa Braziliya terma jamoasiga o‘sha paytdagi bosh murabbiy Luiz Felipe Skolari tomonidan Gonduras va Chili terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun birinchi marta chaqiruv olgan[5]. 17-noyabr kuni Mayamida Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻyinda Marcos Aoás Corrêa Braziliya terma jamoasida debyut qilgan, u maydonga tushgan oʻyinda Braziliya 5:0 hisobida gʻalaba qozongan[6].
Marcos Aoás Corrêa 2014-yil Tulon turniri uchun Braziliya U-21 terma jamoasiga chaqirilgan edi, u yerda himoyachi barcha besh oʻyinda qatnashib, terma jamoasiga turnirda gʻalaba qozonishga yordam bergan[7]. Jahon chempionatini oʻtkazib yuborgan Marcos Aoás Corrêa 2014-yilning sentyabr oyida yangi jamoa bosh murabbiyi Dunga qoʻl ostida terma jamoaga qaytgan. Braziliyalik futbolchi Kolumbiya va Ekvadorga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etgan[8][9]. 2015-yilda Marcos Aoás Corrêa yana 2015- yilda Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan, bu turnir Marcos Aoás Corrêa uchun birinchi yirik xalqaro turnir edi[10].
2016-yilda Marcos Aoás Corrêa 2016-yilda AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etish uchun jamoaga chaqirilgan[11]. Milliy jamoasining dastlabki ikki oʻyinida Marcos Aoás Corrêa Gil bilan juftlik hosil qilgan, keyinchalik guruh bosqichining soʻnggi oʻyinida Mirandaning oʻrniga maydonga tushgan. Oʻsha yilning oxirida Marcos Aoás Corrêa 2016-yilgi Yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan[12].
2017-yilning 10-oktyabr kuni Tiago Silvaning jarohati tufayli Marcos Aoás Corrêa Chili terma jamoasiga qarshi oʻyinda sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushgan. 2018-yilning may oyida Marcos Aoás Corrêa 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirilgan[13]. 12-sentyabr kuni Marcos Aoás Corrêa Braziliyaning asosiy terma jamoasidagi faoliyatidagi ilk golini urdi, bu Salvadorga qarshi oʻyinda sodir boʻlgan va oʻyin 5:0 hisobida yakunlangan[14].
2019-yilning may oyida Marcos Aoás Corrêa Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogi uchun oʻz terma jamoasiga kiritilgan[15]. Braziliyaliklar Rio-de-Janeyrodagi Marakana stadionida kechgan finalda Peru terma jamoasini magʻlub etib, ushbu turnir gʻolibiga aylanishgan.
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
S. C. Corinthians Braziliya | 2012 | 6 | 0 | — | 0 | 0 | 14 | 0 | |
Jami | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 0 | |
A. S. Roma Italiya | 2012—2013 | 26 | 0 | 4 | 0 | — | 30 | 0 | |
Jami | 26 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 30 | 0 | |
París Saint-Germain F. C. Fransiya | 2013—2014 | 21 | 2 | 3 | 0 | 8 | 3 | 32 | 5 |
2014—2015 | 25 | 2 | 10 | 0 | 7 | 0 | 42 | 2 | |
2015—2016 | 29 | 1 | 8 | 1 | 6 | 0 | 43 | 2 | |
2016—2017 | 29 | 3 | 7 | 1 | 8 | 0 | 44 | 4 | |
2017—2018 | 26 | 0 | 7 | 2 | 8 | 0 | 41 | 2 | |
2018—2019 | 30 | 3 | 7 | 0 | 7 | 1 | 44 | 4 | |
2019—2020 | 19 | 3 | 7 | 1 | 11 | 2 | 37 | 6 | |
2020—2021 | 25 | 3 | 5 | 0 | 10 | 3 | 40 | 6 | |
2021—2022 | 32 | 5 | 0 | 0 | 8 | 0 | 40 | 5 | |
2022—2023 | 14 | 1 | 1 | 0 | 6 | 0 | 21 | 1 | |
Jami | 250 | 23 | 55 | 5 | 79 | 9 | 384 | 37 | |
Umumiy faoliyatida | 282 | 23 | 59 | 5 | 79 | 9 | 428 | 37 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Capitão da sub-17 acerta com Corinthians com multa de R$ 20 mi“ (pt). Bol Noticias (2011-yil 6-may).
- ↑ „Marquinhos seals PSG switch“. ESPN FC (2013-yil 19-iyul). 2014-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 22-avgust.
- ↑ „Anthony Martial: Man Utd sign Monaco forward for £36m“. BBC Sport (2015-yil 2-sentyabr). 2015-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Destaque no PSG, Marquinhos admite que pode defender seleção de Portugal“ (pt). Terra (2013-yil 3-oktyabr). 2018-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Ofegante e de pijama, Marquinhos vibra com Seleção: 'Uma gritaria só'“. 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ „International friendly: Brazil beat Honduras 5–0 in Miami“. Sky Sports (2013-yil 17-noyabr). 2014-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ „Final: Brazil – France (KO: 1 June 2014 17:00)“. Toulon Tournament. 2015-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-avgust.
- ↑ „Marcos Aoás Corrêa“ (en). National Football Teams. 2019-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-oktyabr.
- ↑ „Brazil 1–0 Ecuador“. BBC Sport (2014-yil 10-sentyabr). 2014-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Oscar left out of Brazil's Copa America squad“. Goal.com (2015-yil 5-may). 2015-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-may.
- ↑ Schaerlaeckens, Leander „Brazil's Copa America Centenario roster looks to be experimental“. Yahoo! (2016-yil 5-may). 2016-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-may.
- ↑ „Rio 2016: Neymar and Douglas Costa in Brazil Olympic squad“. BBC Sport (2016-yil 29-iyun). 2016-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
- ↑ „World Cup: Neymar named in Brazil's 23-man squad“. BBC Sport (2018-yil 2-iyul). 2018-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-may.
- ↑ „Brazil 5-0 El Salvador“. Sky Sports (2018-yil 12-sentyabr). 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Brazil name Copa America squad“. Football Italia (2019-yil 17-may). 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-may.