Kontent qismiga oʻtish

Lucas Hernandez

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lucas Hernandez
Ernandes 2022-yilda Bayern Munichda o‘ynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lucas François Bernard Hernandez[1]
Tavallud sanasi 14-fevral 1996-yil (1996-02-14) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Marsel, Fransiya
Boʻyi 1.82 m[3]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris Saint-Germain
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2007 Rayo Majadahonda
2007—2014 Atlético Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Atlético Madrid B 21 (1)
2014—2019 Atlético Madrid 67 (1)
2019—2023 Bayern Munich 74 (0)
2023— Paris Saint-Germain 29 (1)
Milliy terma jamoa
2012 Fransiya U16 1 (0)
2014 Fransiya U18 2 (0)
2014—2015 Fransiya U19 13 (0)
2015 Fransiya U20 3 (0)
2016—2017 Fransiya U21 9 (0)
2018— Fransiya 37 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-dekabr uchun)

Lucas Fransua Bernard Hernandez (fransuzcha: [lukas ɛʁnɑ̃dɛz, - ɛʁnandɛs][4][5] 1996-yil 14-fevralda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Fransiya terma jamoasida chap qanot va markaziy himoyachi ampulasida oʻynaydi[6].

Ernandes oʻz faoliyatini "Atletiko Madrid" klubida boshlagan, u yerda u 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushib, 2016-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, 2018-yilgi Yevropa ligasi va Superkubogi sohibi boʻlgan. U 2019-yilda „Bavariya“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Bundesliga, DFB-Pokal va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Ernandes 2018-yildan beri fransuz termasi futbolchisi, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham gʻolib boʻlgan va UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atletiko Madrid

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ernandes „Atletiko“ bilan

Otasi Jan-Fransua Ernandes „Olimpik Marsel“da oʻynab yurgan paytida Ernandes toʻrt yoshida Ispaniyaga koʻchib oʻtdi (u fransuz tilida biroz ispancha aksent bilan gapiradi)[7] va „ Atletiko Madrid“ jamoasiga kelib qoʻshildi[8][9]. 2013-yilning 9-noyabrida murabbiy Diego Simeone tomonidan Ernandes La Liganing „Vilyarreal“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushirildi[10], ammo ertasi kuni mehmondagi 1:1 hisobidagi oʻyinda unga imkon berilmadi[11].

Ernandes asosiy tarkibdagi debyutini 2014-yil 26-aprelda oʻtkazdi va Segunda B divizionida „Real Sosedad B“ga qarshi safarda 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[12]. Mavsum davomida u yana uchta oʻyinda maydonga tushdi, chunki ularda quyi ligaga tushib ketish xavfi deyarli yoʻq edi. Natijada Lukas klub bilan 2018-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi[13].

Ernandes 2014-yil 3-dekabrda jamoadagi birinchi debyutini oʻtkazdi va Ispaniya Kubogida CE L’Hospitalet ustidan 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonib, toʻliq 90 daqiqa davomida oʻynadi[14]. Uning Ispaniya yuqori ligasidagi ilk uchrashuvi Bilbaoning „Atletik''iga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda roʻy berdi. U oʻsha oʻyinda Guilherme Siqueiraning oʻrniga kechroq maydonga tushirildi[15].

2015-16-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 10-avgustida Ernandes shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va yakunda asosiy tarkibga koʻtarildi[16]. Uning UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk uchrashuvi 2016-yilning 15-martida boʻlib oʻtdi. PSV Eyndxovenga qarshi 1/8 final uchrashuvining qoʻshimcha boʻlimida jarohat olgan Diego Godin oʻrniga aynan u tushirildi (120 daqiqadan soʻng 0:0, penaltilar seriyasida 8:7 hisobida gʻalaba qozondi)[17]. 28-may kuni San-Siroda “Real Madrid" ga magʻlub boʻlgan finalda ham ishtirok etdi[18].

2016-17-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 6-avgustida, Ernandes „Atletiko“ bilan shartnomasini 2020-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi[19]. U 2016-17 yilgi mavsumda Atletiko safida kerakli oʻyinchilardan biri edi va mavsum davomida barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsa, shularning 20tasini asosiy tarkibda boshladi.

2017-18-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-18-yilgi mavsumda Ernandes jamoaning asosiy aʼzosi boʻldi, chunki u barcha musobaqalarda 44 ta oʻyinda maydonga tushdi. „Atletiko“ 2018-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga chiqib, Fransiyaning Marsel klubiga qarshi oʻynadi va yakunda 3:0 hisobida gʻalabaga erishdi, bu, oʻz navbatida, Ernandes uchun birinchi xalqaro sovrin edi[20].

2018-19-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernandes professional futbolchi sifatida ilk golini 2019-yilning 19- yanvarida „SD Huesca“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi[21].

2019-yilning 27-martida, „Atletiko“ Lukas Ernandes 2019-yil yozida klubni tark etishini tasdiqladi. „Atletiko“ Ernandesga shartnomani uzaytirishni taklif qildi, ammo u Bundesliganing „Bavariya“ klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. „Atletiko“ nemis klubi Ernandesning tovon pulini 80 million yevroga faollashtirganini aytdi[22]. Myunxenning „Bavariya“ klubi tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda, Ernandesning oʻng tizzasidagi medial tanglay bogʻlamining shikastlanishi aniqlangan. 2019-yil 28-mart kuni Ernandes oʻng tizzasini muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Operatsiya Ernandesning „Atletiko“dagi mavsumini yakunlashiga olib keldi[23].

Ernandes La Ligada 14 ta, barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.

2019-yil 12-oktabr kuni Ernandesning „Atletiko“dagi sobiq bosh murabbiyi Diego Simeone Marca nashriga bergan intervyusida chap qanot himoyachisining „Bavariya“ga ketishi „Atletiko“ga katta zarar yetkazganini aytdi: "Bizni eng koʻp xafa qilgan narsa bu Lukas edi. „Atletiko“ni bir vaqtning oʻzida tark etib, „Barselona“ga oʻtgan Antuan Grizmanndan ham koʻproq u muhim oʻyinchi edi[24].

2019-yilning 27-martida „Bavariya“ Ernandes 2019-yilning 1-iyulida 80 million yevro evaziga klubga oʻtishini eʼlon qildi va u bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi[25][26]. U 10-avgust kuni DFB-Pokalda Energie Kottbusga qarshi birinchi davra oʻyinida „Bavariya“ safida 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[27]. 2020-yil 23-avgust kuni „Bavariya“ jamoadoshlari bilan Ernandes Chempionlar ligasi gʻolibiga aylandi[28].

2020-yil 3-noyabrda Ernandes UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida „Red Bull Zalsburg“ ustidan 6:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda „Bavariya“ safidagi ilk golini kiritdi[29].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ernandes 2018-yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida oʻynamoqda

Ernandes 2012-yilning 6-martida Fransiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi va 16 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida Covercianoda Italiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. 2014-yilda u 18 va 19 yoshgacha boʻlgan jamoalar safida ham maydonga tushdi. Keyingi yili u oʻz oʻyinlari bilan 2015-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi[30].

2018-yilning mart oyida Ernandes murabbiy Dide Desham tomonidan Kolumbiya va Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinlari uchun terma jamoaga chaqirildi[31]. U Parijdagi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatning soʻnggi 14 daqiqasida Lukas Digne oʻrniga maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi[32].

Ernandes 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan joy oldi[33]. U musobaqadagi debyutini 16-iyun kuni Avstraliyaga qarshi (2:1) oʻtkazdi[34] va Fransiyaning turnir davomidagi yettita oʻyinidan oltitasida toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi[35][36].

2021-yil oktabr oyida Belgiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi yarim finali oldidan Lukas birinchi marta ukasii Teo bilan Dide Deshamdan milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. Keyinroq ikkalasi 3-4-1-2 sxemasida mos ravishda chap qanot yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishdi. Teo 90-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi[37]. Ernandes 2022-yilgi Jahon chempionati oldidan Fransiya terma jamoasiga chaqirildi, biroq Avstraliyaga qarshi guruhdagi birinchi oʻyin boshida tizzasidan jarohat oldi va turnirda ishtirok eta olmaydigan boʻldi[38].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ernandesning otasi Jan-Fransua ham markaziy himoyachi edi. U asli ispan[39] va Atletiko Madrid safida ham oʻynagan[40]. Ernandesning ukasi Teo ham shu klubda tarbiyalangan va xuddi shu pozitsiyada oʻynagan[41]. 2018-yil oktabr oyida Marca nashriga bergan intervyusida u oilasi otasidan 12 yoki 13 yil davomida xabar olmaganini aytdi[42]. 2022-yilda fransuzning L'Équipe gazetasi 2004-yilda bedarak yoʻqolgan Jan-Fransua Tailandda yashayotganini va uning sobiq sherigi tomonidan bolalarini koʻrishga qonuniy ravishda toʻsiq qoʻygani aniqlangan[43].

2017-yil 3-fevralda Ernandes qiz doʻstiga[44] zoʻravonlikda ayblanib, hibsga olingan[45]. Ernandes va uning qiz doʻsti Ameliya Llorente ham 31 kunlik jamoat ishlariga joʻnatildi[46][47].

Ernandes oʻsha yilning iyun oyida Llorente bilan asal oyidan qaytib, Madridga birga qoʻnganidan soʻng, cheklov tartibini buzgani uchun yana hibsga olingan. Ushbu qoidabuzarlik uchun 2021-yil 13-oktabrda Ernandes Ispaniya sudi tomonidan olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq u apellyatsiya berdi va uning oʻrniga toʻrt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va 96 000 yevro jarima toʻlashga majbur boʻldi[48][49][50].

Faoliyatidagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yilning 12-noyabrigacha boʻlgan o'yinlar [51]
Klubdagi oʻyinlar, gollar, mavsum va chempionatlar
Klub Mavsumlar Liga Musobaqa Yevropa Boshqa Umumiy
Divizionlar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Atlético Madrid 2014-15 La Liga 1 0 3 0 0 0 0 0 4 0
2015-16 La Liga 10 0 2 0 4[izoh 1] 0 16 0
2016-17 La Liga 15 0 5 0 4[izoh 1] 0 24 0
2017-18 La Liga 27 0 6 0 11[lower-alpha 1] 0 44 0
2018-19 La Liga 14 1 2 0 5[izoh 1] 0 1[lower-alpha 2] 0 22 1
Umumiy 67 1 18 0 24 0 1 0 110 1
Bayern Munich 2019-20 Bundesliga 19 0 3 0 3[izoh 1] 0 0 0 25 0
2020-21 Bundesliga 23 0 1 0 8[izoh 1] 1 5[lower-alpha 3] 0 37 1
2021-22 Bundesliga 25 0 1 0 8[izoh 1] 0 0 0 34 0
2022-23 Bundesliga 7 0 1 0 2[izoh 1] 1 1[lower-alpha 4] 0 11 1
Umumiy 74 0 6 0 23 2 4 0 107 2
Umumiy koʻrsatkich 141 1 24 0 47 2 5 0 217 3
  1. Three appearances in UEFA Champions League, eight appearances in UEFA Europa League
  2. Appearance in UEFA Super Cup
  3. One appearance in UEFA Super Cup, one appearance in DFL-Supercup, one appearance in FIFA Club World Cup
  4. Appearance in DFL-Supercup
2022-yilning 22-noyabrigacha boʻlgan o'yinlar[52]
Terma jamoadagi yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Milliy terma jamoa Yillar Oʻyinlar Gollar
Fransiya 2018 15 0
2019 2 0
2020 5 0
2021 yil 8 0
2022 3 0
Jami 33 0

Atletiko Madrid

Bavariya

Fransiya

Shaxsiy sovrinlar

  • 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi (2015)[63].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Appearances in UEFA Champions League
  1. "Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination" (fr). Official Journal of the French Republic 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000037909703. Qaraldi: 28 November 2020. Lucas Hernandez]]
  2. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Lucas Hernández“. FC Bayern Munich. 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  4. „Equipe de France – Lucas Hernandez: "Une année incroyable"“ (fr). YouTube. Qaraldi: 2018-yil 13-iyul.
  5. „Suivez la conférence de presse avec N'Golo Kanté et Lucas Hernandez“ (fr). YouTube. Qaraldi: 2018-yil 13-iyul.
  6. „Atlético-Bayern: de la Youth League au dernier carré de la C1, la folle ascension de Lucas Hernandez“ (fr). Eurosport (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  7. Benson. „My home country is France – Lucas defends Spain snub“. Goal (2018-yil 25-mart). Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
  8. „Lucas Hernández: el 'jefazo' de la cantera“ (es). Mundo Deportivo (2013-yil 14-iyun). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  9. „Fútbol: el nuevo fichaje "Rodri" (At. Madrid) y Lucas jugaron juntos en Majadahonda“ (es). Majadahonda Magazin (2017-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
  10. Lechuga. „Lucas Hernández: "Es un sueño poder estar en la convocatoria del primer equipo"“ (es). Vavel (2013-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  11. Liceras, Ángel. „El Atlético saca provecho de su manual de supervivencia“ (es). Marca (2013-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  12. „El Atlético B cayó de penalti en Zubieta“ (es). Atlético Madrid (2014-yil 26-aprel). 2014-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  13. Aznar, Luis. „Lucas, primer 'fichaje'“ (es). Marca (2014-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  14. „L'Hospitalet 0–3 Atletico Madrid: Griezmann and Gabi grind out the win“. Goal (2014-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  15. Malagón, Manuel. „Griezmann fue Diego Costa“ (es). Marca (2014-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
  16. „Lucas Hernández renueva hasta el 2019“ (es). Atlético Madrid (2015-yil 10-avgust). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-avgust.
  17. „Atlético Madrid overcome PSV in lengthy shoot-out“. UEFA (2016-yil 15-mart). Qaraldi: 2016-yil 15-mart.
  18. „Spot-on Real Madrid defeat Atlético in final again“. UEFA (2016-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
  19. „Lucas Hernández renews until 2020“. Atlético Madrid. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
  20. „Atlético win the 2018 Europa League title“. UEFA. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
  21. „El Atleti se repone en Huesca“ (es). Europa Press (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.
  22. „Agreement with Bayern Munich over the transfer of Lucas Hernandez for the amount of his buyout clause“. Atlético Madrid. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
  23. „Lucas Hernández operation successful“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
  24. „Simeone: Lucas' departure was more painful than Griezmann's“ (2019-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
  25. „FC Bayern sign Lucas Hernandez“. FC Bayern Munich (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
  26. „Lucas Hernandez: Bayern Munich sign Atletico Madrid's World Cup-winning defender“. BBC Sport (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
  27. „Energie Cottbus vs FC Bayern match report“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
  28. McNulty. „Paris St-Germain 0-1 Bayern Munich“. BBC Sport (2020-yil 23-avgust). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  29. „Salzburg 2–6 Bayern“. UEFA (2020-yil 3-noyabr).
  30. „Under-19 - Technical report - Team of the Tournament“. UEFA (2015-yil 20-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
  31. „Wissam Ben Yedder and Lucas Hernandez handed France call-ups“. Kwesé Sports (2018-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 16-mart.
  32. „Lucas Hernández hizo su debut con Francia“ (es). El Economista (2018-yil 23-mart). Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
  33. Charles. „Alexandre Lacazette and Anthony Martial on standby for France World Cup squad and Dimitri Payet out“. Sky Sports (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
  34. Sutcliffe. „France 2–1 Australia“. BBC Sport (2018-yil 16-iyun). Qaraldi: 2018-yil 16-iyun.
  35. Nabet. „Coupe du monde 2018: Lucas Hernandez, le combattant“ (fr). Le Point (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  36. McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC Sport (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  37. Onrubia. „El sueño de los Hernández“ (es). as.com (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  38. Reuters. „France's Hernandez out of World Cup with knee injury“ (en). Reuters (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.
  39. Barrère, Sébastien. „Lucas Hernandez, l'Espagnol à l'accent français“ (fr). La Dépêche du Midi (2018-yil 21-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
  40. „Lucas, el futuro jefe de la defensa“ (es). ABC (2014-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
  41. G. Fuente, Chema. „Theo y Lucas, dos hermanos del Atlético sobre el campo 60 años después“ (es). Mundo Deportivo (2016-yil 6-fevral). Qaraldi: 2016-yil 21-iyul.
  42. „Lucas Hernandez speaks about his father: We've not heard from him for 12 years“. Marca (2018-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
  43. „Father of Lucas and Theo Hernandez 'turns up' 18 years later: He's waiting for his children to call him“. Marca (2022-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.
  44. „Atletico Madrid defender Lucas Hernandez arrested“. BBC Sport (2017-yil 3-fevral). Qaraldi: 2017-yil 3-fevral.
  45. „Así fue la pelea entre Lucas Hernández y su pareja“ (es). Sport (2017-yil 7-fevral). Qaraldi: 2017-yil 9-fevral.
  46. Garcia. „Bayern Munich's Lucas Hernandez avoids jail time for disobeying restraining order“. ESPN (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  47. „Lucas Hernandez: Bayern Munich and France defender appeals six-month jail sentence for breaking restraining order“. Sky Sports (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  48. Garcia. „Bayern Munich's Lucas Hernandez avoids jail time for disobeying restraining order“. ESPN (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  49. „Lucas Hernandez: Bayern Munich and France defender appeals six-month jail sentence for breaking restraining order“. Sky Sports (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
  50. „Lucas Hernandez: France defender gets six-month jail term“ (en-GB). BBC News (2021-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
  51. „L. Hernández“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 1-may.
  52. „Lucas Hernández“. EU-Football.info. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
  53. Hafez. „Marseille 0–0 Atlético Madrid“. BBC Sport (2018-yil 16-may). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
  54. Sanders. „Real Madrid 2–4 Atlético Madrid“. BBC Sport (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
  55. „Spot-on Real Madrid defeat Atlético in final again“. UEFA (2016-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
  56. „Bayern Munich secure eighth successive Bundesliga title with win at Werder Bremen“. bundesliga.com (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
  57. „Bayern Munich crowned Bundesliga champions“. bundesliga.com (2021-yil 8-may). Qaraldi: 2021-yil 8-may.
  58. „Bayern win the Champions League“. ESPN (2020-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  59. „Joker Javi Martinez köpft Bayern zum Supercup“ (de). kicker.de (2020-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
  60. „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA.com (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
  61. „France 4–2 Croatia: Line-ups“. FIFA. 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
  62. „France beat Spain to win Nations League“. UEFA (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  63. „Under-19 - Technical report - Team of the Tournament“. UEFA (2015-yil 20-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.