Manuel Ugarte
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Manuel Ugarte Ribeiro[1] | ||
Tavallud sanasi | 11-aprel 2001-yil | ||
Tavallud joyi | Montevideo, Urugvay | ||
Boʻyi | 1.82 m[2] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
Raqami | 4 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
City Park | |||
Fénix | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016–2020 | Fénix | 53 | (2) |
2021 | Famalicão | 20 | (1) |
2021–2023 | Sporting CP | 56 | (0) |
2023– | Paris Saint-Germain | 25 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2018–2020 | Urugvay U20 | 5 | (0) |
2020 | Urugvay U23 | 7 | (1) |
2021– | Urugvay | 15 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (19-may uchun) |
Manuel Ugarte Ribeiro (11-aprel 2001-yilda tugʻilgan) – Urugvaylik professional futbolchi, Ligue 1 klubi Parij Sent-Germain va Urugvay milliy jamoasida markaziy yarim-himoyachi rolida toʻp surgan.
Ugarte Fénixning yoshlar akademiyasidan kelgan va 2016-yilda asosiy tarkibga qoʻshilgan. 2021-yil dekabr oyida u Portugaliya Premerliga transfer qilindi va u yerda Famalicão jamoasiga qoʻshildi. Juda yaxshi oʻtkazgan mavsumning birinchi yarmidan soʻng Sporting CP klub bilan birgalikda Taça da Liga mukofotiga erishgan. 2023-yil iyul oyida u 60 million yevro evaziga Paris Saint-Germain jamoasiga qoʻshildi.
Ugarte Urugvay uchun sobiq yoshlar terma jamoasi futbolchisi boʻlib, oʻz mamlakatini turli yoshlar toifasida namoyish etdi va 2020-yilgi CONMEBOL Olimpiyada turnirida jama bilan uchinchi oʻrinni egallagan. U 2021-yilda xalqaro miqyosdagi futbolda oʻzining debyutini qildi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fenix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Montevideoda tugʻilgan Ugarte futbolchilik faoliyatini mahalliy „City Park“ klubining yoshlar safida boshlagan, Fénixning yoshlar tarkibiga qoʻshilishdan oldin, 15 yoshida murabbiy Rosario Martines tomonidan asosiy jamoaga koʻtarilgan. Koʻp oʻtmay, u 2016-yilgi Copa Sudamericana[3] musobaqasida ishtirok etadigan 30 kishidan iborat tarkibga kiritiladigan boʻldi
Ugarte professional debyutini 2016-yil 4-dekabrda oʻtkazdi va 83-daqiqada Agustin Kanobbio oʻrniga Danubio jamoasiga qarshi 4:1 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa u 21-asrda Urugvayda professional futbol oʻynagan eng yosh futbolchiga aylandi (15 yoshu 233 kun). Ugarte dastlab hujumchi sifatida oʻynagan, keyin yarim himoyachi positsiyasiga oʻtgan.
Juan Ramón Carrasco qoʻl ostida Ugarte 18 yoshida klub sardori etib tayinlangan va oʻzining birinchi golini 2019-yilning 10-martida „Racing Club“ga qarshi oʻyinda (2:0) urgan va usha yili u Uruguayan Primera Divisiónda 14 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2020-yil 29-oktabrda Ugarte Sudamerikana-2020 kubogi birinchi oʻyinida Huachipato ustidan 3:1 hisobidagi gʻalabada Lusiano Nekekarning goliga assistentlik qildi. Umuman olganda, u klub safida 57 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.
Famalicão
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020-yilning 29-dekabrida Ugarte Portugaliyaning „Famalicão“ klubi bilan 3 million yevro evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. U 2021-yilning 17-yanvarida „Santa Clara“da 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda Primeira Ligada debyut qildi. 21 fevral kuni u Rio Ave ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonib, klub safidagi oʻzining birinchi golini urdi. Dastlab tajribasiz boʻlganiga qaramay, Ugarte murabbiyi Ivo Vieira qoʻl ostida jamoadan joy oldi, uning koʻp qirraliligi unga jamoada oʻynash imkonini berdi. Yarim himoyadagi turli pozitsiyalarda oʻynay olishi murabbiy tomonidan juda yaxshi deb baholandi va klub oʻtkazib yuborilgan Europa Conference League[4][5]dan keyin bunday futbolchiga muhtoj edi.
Sporting CP
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 9-avgustida Ugarte oʻsha liganing Sporting CP bilan 6,5 million yevro toʻlash evaziga besh yillik shartnoma imzoladi. 14-avgust kuni u klubdagi debyutini oʻtkazdi va Primeira Ligada „Braga“ga qarshi safardagi uchrashuvda jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi, ushbu oʻyinning 92-daqiqasida João Palhinhaning oʻrniga maydonga tushdi. Ugarte oʻzining „Sporting“dagi birinchi golini 2022-yilning 2-yanvarida urdi va oʻzining sobiq jamoasi Famalicão ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Dastlab João Palhinhaga zaxira sifatida imzolangan, jarohatidan soʻng, Ugarte asocia tarkib oʻyinchisi sifatida toʻp surishni boshladi, murabbiy Rúben Amorim unga 3-dekabr kuni Derby de Lisboada raqibi „Benfica“ga qarshi oʻyinda (3:1) Palhinha oʻrnini ishonib topshirdi. Uning jozibador oʻyinlari va jamoaga tez moslashishi uning menejeri tomonidan maqtovga sazovor boʻldi, shundan soʻng u muntazam oʻynay boshladi va Palhinhaning asosiy tarkibdagi pozitsiyasiga tahdid soldi. 2022/2023-yilgi UEFA Champions League guruh bosqichida Ugarte eng koʻp xujumlarni toʻxtatdi va 34 ta uzatmani muvaffaqiyatli oshirib, shu jumladan, Eintracht Frankfurt ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 12 ta xujumni toʻxtatgan.
Statistikalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2024-yilning 19-may sanasiga qadar bo'lib o'tgan o'yinlar asosida[6]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Ligasi kubok | Kontinental | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | gollar | Oʻyinlar | gollar | Oʻyinlar | gollar | Oʻyinlar | gollar | Oʻyinlar | gollar | Oʻyinlar | gollar | ||
Fenix | 2016 | Urugvaylik Primera División | 1 | 0 | - | -- | - | - | 1 | 0 | ||||
2017 | Urugvaylik Primera División | 0 | 0 | - | - | - | - | 0 | 0 | |||||
2018 | Urugvaylik Primera División | 1 | 0 | - | - | - | - | 1 | 0 | |||||
2019 | Urugvaylik Primera División | 35 | 1 | - | - | - | - | 35 | 1 | |||||
2020 | Urugvaylik Primera División | 16 | 1 | - | - | 4 | 0 | - | 20 | 1 | ||||
Umumiy | 53 | 2 | = | = | 4 | 0 | - | 57 | 2 | |||||
Famalicão | 2020–21 | Primeira Liga | 20 | 1 | 0 | 0 | - | - | - | 20 | 1 | |||
2021–22 | Primeira Liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | - | 1 | 0 | |||
Umumiy | 20 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | - | - | 21 | 1 | ||||
Sport CP | 2021–22 | Primeira Liga | 25 | 0 | 5 | 0 | 4 | 1 | 4 | 0 | - | 38 | 1 | |
2022–23 | Primeira Liga | 31 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | 10 | 0 | - | 47 | 0 | ||
Umumiy | 56 | 0 | 6 | 0 | 9 | 1 | 14 | 0 | - | 85 | 1 | |||
Paris Saint-Germain | 2023–24 | 1-li ligada | 25 | 0 | 4 | 0 | - | 8 | 0 | 0 | 0 | 37 | 0 | |
Karyerasi jami | 154 | 3 | 10 | 0 | 10 | 1 | 26 | 0 | 0 | 0 | 200 | 4 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Urugvay | 2021 | 1 | 0 |
2022 | 5 | 0 | |
2023 | 7 | 0 | |
2024 | 2 | 0 | |
Umumiy | 15 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA World Cup Qatar 2022™: List of Players: Uruguay“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). 2022-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
- ↑ „Manuel Ugarte“. Paris Saint-Germain F.C. (2001-yil 11-aprel). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
- ↑ „Lista de 30 y concentración“ (es). Tenfield (2016-yil 7-avgust). Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
- ↑ Balreira, Filipe „Ugarte como uma fénix: Do clube de bairro à afirmação no Sporting e o sonho de ser economista“ (pt). Record (2022-yil 4-aprel).
- ↑ „Ugarte, a fénix uruguaia com apetite de leão“ (pt). MSN.
- ↑ Manuel Ugarte Soccerway saytida
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Manuel Ugarte haqida turkum mavjud |
- Profile at the Paris Saint-Germain F. C. website
- Profile at the Uruguayan Football Association website (ispancha)
- Manuel Ugarte – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
- 11-aprelda tugʻilganlar
- 2001-yilda tugʻilganlar
- Montevideoda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Urugvaylik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Sporting CP futbolchilari
- Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari
- Liga 1 futbolchilari
- Primeira Liga futbolchilari
- Fransiyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Portugaliyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- Urugvay milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar