Mikroneziya (orollar)
Mikroneziya — Okeaniyadagi bir guruh mayda orollar, Tinch okeanning gʻarbiy qismida. 1500 dan ortiq oroldan iborat. Eng yirik orollar guruhi: Mariana, Karolina, Marshall, Gilbert, Panaba, Nauru va boshqa Maydoni 2,6 ming km². Kelib chiqishiga koʻra, mar-jon va vulkan orollar. Eng baland joyi 965 m (Mariana o.larida). Doim yashil tropik oʻrmonlar va butazorlar bilan krplangan. Kokos plantatsiyalari bor. Aholisi tropik dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.
17—19-asrlarda M. (Karolina, Marshall va Mariana o.lari) Ispaniya mustamlakasi boʻlgan. 1885-yilda Germaniya Marshall o.larini Ispaniyadan tortib olgan, 1898-yilda esa Karolina va Mariana o.larini sotib oldi. 1914-yilda orollarni yaponlar bosib oldilar, 1920-yilda esa Millatlar Ligasidan Yaponiya ularni boshqarishga mandat oddi. 1945-yilda orollar AQSH qoʻl ostiga oʻtdi. 1947-yildan boshlab BMT qaroriga koʻra, M. AQSH tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hudud maqomini oldi (Vasiylikdagi Tinch okean o.lari hududi). 1970-yillar oxiri — 80-yillarda M.ning vasiylikdagi turli qismlari bilan AQSH oʻrtasida AQSH bilan "erkin uyushganlik" toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. M. 4 ta davlat tuzilishiga ega: Mikroneziya Federativ Shtatlari, Marshall Orollari Respublikasi, Palau Respublikasi va Shim. Mariana Orollari Ham-doʻstligi. M. orollarida, shuningdek, qisman Nauru va Kiribati davlatlari ham joylashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |