Kontent qismiga oʻtish

Malika Latifa bint Sulton masjidi

Koordinatalari: 24°43′9″N 46°39′31″E / 24.71917°N 46.65861°E / 24.71917; 46.65861
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Malika Latifa bint Sulton masjidi
arabcha: جامع الأميرة لطيفة بنت سلطان
Mamlakat  Saudiya Arabistoni
Koordinatalar 24°43′9″N 46°39′31″E / 24.71917°N 46.65861°E / 24.71917; 46.65861
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 2013 yil
Umumiy maydoni 300,000 m2 (74 akr)
Oʻlchami 7000 namozxon
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Holati amaldagi

Malika Latifa binti Sulton ibn Abdulaziz masjidi (arabcha: جامع الأميرة لطيفة بنت سلطان بن عبد العزيز) – Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahridagi ar-Rohmaniya mahallasida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjid. 2013-yilda ochilgan ushbu masjid Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Sulton bin Abdulazizning qizi va Saudiya Arabistoni asoschisi qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning nabirasi malika Latifa binti Sulton as-Saud sharafiga nomlangan.

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Hindiston qurilish firmasi tomonidan qurilgan va 2013-yil 7-iyulda qirol Abdulloh bin Abdulaziz davrida ochilgan[1][2]. Bino Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Sulton bin Abdulazizning qizi va qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saudning nabirasi malika Latifa binti Sulton as-Saud sharafiga nomlangan[3].

Masjidga, odatda, Ramazon oyida taroveh namozlarini oʻqish uchun, shuningdek, Roʻza hayiti va Qurbon hayiti kabi diniy bayramlarda juda koʻp namozxonlar tashrif buyuradi[4][5]. Maydoni 300,000 m2 (74 akr) va bir vaqtning oʻzida taxminan 7000 namozxonni sigʻdira oladi[6].

2023-yil holatiga koʻra, 2013-yilda[7] tayinlangan birinchi imom Shayx Nosir bin Ali al-Qotamiy bugungi kunga qadar faoliyatini davom ettirib kelmoqda[8][9][10][11].

  1. „الشيخ المطلق يفتتح جامع الأميرة لطيفة بنت سلطان“ (ar). www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  2. „الليلة ..افتتاح جامع الأميرة لطيفة بنت سلطان في الرياض‬“ (ar). صحيفة المواطن (2013-yil 6-iyul). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  3. „لطيفة بنت سلطان بن عبد العزيز.. صدق العطاء“ (ar). www.alriyadh.com (2020-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 2-sentyabr.
  4. „التحفة المعمارية أو جامع الأميرة لطيفة بنت سلطان بن عبدالعزيز“ (ar). www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  5. „إقامة صلاة العيد في جامع الأميرة لطيفة بنت سلطان“ (ar). www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  6. „جامع الأميرة لطيفة.. أحدث جوامع الرياض ويتسع ل 7000 مصلٍّ“ (ar). سعورس. Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  7. „رسميا : الشيخ ناصر القطامي يترك جامع القاضي الى جامع لطيفة بنت سلطان + صورة للمسجد الجديد“ (ar-AR). منتديات مزامير آل داوُد (2013-yil 9-iyun). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  8. „أبناء إنسان والقطامي والمالكي وعطيف يفتتحون «كوفي بيني»“ (ar). www.al-jazirah.com. Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  9. سبق. „أئمة مساجد الرياض يلتقون مدير فرع الوزارة“ (ar). صحيفة سبق الالكترونية (2014-yil 15-iyun). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  10. سبق. „"القطامي" للخطباء: تابعوا الصحف والإنترنت لمعرفة هموم المجتمع“ (ar). صحيفة سبق الالكترونية (2014-yil 28-may). Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.
  11. „أئمة مساجد الرياض يلتقون مدير فرع وزارة‎ الشؤون الإسلامية‎“ (ar). صحيفة صدى الالكترونية. Qaraldi: 2024-yil 22-dekabr.