Malay yoʻlbarsi
Malay yoʻlbarsi | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Panthera tigris jacksoni | ||||||||||||||||||
Malay yoʻlbarsi[1] – yoʻlbarslarning Panthera tigris tigris kenja turi populyatsiyaslaridan biri boʻlib, faqat Malay yarim orolining janubiy (Malayziya) qismida yashaydi. 2004-yildan yarim orolning bu qismidagi yoʻlbars populyatsiyasini alohida kenja tur sifatida kiritishga harakat qilinib, 2017-yilgi tadqiqot bilan tasdiqlangan. 2004-yilgacha ushbu tur Hindixitoy yoʻlbarsi turiga mansub deb hisoblangan[2].
Tashqi koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malay yoʻlbarsi – yoʻlbars kenja turlari ichida eng kichigi. Uning rangi va chiziqlari Hindxitoy yoʻlbarsiga juda oʻxshash, lekin jussasi Sumatra yoʻlbarsiga yaqinroq. Erkaklarining vazni 120 kg, urgʻochilar – 100 kg gacha yetadi. Erkak yoʻlbarslarning uzunligi 237 sm gacha, urgʻochilariniki esa 203 sm gacha boradi[2].
Yashash tarzi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malay yoʻlbarslari sambar bugʻusi, yovvoyi choʻchqa va boshqa tuyoqli hayvonlarni, shuningdek Malay ayigʻini ovlaydi. Baʼzida Malay tapiri kabi kam uchraydigan oʻlalarni ham ovlashi mumkin, ammo bunday oʻlja, juda kamdan-kam hollarda ushlanadi. Erkaklari odatda 100 km² gacha boʻlgan hududni egallaydi, bu yerda odatda bir vaqtning oʻzida 6 tagacha urgʻochi birga yashaydi.
IUCN 2014-yil taksoniga butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida (CR) maqomini bergan, chunki 2013-yildagi roʻyxatga olish jarayonida 250-340 yoʻlbars mavjudligi koʻrsatilgan.
Geraldikada tasvirlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malay yoʻlbarsi Malayziyaning milliy ramzidir[3], u davlat gerbida, turli davlat idoralarining timsollarida (masalan, Malayziya banki), armiya boʻlinmalari va maxsus kuchlarning emblemalarida va boshqalarda tasvirlangan.
-
21-maxsus guruh emblemasi
(Gerak Xas guruhi)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Felids and Hyenas of the World: Wildcats, Panthers, Lynx, Pumas, Ocelots, Caracals, and Relatives.
- ↑ 2,0 2,1 „Малайский тигр. Фото, описание, ареал, питание, враги“ (ru). wildfauna.ru. 2020-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ „Малайский тигр, описание, фото“. www.tepid.ru. 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.