Katta mushuklar (lot. Pantherinae) —mushuksimonlaroilasiga kiruvchi ostoilaridan biri. Bu ostoilaga mushuksimonlarning eng yirik vakkillari kiradi. Ammo katta mushuklar ostoilasiga tegishli bo'lish mezoni kattalik emas, balki morfologik tafsilotlaridir, masalan, til osti suyagining tuzilishi. Aynan shu sababli katta mushuklar oilasiga, gepard va puma kabi yirik turlar kirmaydi. [1] Birinchi marotaba bu ostoilani 1917-yilda Reginald Innes Pocock tasniflagan. Katta mushuklar 9,32 dan 4,47 million yil oldin yoki 10,67 dan 3,76 million yil oldin umumiy ajdoddan genetik jihatdan ajralib chiqqan.[2][3]
Barcha katta mushuklarning mo'ynalarida dog'lar bor, hatto ular birinchi qarashda ko'rinmasa ham[4] . Dog'lar leopard va bulutli leopard, qor qoplon va yaguarda aniq ko'rinadi. Yo'lbars mo'ynasidagi chiziqlar cho'zilgan va birlashib ketgan dog'lardir. Arslonda adaptatsiya sababli dog'lar yo'qolib ketgan, lekin dog'lar arslon bolalarida mavjud bo'ladi.
Katta mushuklar o'zlarining kichik qarindoshlaridan til osti suyagi tuzilishida farqlanadi. Suyak tomoqdagi til mushaklarini boglab turuvchi mayda suyaklardan iborat. Ilgari, bu belgi irillash qobiliyati bilan bog'liq deb hisoblangan. Biroq, yangi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, irillash boshqa anatomik xususiyatlarga, birinchi navbatda, hiqildoqning maxsus tuzilishiga asoslangan. Arslon, yo'lbars, leopard va yaguarda juda uzun ovoz paylari va qalin elastik to'qimalar irillash imkonini beradi. Qor qoploni, bulutli leopard va boshqa mushuk turlari bunday xususiyatlarga ega emas va irilla olmaydi.
R. I. Pocock Pantherinae ostoilasiga dastlab Panthera va Uncia urug'larini kiritgan,[1] zamonaviy tasnifga ko'ra Panthera va Uncia urug'lari Panthera urug'iga birlashtirgan va yangi Neofelis urug'i ajratilgan.[5]
Quyida katta mushuklar turkumining urug' va turlarining toʻliq roʻyxati keltirilgan: