Kontent qismiga oʻtish

Makroniylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Makraniylar[1][2][3] (inglizcha: Makrani[4], hindcha: मकरानी) — balujalar tarkibidagi etnik guruh, Pokistonning Makran sohilida (Sind viloyati) va Karachida ixchamgina tarzda yashaydi. Kelib chiqishi qisman Sharqiy Afrikaga borib taqaladi. Eronning tub aholisi — balujalarning arab qul savdogarlari tomonidan XIX asrgacha bir necha asrlar davomida Sharqiy Afrikadan olib kelingan qullar bilan aralashishi natijasida vujudga kelgan. Makraniylar baluji tilining makran lahjasida soʻzlashadi[5], unda afrikacha soʻzlar mavjud. Pokistonda Makran lahjasida soʻzlashuvchilar soni 82 000 ga yaqin va Gujarotda (Hindiston) 28 000 ga yaqin. Jami 110 000 ga yaqin kishi (2020-yil holatiga koʻra) makraniylkardir[6].

Balujistondagi mekranlar

Makraniylar janubiy Pokiston va Hindistonning janubi-gʻarbiy qismida yashovchi, shuningdek, kelib chiqishi sharqiy afrikaliklarga borib taqaluvchi siddi etnik guruhiga qondosh hisoblanadi[7]. Makraniylarning asosiy mashgʻulotlari baliqchilik, dehqonchilik (xurmo, kokos, banan, don ekinlari yetishtirish) bilan shugʻullanadi, Karachi portida port ishchilari sifatida ishlaydi. Makraniylarning urf-odatlari balujilarnikiga oʻxshaydi, lekin ular ham baʼzi afrikacha musiqiy odatlarni saqlab qolgan[8][9]

2017-yilda oʻtkazilgan genetik tadqiqotlar makraniylarda (Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikaning negroid aholisi) afrikaliklar irsiy (genetik) hissasi mavjudligini koʻrsatdi: taxminan 12 % (± 7 %) Y-xromosomali gaplogruplar uchun va 40 % (± 9 mtDNK uchun %)[7].

DNK ketma-ketligining afrikacha namunasi tufayli makraniylar bezgakka qarshi chidamlidir[10]

  1. „Makrani (Muslim traditions) | Joshua Project“. joshuaproject.net. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  2. Риттих П. А. Отчет о поездке в Персию и персидский Белуджистан в 1900 году. Directmedia, 2013-03-14 — 267-bet. ISBN 978-5-4460-7847-9. 
  3. Малик Шах-Хусейн Систани. „Хроника воскрешения царей. Путешествие одиннадцатое. Поездка сего раба в сопровождении великого малика в Дизак и на границу Систана“. www.vostlit.info. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  4. „Makrani | people“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  5. „Makrani language“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  6. Joshua Project. „Makrani (Muslim traditions) in Pakistan“ (en). joshuaproject.net. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  7. 7,0 7,1 Romuald Laso-Jadart, Christine Harmant, Hélène Quach, Nora Zidane, Chris Tyler-Smith. The Genetic Legacy of the Indian Ocean Slave Trade: Recent Admixture and Post-admixture Selection in the Makranis of Pakistan(ingl.) // The American Journal of Human Genetics. — 2017-12-07. — Vol. 101, iss. 6. — P. 977—984. — ISSN 0002-9297. — DOI:10.1016/j.ajhg.2017.09.025.
  8. Feroz Ahmed. Africa on the Coast of Pakistan // New Directions. — 1989-10-01. — Т. 16, вып. 4. Архивировано 5 iyul 2020 года.
  9. „Makrani Culture“ (en). historypak.com. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  10. A Pakistani ethnic group traces its roots to eastern Africa(ingl.) // Nature. — 2017-11-10. — Vol. 551. — P. 274—274. — DOI:10.1038/d41586-017-05917-6.