Kontent qismiga oʻtish

Makemake

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
136472 Makemake 🝼

Makemake karlik sayyorasi
Kashf etilishi
Kashf etilgan
  • Michael E. Brown
  • Chad Trujillo
  • David Rabinowitz
Kashf etilgan sanasi 31-mart, 2005-yil
Kichik sayyora tasnifi
(136472) Makemake
Kimning sharafiga nomlangan Rapa Nui afsonalaridagi xudo Makemake
Muqobil nomlari
2005 FY 9
Kichik sayyora turkumi
Karlik sayyora
Mehvar tasnifi
Davr May 31, 2020
(JD 2458900.5)
Perigeliy 38.104 AU (5.7003 Tm)
Katta yarim oʻqi 45.430 AU (6.7962 Tm)
Ekssentrisiteti 0.16126
Oʻrtacha orbital tezligi 4.419 km/s
Oʻrtacha anomaliya 165.514°
Chekinish 28.9835°
Orbital tugun uzunligi 79.620°
Perigeliy vaqti 17 November 2186
Perigeliy argumenti 294.834°
Tabiiy yoʻldoshlari soni 1
Fizik tasnifi
Oʻlchamlari
(1434+48
−18
)
 × projected (1420+18
−24
 km
)

(1502±45) × (1430±9 km)

Oʻrtacha radiusi
  • 715+19
    −11
     km
  • 739±17 km
Siqiqligi 0.0098
Yuzasi 6.42×106 km2
Hajmi 1.53×109 km3
Massasi ≈3.1×1021 kg (2018)
Zichlik ≈1.7 g/cm3
Siderik sutka 22.8266±0.0001 h
Harorat 32-36 K
Spektral turi
B−V=0.83, V−R=0.5
Koʻrinma yulduz kattaligi 17.0
Mutlaq yulduz kattaligi (H) −0.12
0.049±0.020

136472 Makemake — Quyosh tizimidagi kattaligi jihatidan uchinchi oʻrinda turuvchi karlik sayyora. Ikkinchi eng katta Koyper belbog'i obyekti. Diametri Pluton diametrining taxminan 60 % ni tashkil qiladi. Makemakeda eng past oʻrtacha harorat taxminan 40 K (−230 °C) boʻlib, uning yuzasi metan, etan va ehtimol azotli muzlar bilan qoplangan[1]. Uning bitta tabiiy yoʻldoshi maʼlum. Makemake 2005-yilning 31-martida M. E. Braun boshchiligidagi olimlar guruhi tomonidan kashf etilgan va 2005-yilning 29-iyulida keng ommaga eʼlon qilingan. U avval 2005 FY 9 nomi bilan atalgan. Keyinchalik 136472 kichik sayyora raqami berilgan. Mitti sayyoraga 2008-yil iyul oyida Pasxa orolining Rapa Nui mifologiyasidagi xudo Makemake sharafiga shu nom berilgan[2][3].

Kashf etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rassom asari — qizgʻish yuzasi va oy bilan tasvirlangan mitti sayyora Makemake talqini

Makemake mitti sayyorasi 2005-yil 31-martda Maykl E. Braun [9] boshchiligidagi Palomar rasadxonasi jamoasi tomonidan topilgan va 2005-yil 29-iyulda ommaga eʼlon qilingan[4]. Yorqin obyektlar Makemake va Erisga doir keyingi kuzatishlar va hisob-kitoblar tugaguniga qadar jamoa oʻz kashfiyotini eʼlon qilishni kechiktirmoqchi edi. Lekin, uning ikkisi ham bizga maʼlum sanada eʼlon qilindi. 29-iyul kuni ular kuzatgan yana bir yirik ob’ekt, Haumea mitti sayyorasi topilgani 27-iyul kuni Ispaniyadagi boshqa jamoa tomonidan munozarali tarzda eʼlon qilindi.[5] Makemake mitti sayyorasini oʻrganishning dastlabki kuzatuvlari 1955-yil 29-yanvardan 1998-yil 1-maygacha boʻlgan vaqt oraligʻida Palomar rasadxonasining Osmonnni oʻrganish fotoplastinkalarida topilgan.[6] Nisbatan yorqinligiga qaramay (Yorqinligi Plutonning beshdan bir qismiga teng), Makemake koʻplab zaifroq Koyper belbogʻi obyektlaridan keyin topilgan. Kichkina sayyoralarni qidirishda aksar holda ekliptikaga (Quyosh, Oy va sayyoralar Yerdan koʻrinib turganidek koʻrinadigan osmon mintaqasi) nisbatan yaqinroq oʻtkaziladi, chunki u yerda obyektlarni topish ehtimoli katta. Oldingi tadqiqotlar davomida u orbitaning nisbatan yuqori qismiga moyilligi va kashf etilgan paytda ekliptikadan eng uzoq masofada joylashgan Koma Berenitsa shimoliy yulduz turkumida boʻlgani sababli kashf etilishi choʻzilgan.[7]

🝼
🝼

Barcha yangi kashf etilgan astronomik obyektlar singari Makemakega dastlab vaqtinchalik belgi(nom) berilgan. Mitti sayyoraga kashfiyot ommaga eʼlon qilinganida 2005 FY 9 vaqtinchalik belgisi berilgan edi. Kashfiyot guruhi mitti sayyorani Pasxa bayramidan koʻp oʻtmay topganligi sababli obyekt uchun " Esterbunny " kod nomidan foydalanilgan. 2008-yil iyul oyida klassik Koyper belbogʻi obyektlari uchun Xalqaro Astronomiya Universtiteti qoidalariga muvofiq, 2005 FY 9 ga afsonaviy xudo nomi berildi. Rapa Nui afsonalarida insoniyat yaratuvchisi va unumdorlik xudosi Makemake nomi obyektning Pasxa bayrami bilan aloqasini saqlab qolish uchun tanlangan. Makemakening munajjimlar va NASA tomonidan qoʻllanadigan belgisi Denis Moskovits tomonidan ishlab chiqilgan.

2019-yil aprel holatiga koʻra, Makemake Quyoshdan 52,5 astronomik birlik (7,85 milliard km) uzoqlikda joylashgan. Makemake Haumea mitti sayyorasi orbitasiga juda oʻxshash orbita boʻylab harakatlanadi. Orbitasi yarim katta oʻq, ham perigeliyaga nisbatan Quyoshdan bir oz uzoqroq. Uning orbital davri 306 yilni tashkil etadi.[8]. Yaʼni, uning orbital davri Plutonning va Haumeaning orbital davridan koʻp. Makemake 2033-yilda afeliyasiga (yerga nisbatan oʻzining eng yaqin va eng uzoq nuqtasiga) erishadi.[9]

Astronomik xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makemake (koʻrinib turgan kattaligi 16.9) IC 3587 galaktikasi bilan

Makemake vizual jihatdan Plutondan keyin ikkinchi eng yorqin Koyper kamari obyektidir. U yetarlicha yorqin boʻlgani uchun yuqori darajadagi havaskor teleskop yordamida koʻrish uchun. Makemakening taxminiy diametri 1360-1480 km oraligʻida.[10] Makemakening aylanish davri 22,83 soatga baholanmoqda. Bu aylanish davri mitti sayyora uchun nisbatan uzoq. Buning bir qismi Makemake tabiiy yoʻldoshidan toʻlqinlarning tezlashishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Taxminlarga koʻra, ikkinchi katta, hali ochilmagan sunʼiy yoʻldosh mitti sayyoraning uzoq aylanish davrini yaxshiroq tushuntirishi mumkin. Makemake yorugʻlik egri amplitudasi kichik, atigi 0,03 mag.

Makemake ham Pluton singari koʻrinadigan spektrda qizil rangda koʻrinadi. Yorqin infraqizil spektr metan yutilish zonalarining mavjudligini bildiradi. Metan Pluton va Erisda ham kuzatiladi, ammo uning spektral belgisi ancha zaif.[11] Makemake sirtining spektral tahlili shuni koʻrsatdiki, metan kamida bir santimetr kattalikdagi yirik donalar shaklida boʻlishi kerak. Metanga qoʻshimcha ravishda, koʻp miqdorda etan va tolinlar, shuningdek, kichikroq miqdordagi etilen, asetilen va yuqori massali alkanlar (masalan, propan) mavjud boʻlishi mumkin, ular quyosh nurlari taʼsirida metanning fotolizi natijasida hosil boʻladi.

Makemake atmosferasi Plutonnikiga oʻxshash, ammo atmosfera bosimi Plutonnikidan pastroq boʻlishi kutilgan edi. Biroq, 2011-yil 23-aprelda Makemake 18-magnitudali yulduz oldidan oʻtib, uning yorugʻligini toʻsatdan toʻsib qoʻydi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, Makemake hozirda sezilarli atmosferaga ega emas va uning yuzasidagi bosimga 4-12 nanobar yuqori chegara qoʻygan.[12] New Horizons tomonidan Pluton atmosferasini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, gazning asosiy qismi azot emas, metan boʻlib, Makemakeda azot yoʻqligi sabablari murakkabroq boʻlishi mumkin.

Tabiiy yoʻldoshi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makemake va uning sunʼiy yoʻldoshining ikkita surati 2015-yil aprel oyida Xabbl tomonidan ikki kun farq bilan olingan

Shu kungacha Makemakening bitta tabiiy yoʻldoshi kashf etilgan. U mitti sayyoradan 21 000 km (13 000 milya) uzoqlikda joylashgan va diametri 175 km (110 mil) deb baholangan.

Makemake System
Nomi Diametri (km) Kashf etilgan sanasi
Makemake ≈ 1430 31-mart, 2005
S/2015 (136472) 1 ≈ 175 27-aprel, 2015
Makemake, qizil chiziqlar bilan koʻrsatilgan, 2007-yil oktabr oyida New Horizons kosmik kemasi tomonidan tasvirga olingan

Makemake 2007-yil oktabr va 2017-yil yanvar oylarida " New Horizons " kosmik kemasi tomonidan mos ravishda 52 AU va 70 AU masofasidan kuzatilgan. Kosmik kemaning chiqish trayektoriyasi Makemakeni Yerdan olish mumkin boʻlmagan yuqori fazali burchaklarda kuzatish imkonini berdi, bu esa Makemake sirtining yorugʻlik tarqalish xususiyatlarini va fazaviy egri harakatini aniqlash imkonini berdi.

  1. M. E. Brown, K. M. Barkume (2007 January). „METHANE AND ETHANE ON THE BRIGHT KUIPER BELT OBJECT 2005 FY9“ (PDF). The Astronomical Journal. Qaraldi: 24-may 2022-yil. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  2. „Fourth dwarf planet named Makemake“. https://www.iau.org/. The International Astronomical Union. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  3. Brown, Mike „The Dwarf Planets“. http://web.gps.caltech.edu/. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  4. „136472 Makemake (2005 FY9)“. https://www.jpl.nasa.gov/. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  5. Thomas H. Maugh, John Johnson Jr. „"His Stellar Discovery Is Eclipsed"“. http://articles.latimes.com/. Los Angeles Times.. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  6. „"(136472) Makemake = 2005 FY9"“. https://www.minorplanetcenter.net/. Minor Planet Center. International Astronomical Union. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  7. „"Asteroid 136472 Makemake (2005 FY9)"“. http://ssd.jpl.nasa.gov/. HORIZONS Web-Interface. JPL Solar System Dynamics. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  8. „"JPL Small-Body Database Browser: 136472 Makemake (2005 FY9)"“. https://ssd.jpl.nasa.gov/. NASA Jet Propulsion Laboratory (2019-05-12 last obs). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  9. „"Asteroid 136472 Makemake (2005 FY9)"“. http://ssd.jpl.nasa.gov/. HORIZONS Web-Interface. JPL Solar System Dynamics. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  10. „"Satellites of the Largest Kuiper Belt Objects"“. http://web.gps.caltech.edu/. The Astrophysical Journal. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  11. J. Licandro; N. Pinilla-Alonso, M. Pedani; E. Oliva „"The methane ice rich surface of large TNO 2005 FY9: a Pluto-twin in the trans-neptunian belt?"“. https://doi.org/. Astronomy and Astrophysics. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  12. Ortiz, J. L.; Sicardy, B.; Braga-Ribas, F.; Alvarez-Candal, A.; Lellouch, E.; Duffard, R.; Pinilla-Alonso, Littlefair, S. P.; Camargo, J. I. B.; Assafin, M.; Unda-Sanzana, E.; Jehin, E.; Morales, N.; Tancredi „"Albedo and atmospheric constraints of dwarf planet Makemake from a stellar occultation"“. http://orbi.ulg.ac.be/. Nature. Qaraldi: 24-may 2022-yil.