Kontent qismiga oʻtish

Atmosfera bosimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atmosfera bosimi – atmosferaning yer sirtidagi barcha narsalarga va yer sirtiga kõrsatadigan gidrostatik bosimi; atmosfera holatini bildiruvchi asosiy belgi. Simobli barometr bilan õlchanadi. Atmosfera bosimi Din/sm2, mb yoki mm sim. ust., gPa bilan ifodalanadi. Dengiz sathidagi õrtacha atmosfera bosimi yoki normal bosim Ro q 760 mm simob ustuniga yoki 1013,25 gPa ga teng. Balandlikka ko'tarilgan sari atmosfera bosimi kamayadi. Pastki qatlamlarda tezroq, yuqori qatlamlarda esa sekinroq kamayadi, dengiz sathidan 6 km balandlikda atmosfera bosimi yer yuzidagi bosimning yarmini tashkil qiladi. Atmosfera bosimi balandlik bilangina emas, balki yer yuzining bir nuqtasidan ikkinchi bir nuqtasiga oʻtganda, shuningdek vaqt oʻtishi bilan ham oʻzgaradi. Natijada yer yuzida bosimi pastlashgan siklonlar, bosimi yuqorilashgan antitsiklonlar va toʻlqinli bosim sohalarini kuzatamiz. Bu sohada havo temperaturasi, zichligi va oqimi oʻzgaradi, shuningdek atmosfera girdoblari hosil boʻladi va boshqa Butun yer sharida 5 km balandlikdan boshlab ekvatordan qutb hududlari tomon atmosfera bosimi kamayib boradi.

Otto fon Gerike tomonidan XVII asrda tajriba o‘tkazilgan. Tajriba doirasida u o‘zaro birlashtirilgan ikkita metal yarimsharlar ichidagi havoni so‘rib oladi. Atmosfera bosimi yarimsharlarni shunaqangi kuch bilan bir-biriga yopishtirib qo‘yadiki, ularni hatto sakkiz juft ot ham ajrata olmaydi.

Avvallari, suvni so‘rib oluvchi nasoslar "tabiat bo‘shliqdan qo‘rqani" uchun ishlaydi degan qarash mavjud bo‘lgan. Biroq golland olimi Isaak Bekman 1618 yil himoya qilgan o‘zining dissertatsiyasida, quyidagini ta’kidlagan: «Suv, bo‘shliq kuchi bilan tortilmaydi va so‘rish orqali ko‘tariladi, biroq uni bo‘sh joyga havo xaydab boradi» (Aqua suctu sublata non attrahitur vi vacui, sed ab aere incumbentein locum vacuum impellitur).

1630 yil genuyalik fizik Baliani Galileoga yozgan xatida balandigi 21 metr bo‘lgan qirga suv tortuvchi sifon o‘rnatishga urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlangani haqida yozadi. Balianiga yozilgan javob xatida esa Galileo (24 oktabr 1630 yil) quvur bo‘ylab suvning ko‘tarilishi havo bosimi bilan bog‘liq deb tahmin qiladi.

Otto fon Gerike tajribasi
Otto fon Gerike tajribasi


Atmosfera bosimining mavjudligi odamlarni ancha tushkun ayfiyatga solib qo‘ydi. Chunki Florensiya bog‘lariga favvoralar o‘rnatish to‘g‘risidagi Toskaniya gersogining 1638 yildagi farmoni amalga oshmayotgan edi. Minglab urinishlarga qaramay suv 10,3 metrdan yuqoriga ko‘tarilmayotgan edi. Buning sababini aniqlash maqsadida og‘ir metal - simob bilan sinovlar o‘tkazayotgan Evanjelist Torrichelli tomonidan o‘tkazilgan tajribalar natijasida, 1643 yil havo ham vaznga ega ekanligini isbotlandi. Viviani bilan Torrichelli hamkorlikda atmosfera bosimini o‘lchash bo‘yicha ilk urinishlarni amalga oshirishdi va havosi so‘rib olingan naychadan tayyorlangan simobli barometrni kashf qilishdi. Bunday naychada simob tahminan 7600 millimetrgacha ko‘tariladi.

Bosim va balandlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqoriga ko‘tarilgan sari atmosfera bosimi kamayib boradi. Masalan, tahminan 2-3 km balandlikda tog‘ kasalligi boshlanadi, Everest cho‘qqisidagi havo bosimi esa dengiz sathidagi bosimning bor yo‘g‘i ¼ qismiga teng. Har 12 metr balandikka ko‘tarilganda bosim 1 mm.sim.ustuniga kamayadi. Mazkur qonuniyat asosida - bosimning o‘zgarishiga asoslanib, samolyotlar o‘zlarining balandliklarini o‘lchashadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Muxammad Olim H.U. Aviatsiya asboblari va uchish-navigatsiya uskunalari. TDTrU: - Toshkent, 2022. 92 b.