Kontent qismiga oʻtish

Pluton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pluton, New Horizons olgan surat, 2015-yil 13-iyul.

134340 Pluton (belgilari: ⯓[1] va ♇[2]) — Quyosh sistemasidagi mitti sayyoradir. Koʻrinma kattaligi — 13,65.[3] Uni 1930-yili amerikalik astronom Klayd Tombo kashf etgan. Astronomik belgisi R. Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 39,4 astronomik birlikka teng (29 astronomik birlikdan 49 astronomik birlikkacha oʻzgarib turadi). Orbitasining ekssentrisiteti 0,253, ekliptikaga ogʻmaligi 17"8’. Quyosh atrofini 247,7 yilda (oʻrtacha 4,7 km/s Pluton va uning yoʻldoshi Xaron. Koʻrinishdan suv muzi bilan qoplangan tosh yadrolardan iborat tezlik bilan) toʻla bir marta aylanib chiqadi. Pluton 1979-yildan 20-asrning oxirigacha Neptunga nisbatan Quyoshga yaqin boʻlgan. Yerdan ancha uzoq boʻlgani uchun uning tabiatini oʻrganish qiyin. Tabiiy tuzilishi katta sayyoralar — Yupiter, Neptun va Urannikidan keskin farq kiladi. Pluton diametri taxminan 3000 km, massasi 1,791022 kg, zichligi 2100 kg/m3. Plutonning oʻz oʻqi atrofida aylanish davri 6,3 sutka. 1978-yilda amerikalik astronom Jeyms Uolter Kristi Plutonning yoʻldoshi Xaronni kashf etdi.[4] Xarondan tashqari Plutonning yana toʻrtta (jami beshta) yoʻldoshi maʼlum: Stiks, Nikta, Kerber va Gidra.[5]

1992-yilda qator oʻxshash jismlar ochilishi bilan Plutonning sayyora mavqei muhokama qilina boshlandi. 2005-yilda Plutondan 27% massivroq Erida kashf etilgach, Xalqaro astronomiya ittifoqi "sayyora" atamasi taʼrifini aniqlashtirdi,[6] bu taʼrifni Pluton qanoatlantirmasligi tufayli u sayyoralar safidan chiqarilib, "mitta sayyora" (aniqrogʻi plutoid) deb sinflashtirildi.[7]

  1. JPL/NASA. „What is a Dwarf Planet?“. Jet Propulsion Laboratory (2015-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  2. Physics and chemistry of the solar system, 2 John Lewis: , Elsevier, 2004 — 64-bet. 
  3. Pluto Fact Sheet, NASA
  4. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  5. Showalter, Mark R.. „Hubble Discovers a Fifth Moon Orbiting Pluto (News Release STScI-2012-32)“ (11-iyul 2012-yil). Qaraldi: 11-iyul 2012-yil.
  6. "Astronomers Measure Mass of Largest Dwarf Planet"
  7. "Farewell Pluto?", BBC