Obyektiv:
Bu Vikipediyadagi mifologiya va shu mavzuga aloqador maqolalarga oid masalalarni muhokama qilish va muvofiqlashtirish uchun joy. Bugungi kunga qadar „mifologiya“ soʻzini ishlatilishi boʻyicha keng muhokamalar olib borilgan. Qarang: Munozara:Mifologiya.
Qoʻllash doirasi:
Agarda loyihaga hissa qoʻshishni istasangiz, „Bajariladigan ishlar“ roʻyxatidagi vazfalarni qilib loyihaga koʻmaklashing. Bundan tashqari, koʻrib chiqish va baholash, oʻqish, tahrirlash, yozishingiz mumkin. Shuningdek, turkumlashda yordam berish uchun koʻplab mifologiyaga doir maqolalarni toifalar va qoralamalardan topishingiz mumkin.
Taʼrifi:Mifologiya – mif yoki miflar toʻplamini oʻrganadigan fan. „Afsona“ taʼrifi turlicha boʻlsa-da, fin folklorshunosi Lauri Xonkoning bu soha haqidagi taʼrifi keng tarqalgan:
Afsona, xudolar haqidagi hikoya, dunyoning boshlanishi haqidagi diniy maʼlumot, yaratilish, asosiy voqealar, xudolarning ibratli ishlari, buning natijasida dunyo, tabiat va madaniyat uning barcha qismlari bilan birga yaratilgan va ularning tartibi berilgan. Afsona jamiyatning diniy qadriyatlari va normalarini ifodalaydi va tasdiqlaydi, u taqlid qilinadigan xatti-harakatlar namunasini beradi, amaliy maqsadlari bilan oʻtkaziladigan turli marosimlar samaradorligidan dalolat beradi va kultning muqaddasligini belgilaydi[1].