Kontent qismiga oʻtish

Afghanis-tan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afghanis-tan (yaponcha: あふがにすタン, Afuganisu-tan) yapon yonkoma mangasi boʻlib, 2003-yil oktabridan 2005-yil fevraligacha Timaking (ちまきing) tomonidan veb-komiks sifatida chiqarilgan. Manga Afgʻoniston va unga qoʻshni mamlakatlarning XIX asrdan boshlab zamonaviy tarixi haqida hikoya qiladi. Mamlakatlar shaxslashtirilib koʻrsatilgan.

Afghanis-tan (yaponcha: あふがにすタン, Afuganisu-tan) — Afgʻoniston obrazi

Manga bosh qahramoni, kuchli feʼl-atvorli qoʻshnilar orasidagi qiz. Sharbat Gulaga asoslanib tasvirlangan.

Pakis-tan (yaponcha: ぱきすタン, Pakisu-tan) — Pokiston obrazi

Maqtanchoq, yolgʻiz qiz. Afghanis-tan'ni yoqtiradi.

Uzbekis-tan (yaponcha: うずべきすタン, Uzubekisu-tan) — Oʻzbekiston obrazi

Oʻjar qiz, Pakis-tan bilan chiqishmaydi. Rossiyani yoqtiradi, Karakalpaks-tan ismli singlisi bor.[1]

Tajikis-tan (yaponcha: たじきすタン, Tajikisu-tan) — Tojikiston obrazi

Qiziqqon, futbolni sevadi.

Kyrgyzs-tan (yaponcha: きるぎすタン, Kirugisu-tan) — Qirgʻiziston obrazi

Gapga chechan va zukko. Oʻyinchoq axaltaka ot minib yuradi.

Turkmenis-tan (yaponcha: とるくめにすタン, Torukumenisu-tan) — Turkmaniston obrazi

Jumboq qahramon, sirini hech kimga ochmaydi. Saparmyrat Nyýazowga parodiya.

Meriken (yaponcha: めりけん) — AQSh obrazi

Badavlat mehmon, urishqoq.

Al-Nyaida (yaponcha: あるにゃいだ, Arunyaida) — Al-Qoida obrazi

Yovvoyi mushuklar toʻdasi. Nuqul vayronagarchilik bilan mashgʻul.