Futbol toʻpi
Futbol toʻpi futbolda oʻynaluvchi sharsimon toʻpdir. Futbol qoidalariga koʻra toʻpning aylanasi 68-70 sm, massasi 410—450 g, ichki havo bosimi 55-80 kPa, usti charm yoki shunga oʻxshash material bilan qoplangan boʻlishi zarur.[1]
Futbol toʻplarini bir qolipga keltirish 1863-yilda, toʻplarning qanday boʻlishi haqidagi qoidalar joriy etilishi bilan boshlandi. 1872-yili bu qoidalarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hozirgi toʻplar 32 yoqli sharsimon ikosaedr shaklidadir, ulardan 12 tasi muntazam beshburchak, 20 tasi muntazam oltiburchakdir.
Futbol toʻplari avvalboshda bir rangli: jigarrang, oq boʻlgan. 1960-larda oq-qora televideniyedagi futbol matchlari efirlari uchun toʻplar oq-qora rangga boʻyala boshlandi. Rangli televideniye yoyilishi bilan bu odat keraksiz boʻlib qolib, endilikda toʻplar har xil ranglarga boʻyalmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ FIFA: Laws of the Game (Wayback Machine saytida 2007-05-13 sanasida arxivlangan)(ingl.)