Kontent qismiga oʻtish

Loiq Sheraliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Loiq Sheraliy
tojikcha: Лоиқ Шералӣ
Tavalludi 20-may 1941-yil
Mazori Sharif, Panjakent,  Tojikiston
Vafoti 30-iyun 2000-yil(2000-06-30)
(59 yoshda)
Dushanbe,  Tojikiston
Fuqaroligi SSSR va Tojikiston

Loiq Sheraliy (forscha: لایق شیرعلی, tojikcha: Лоиқ Шералӣ, 20 - may, 1941 - yil; Panjakent, Tojikiston - 30 - iyun, 2000 - yil; Dushanbe, Tojikiston) - Tojikiston xalq shoiri.

Loiq Sheraliy 1941-yil 20-may kuni Sug'd viloyatining Panjakent tumanida joylashgan Mazori Sharif qishlog'idagi kolxozchi oilasida dunyoga kelgan. Ilk savodni qishlog'idagi maktabdan olgan. T.G.Shevchenko nomidagi Dushanbe Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetiga o'qishga qabul qilinib, uni 1963 - yil tugatgan. Loiqning yozgan she'rlarini o'qib ta'sirlangan ustozi Mirzo Tursunzoda uni yozuvchilar uyushmasiga tavsiya qilgan. U 1965 - yildan boshlab Sovet yozuvchilar uyushmasi a'zosi edi. "Sadoi Sharq" jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlagan. O'nlab poetik to'plamlar muallifi. "Hurmat belgisi" ordeni bilan taqdirlangan. Sergey Yesenin, Yohan Vol`fgang Gyote, Eduardas Mejelaytis, Qaysin Quliev, Yordan Milev, Mixail Svetlov, Rasul Hamzatov, Yevgeniy Yevtushenko, Erkin Vohidov she’rlarini tojik tiliga tarjima qilgan. Abu Abdulloh Ro’dakiy nomidagi Tojikiston Davlat hamda xalqaro Nilufar mukofotlarining sovrindori. 2000 - yil 30 - iyun kuni tojik xalqining zabardast shoiri og'ir xastalikdan Dushanbe shahrida dunyodan ko'z yumdi.

  • «Ko’klam»(1966),
  • «Ilhom»(1968),
  • «Tilak»(1971),
  • «Tashna ko’ngil»(1974),
  • «Sohillar»(1972),
  • «Vatan tuprog’i»(1975),
  • «Yomg’ir tomchilari»(1976),
  • «Yo’lovchi»(1979),
  • «Tosh sahifa»(1980),
  • «Ko’z kulbasi»(1982),
  • «Yorug’ kun»(1984),
  • «Qalb uyi»(1986),
  • «Ona duosi»(1991),
  • «To’lgan jom»(1991),
  • «Men va daryo»(1991),
  • «Ishq avvaliyu oxiri»(1994),
  • «Sassiz faryod»(1997) nomli she’riy to’plamlari hamda ikki tomlik «Kulliyot»i(2001) nashr etilgan.