Kontent qismiga oʻtish

Furoʻgʻ Farruhzod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Furo'g' Farruxzod
Tavalludi 5-yanvar 1935-yil
Vafoti 13-fevral 1967-yil(1967-02-13)
(32 yoshda)
Tehron, Eron
Kasbi shoira, aktrisa, prodyuser
Ijod qilgan tillari Fors tili[1]
Fuqaroligi Pahlaviylar davlati

Furoʻgʻ Farruxzod (19351967) – mashhur eronlik shoira, aktrisa va prodyuser.

Furoʻgʻ 1935 – yil Tehronda dunyoga kelgan. 13 – 14 yoshligidan sheʼrlar yoza boshlagan. 16 yoshida institutni bitirib, Parvez Shopurga turmushga chiqqan. Keyinchalik ayollar sanʼat kollejining tikuvchilik va rassomlik boʻlimini tugatgan. Ilk kitobini 17 yoshida, yaʼni 1952 – yilda „Asir“ nomi bilan nashr ettirdi. Shu yili „Gunoh qildim, toʻliq lazzat gunohi“ nomli sheʼri jurnalda bosilib, katta shov – shuv va oilaviy mojarolarga sabab boʻldi. Furoʻgʻ uyini tashlab ketib, ijarada yashay boshladi.1955 – yil eri bilan ajrashadi va unga hukumat farzandi bilan uchrashishni taʼqiqlaydi. 1957-yili „Devor“ nomi ostida ikkinchi sheʼriy toʻplami nashrdan chiqadi.1959 – yil shoira Italiyaga safarga chiqdi. Safardan qaytgach sheʼrlarini Nimo Yushij va Ahmad Shomlu uslubida yoza boshladi. Kinolarda prodyuserlik qildi. 1958 – yil „Bir olov“ nomli ilk qisqa metrajli filmini montaj qildi. Qator filmlarda rol ijro etib, buyuk isteʼdod egasi ekanligini namoyon etdi. Koʻplab mukofotlarga sazovor boʻldi. Jurnalist va tarjimon Ibrohim Guliston bilan moxovlar hayotiga bagʻishlangan „Uy qoradir“ nomli qisqa metrajli film ishlashadi. Furogʻ bu filmni yaratish uchun Tabrizga borib, moxovxonada oʻn ikki kunn yashagan. Va u ushbu moxovxonada olti yoshli Husaynni asrab olib, ikkinchi bor ona boʻladi."Uy qoradir" filmi 1963-yili Germaniyada „Eng yaxshi hujjatli film“ mukofotiga sazovor boʻladi. Asarning taʼsiri shu qadar kuchli ediki, dunyoning nufuzli „Vorschau“ XIV festivali oʻzining eng katta mukofotini „Furogʻ Farruhzod“ deb nomlaydi. Va mukofotning shiorini shu film soʻzlaridan tanlab qoʻyadi. Shoira 1964-yili oʻttiz yoshi arafasida „Qayta tugʻilish“ sheʼriy toʻplamini nashr ettiradi.1967 – yil 13 – fevral kuni Furoʻgʻ avtohalokat oqibatida dunyodan koʻz yumdi. Shoiraning „Qaygʻu guli“ nomli saylanmasi ilk bora oʻzbek tilida 2019-yil „Akademnashr“ nashriyoti tomonidan nashrdan chiqqan.

  • Asir (1952)
  • Devor (1957)
  • Isyon (1959)
  • Qayta tugʻilish (1964)
  • Sovuq fasl boshlanishiga iymon keltiraylik (vafotidan keyin).


  1. (unspecified title)