Kontent qismiga oʻtish

Leonardo DiCaprio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leonardo Di Caprio

Leonardo DiCaprio 2014-yilda
Tavalludi
Leonardo Wilhelm DiCaprio

11-noyabr 1974-yil (1974-11-11) (49 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor, produser, xayriyachi
Filmlari Leonardo DiCaprio filmografiyasi
Faoliyat yillari 1989–hozirgacha
Mukofotlari
Veb-sayt Rasmiy sayt

Leonardo Di Caprio Vilgelm – amerikalik aktyor, produser, ekolog va xayriyachi.[1] Yetti karra Akademiya (Oscar), oʻn uch karra Oltin globus, besh karra BAFTA va oʻn bir marotaba Screen Actors Guild Awards mukofotlari nomzodi. Oscar, Oltin globus, BAFTA va Screen Actors Guild Awards mukoflari sohibi. 2016-yilda Time jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritilgan.

DiCaprio Koʻpincha noanʼanaviy filmlarda, xususan, biopika,melodrama, drama va davriy filmlarda oʻynaydi. 2019-yilga kelib, uning filmlari dunyo boʻylab 7,2 milliard AQSh dollar daromad keltirdi va u dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan aktyorlarning yillik reytingida sakkizinchi oʻrindan joy oldi. U xalqaro shuhratga James Cameronning Titanic (1997) filmidagi Jack roli orqali erishdi.

DiCaprio keyinchalik Aviator (2004) va Diamond (2006), Murtadlar (2006), Inqilobiy yoʻl (2008), Muqadddima (2010), The Wolf of Wall Street" (2013), The Revenant (2015), Bir paytlar Hollywoodda (2019) kabi filmlarda rollar ijro etdi.

U 2017-yilda The Revenant filmi uchun Oscar, BAFTA va Oltin Globus mukofotini oldi. Aviator va The Wolf of Wall Street uchun 2005 va 2013-yillarda Oltin globus mulfotini olgan. DiCaprio rejissor Martin Scorsese bilan eng koʻp hamkorlik qilgan aktyorlardan biridir.

U muntazam ravishda xayriya ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi va atrof-muhit toʻgʻrisida bir nechta hujjatli filmlarni suratga oldi. 2016- yilda u sanʼat va madaniyat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun Ordre des Arts et des Lettres mukofoti berilgan.

Asosiy maqolaga qarang: Leonardo DiCaprio filmografiyasi

Box Office Mojo sayti maʼlumotlariga koʻra, DiCaprioning tanqidiy va tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli filmlari quyidagilar: Whatʼs Eating Gilbert Grape (1993), Romeo + Juliet (1996), Titanic (1997), Catch Me If You Can (2002), Gangs of New York (2002), The Aviator (2004), Murtadlar (2006), Blood Diamond (2006), Shutter Island (2010), Muqaddima (2010), Django Unchained (2012), Shovvoz Gatsby (2013), The Wolf of Wall Street (2013), The Revenant (2015) va Bir paytlar Hollywoodda (2019). Uning filmlari dunyo miqyosida jami 7,2 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan.

Mukofot va nominatsiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqolaga qarang: Leonardo DiCaprioning mukofot va nominatsiyalari

DiCaprio Kinematografiya sohasiga qoʻshgan hissasi uchun koʻp marotaba mukofotlar va nominatsiyalr bilan eʼtirof etilgan.

  • 66-chi Oscar mukofoti (1994): „Whats Eating Gilbert Grape“ filmi uchun „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“ nominatsiyasi
  • 77-chi Oskar mukofoti (2005): „Aviator“ uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi
  • 79-chi Oskar mukofoti (2007): „ Blood Diamond“ uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi
  • 86-chi Oskar mukofoti (2014): „Uoll-stritlik boʻri“ uchun eng yaxshi film va eng yaxshi aktyor nominatsiyalari
  • 88-chi Oskar mukofoti (2016): „The Revenant“ filmi uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi va gʻolibi
  • 92-chi Oskar mukofoti (2020): „Bir paytlar Hollywoodda“ filmi uchun eng yaxshi aktyor nominatsiyasi

Shunigdek uchta Oltin globus va BAFTA mukofotlari sovrindori.

Dastlabki hayoti va aktyorlik tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U yuridik kotib Irmelin Indenbirken va yer osti komiks rassomi va distribyutori Jorj Di Kaprioning yagona farzandi edi. Uning onasi nemis, otasi esa italyan va nemis millatiga mansubdir. [2] Uning ona tomondan bobosi Vilgelm Indenbirken nemis edi [3] va buvisi Xelene Indenbirken Germaniyada yashagan rus muhojiri edi. [3] Manbalar uning buvisi Ukrainaning Odesa shahrida tugʻilgani haqida yolgʻon daʼvo qilishgan; Di Kaprioning Ukrainada tugʻilgani yoki merosga ega qarindoshlari borligiga hech qanday dalil yoʻq. [4]

Uni birga tarbiyalash uchun ota-onasi Los-Anjelesdagi Echo Parkdagi umumiy bogʻi boʻlgan 2 xonali kottejlarga koʻchib oʻtishdi. [5] [3]

  1. IMDb profili[sayt ishlamaydi]
  2. Michalski, Jennifer. „14 Celebrities Who Speak Multiple Languages“. Business Insider (2013-yil 24-oktyabr). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
  3. 3,0 3,1 3,2 Wight 2012.
  4. Dale, Daniel. „Fact Check: How a False Story About Leonardo DiCaprio Donating 80 Million to Ukraine Spread Around the World“. CNN (2022-yil 12-mart). 2022-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-avgust. „DiCaprio [...] does not have a family member from Odessa or anywhere else in Ukraine, a source close to the actor told CNN on Wednesday.“.
  5. Green, Jesse. „Fresh Blood; Leonardo DiCaprio“. The New York Times (1995-yil 12-fevral). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyun.

Leonardo DiCaprio IMDbda Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash