Kiyikkamar gʻori
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kiyikkamar gʻori - Qoratepa togʻ tizmasi janubiy yon bagʻrida (Kitob tumanida). Makrid qishlogʻidan 1,5 km shimoli-gʻarbda, 820 m balandlikda, gʻor oldidan oqib oʻtuvchi soy oʻzanidan 30 m balandlikda joylashgan. Silur davriga mansub ohaktoshlarda xreil boʻlgan. Gʻorning uchburchak shaklidagi ogʻzi gʻarbga qaragan. Gʻorning umumiy tuzilishi katta xona (bal. 10 m) shak-liga ega. Gʻorning oxiri tik devor shaklida tugaydi. Devorlari va shipida mumiyo qoplami uchraydi.
Gʻorning umumiy uz. 26 m, maydon 118 m2, qajmi 413 m3.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |