Kontent qismiga oʻtish

Gʻor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻorlarning bir turi — lava quvuri. Hawaii, 2006.
Gʻor.

Gʻor odam sigʻadigan darajada keng tabiiy teshikdir. Gʻorlar yer qobigʻida (yerostida yoki togʻlarda) yemirilish natijasida hosil boʻladi. Sunʼiy gʻor grot deyiladi.

G‘or — Yer po‘stining yuqori qatlamlarida vujudga kelgan bo‘shliqlar. G‘orning vujudga kelishi uchun muayyan sharoit bo‘lishi lozim. Suvda oson eriydigan tog‘ jinslari (ohaktosh, dolomit, gips) va tuzlarning erishi va yuvilib ketishi yoki suffo-ziya va abraziya oqibatida vujudga keladi. Shuningdek, tektonik yoriqlar oqibatida, muzliklarning erishi va boshqa harakatlar natijasida ham hosil bo‘ladi. G‘or kattaligi va chuqurligiga ko‘ra xilma-xil. G‘or gorizontal va vertikal holatda bo‘lishi, uzunligi ha.m bir necha m dan yuzlab km ga yetishi mumkin. Ba’zan ko‘p qavatli g‘orlar ham uchraydi. Eng yirik g‘or karst g‘orlaridir. G‘or murakkab yo‘laklar va zallardan iborat bo‘lib. bir yoki bir nechta og‘zi bo‘lishi mumkin. Ohaktosh orasida paydo bo‘lgan karst G‘orda stalaktit va stalagmitlar, ustunlar. tosh pardalar bo‘ladi. G‘or tubida daryo va ko‘llar uchraydi. G‘orning faunasi o‘ziga xos. Dunyodagi eng yirik G‘or — Mamont g‘ori, shuningdek, Fransiyadagi Pyer-Sen-Marten va Berje, AQShdagi Karlsbad yurlari, Postoyns-ka-Yama va boshqa Tosh davrida va undan oldin ham ibtidoiy odamlar G‘orlarda yashagan, ular uchun turar joy bo‘lib xizmat qilgan, mas. Teshiktosh yuri. O‘zbekiston tog‘larida ohaktoshning mavjudligi Gor hosil bo‘lishiga kulaylik yaratadi: Amir Temur. Olamtosh g‘orlari ham katta g‘or hisoblanadi. G‘orda o‘sha muhitga moslashgan turli hayvonlar (g‘or faunasi) yashaydi. G‘orni g‘orshunoslar (speleologiya fani mutaxassislari) o‘rganadi.

Gʻorlarni speleologiya fani oʻrganadi.