Ashula
Ashula – yakka xonanda yoki xonan-dalar guruhiga moʻljallangan, mumtoz oʻzbek musiqa merosida markaziy oʻrin egallagan ashula yoʻli. Asosan lirik ruhdagi gʻazal va she’rlar zaminida yuzaga keladi. A.lar soz (doyra, dutor, tan-bur), ansambl joʻrligida yoki joʻrsiz ijro etiladi. A. oʻzbek musiqa fol-klorida katta urin egallagan qoʻshiq janridan kuy diapazonining kengligi, shaklan rivojlanganligi, mavzu va maz-muni teranligi bilan farqlanadi. A.ning badiiy mazmunida barmoq vaznidagi she’rlardan foydala-nilsada, aruz vaz-nidagi gʻazal va she’riy shakllar asosiy oʻrin tutadi. Binobarin, A.ning ichki tu-zilishi ham turlichadir. Barmoq vazniga asoslangan A.lar kuproq "band-naqarot" shakli kurinishida boʻlsa, gʻazallarga bi-tilgan A.lar tuzilishi nisbatan murak-kab va rivojlangandir. Odatda, bunday A.larning kuylari quyi pardalardan boshlanib oʻrta va yuqori pardalarida ri-vojlanadi, soʻngra dastlabki turgʻun to-vushda nihoyasiga yetadi. Aksariyat A.lar oʻziga xos avjlariga ega. A. janri tarixi uzoq oʻtmishga borib ta-qaladi: koʻpincha professional musiqachi (bastakor-hofiz)lar ijodiyotining mahsuli boʻlib, bizgacha ogʻzaki ravishda yetib kelganligi tufayli qator A.lar koʻplab variantlarga ega. A.ning eng rivojlangan mu-kammal koʻrinishlari Buxoro va Xorazm maqomlarining nasr (ashula) yoʻllari, Toshkent va Fargʻona vodiysida keng tarqalgan maqom yoʻllari, katta ashula janrida namoyon boʻlgan. A.larda oʻzbek xalqining ruhi, harakteri, ma’naviy du-nyosi oʻzining badiiy yetuk va toʻlaqonli ifodasini topgan.Ad. Nota nashrlari: A. Navoiy soʻziga muzikalar, T., 1948; Muqimiy va Furqat ashulalari, T., 1958; Oʻzbek xalq muzikasi 834(toʻplovchi va notaga oluvchi Yu. Rajabiy), I–V tomlar, T., 1955-59.Toʻxtasin Gʻafurbekov.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |