Jahongir Ahmedov
Jahongir Ahmedov | |
---|---|
Tavalludi |
4-fevral 1983-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Rejissyor, ssenariychi |
Faoliyat yillari | 2009 — h.v. |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi |
Jahongir Ahmedov (1983-yil, 4-fevral, Toshkent viloyati tugʻilgan) — oʻzbek kinorejissyor, ssenariychi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[1].
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmedov Jahongir Odilxoʻjayevich 1983-yil 4-fevralda Toshkent viloyatida tugʻilgan. U 25-oʻrta maktabni bitirib[2], 2002-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat madaniyat va sanʼat institutida tahsil olgan, bakalavriat va magistratura darajasini rejissyorlik boʻyicha tamomlagan[3][4]. Ayni kunda Oʻzbekiston davlat sanʼat instituti dotsenti.
Ahmedov oʻzini katta kinoda 2009-yil „Uylanish“ kinokomediya kartinasini olishdan boshlagan. U ssenariy va suratga olish jarayonini oʻzi olib, kinoga ilk qadamini qoʻygan. Bu bilan Jahongir Ahmedov kino sohasida toʻxtab qolgani yoʻq. 2010-yilda uning „Omad“ va shu yili „Tundan tonggacha“, 2012-yili esa – „Tilim qursin“ kinokomediyalari, 2016-yili – „Majnun“ drama janridagi kinosi olam yuzini koʻrgan.[5]
2018-yil Jahongir Ahmedov yangi loyiha ustida ish boshlagan. U Xiva xonligining bosh vaziri, XX asrning mashhur tarixiy siymolaridan biri Islomxoʻja hayotiga bagʻishlangan badiiy-publitsistik janrda „Islomxoʻja“ tarixiy filmini suratga olgan[6]. Ushbu film qahramonning hayoti, jamiyat va davlatni isloh qilish yoʻlidagi faoliyati, turli fitna va xavf-xatarlarga boy hayoti haqida soʻz yuritgan. Mazkur ish kinematografchilar tomonidan ijobiy baholangan. Bu film nafaqat Oʻzbekistonda, boshqa xorijiy davlatlarda ham namoyish etilgan[7].
2020-yil Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiluvchi „Ilhaq“ dramatik janrdagi film suratga olingan[8][9]. Jahongir Ahmedov mazkur filmni ssenariychisi va rejissyori boʻldi. „Ilhaq“ butunjahon boʻylab karantin boʻlganligi uchun kinoteatrlarda emas, balki barcha telekanallarda namoyish etilgan. Film kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholangan[10]. U bir qancha festivallarda gʻolib boʻlgan. Xususan, Belarusda oʻtkazilgan Listopad festivalida eng yaxshi film deb topilgan[11]. Oʻzbekistonda eng yaxshi film uchun „Oltin humo“ mukofoti sovrindorini qoʻlga kiritgan[12]. Bundan tashqari, Jahongir Ahmedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan[13].
Jahongir Ahmedov kino faoliyati davomida rejissyor sifatida 16 ta badiiy filmlarni yaratgan va 30 dan ortiq kinolarga ssenariy yozgan.
- 2018-yilda – Oʻzbekiston kinematograflari ijodiy uyushmasi boshqaruvi aʼzosi.
- 2019-yilda – Oʻzbekiston kinematografiya agentligi Badiiy kengash aʼzosi.
- 2020-yilda – Oʻzbekiston Rassomlari va ijrochilar mualliflik huquqlari palatasi boshqaruv aʼzosi.
Maʼlumoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Toshkentdagi 25-oʻrta maktabni bitirgan.
- 2002-yildan 2006-yilgacha Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida tahsil olgan.
- 2006-yildan 2008-yilgacha Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida magistratura bosqichida tahsil olgan va tamomlagan.
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida Jahongir Ahmedov suratga olgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan.
Yil | ||
---|---|---|
Nomi | Rol | |
2009-yil | Uylanish | rejissor, ssenariy muallifi |
2010-yil | Omad | rejissor, ssenariy muallifi |
2010-yil | Tundan tonggacha | rejissor, ssenariy muallifi |
2011-yil | Oling quda − bering quda | rejissor, ssenariy muallifi |
2011-yil | Qorakoʻz | rejissor, ssenariy muallifi |
2012-yil | Soʻnggi qoʻngʻiroq | rejissor, ssenariy muallifi |
2012-yil | Xizmat doirasidan tashqarida | rejissor, ssenariy muallifi |
2012-yil | Tundan tonggacha 2 | rejissor, ssenariy muallifi |
2013-yil | Ana xolos | rejissor, ssenariy muallifi |
2015-yil | Tilim qursin | rejissor, ssenariy muallifi |
2014-yil | Baxt ortidan | rejissor, ssenariy muallifi |
2014-yil | Onam bilmasin | rejissor, ssenariy muallifi |
2015-yil | Dadam bilmasin | rejissor, ssenariy muallifi |
2015-yil | Tilim qursin 2 | rejissor, ssenariy muallifi |
2016-yil | Majnun | rejissor, ssenariy muallifi |
2017-yil | Asal oyi | rejissor, ssenariy muallifi |
2018-yil | Islomxoʻja | rejissor, ssenariy muallifi |
2020-yil | Ilhaq | rejissor, ssenariy muallifi |
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2011-yil „M & TVA Eng yaxshi rejissori“ nominatsiyasi gʻolibi[14].
- 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi[15].
- 2021-yil „Listopad“ Xalqaro kinofestivalda Gran-pri sohibi („Ilhaq“ filmi uchun)[16].
- 2021-yil „Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi film“ nominatsiyasi gʻolibi[17].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni e’lon qilindi Xabar.uz
- ↑ Rejissor Jahongir Ahmedov 100 qismli tarixiy serial suratga olishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Suratga olish ishlari uch yil davom etadi (Wayback Machine saytida 2022-01-10 sanasida arxivlangan) Daryo.uz
- ↑ Kino va adabiyot, „Oltin oʻrtali“ izlangan „Ilhaq“ va „Oskar“ — Rejissor Jahongir Ahmedov bilan suhbat[sayt ishlamaydi] Kun.uz
- ↑ Jahongir Ahmedov: Dunyoga chiqish uchun oldin hovliga chiqish kerak Amerikaovozi.com
- ↑ Jahongir Ahmedov: avvallari juda an’anaviy, o’ta konservativ fikrlagan ekanman Amerikaovozi.com
- ↑ Jahongir Ahmedovning «Islomxoʻja» filmida tarixiy qotillik siri fosh etiladi Kun.uz
- ↑ Jahongir Ahmedov AQSHlik kinoijodkorlar bilan turkum filmlarni suratga oladi (Wayback Machine saytida 2022-01-10 sanasida arxivlangan) Xs.uz
- ↑ «Ilhaq» filmi qahramoni — Zulfiya Zokirova yashagan xonadonga tashrif Kun.uz
- ↑ Завершились съемки фильма «Илхак», посвященного 75-летию победы во Второй мировой войне. Uzdaily.uz
- ↑ “Илҳақ” фильми режиссёри Жаҳонгир Аҳмедов билан очиқ суҳбат Yuz.uz
- ↑ Узбекистан представит в Минске фильм о войне — видео Uz.sputniknews.ru
- ↑ “Oltin Humo” milliy kinomukofotini tantanali topshirish marosimi Uzdaily.uz
- ↑ Шавкат Мирзиёев "Илҳақ" фильми ҳақида нима деди? (ВИДЕО) Aniq.uz
- ↑ M&TVA takdirlash marosimi yakuni! Fazo.tv
- ↑ Fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Prezident farmoni e’lon qilindi Xabar.uz
- ↑ Победителем фестиваля "Лістапад" стал фильм "Илхак" узбекского режиссера Джахонгира Ахмедова Belta.by
- ↑ Eng yaxshi film, aktyor, rejissor... “Oltin Humo” kinomukofoti taqdirlash marosimi oʻtkazildi Qalampir.uz