Ilhaq
Ilhaq — 2020-yilda suratga olingan oʻzbek harbiy drama filmi. Film rejissori va ssenariy muallifi — Jahongir Ahmedov. Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi tomonidan ishlangan. Ushbu film „Belarusfilm“ kinostudiyasi bilan qoʻshma hamkorlikdagi birinchi loyiha sanaladi[1]. Film ijodkorlarining taʼkidlashicha, ssenariy Zulfiya Zokirovaning „Umr“ asari asosida yaratilgan[2]. Unda Ulugʻ Vatan urushi davrida besh farzandini yoʻqotgan onaning matonati haqida hikoya qilinadi. Bosh rollarda Dilorom Karimova, Tohir Saidov, Dilrabo Mirzayeva, Fotih Nasimov va Husan Rashidov ishtirok etishgan. Film katta ekranlarga 2019-yil 21-oktabrdan namoyish etilgan[3].
2020-yil 9-may kuni Oʻzbekistonning barcha telekanallarida, jumladan, „Sevimli TV“, „MY5“, Zoʻr TV", „Milliy TV“ Ulugʻ Vatan urushining 75-yilligiga bagʻishlangan hayotiy voqealar asosida suratga olingan „Ilhaq“ filmining premerasi boʻlib oʻtdi[4]. Film Oʻzbekistonda birinchi boʻlib COVID-19 pandemiyasi tufayli cheklovlardan soʻng kinoteatrlarda namoyish etildi[5]. Ilhaq filmi boshqa tillarga ham tarjima qilingan, hususan ingliz va rus tilida subtitr shaklida tayyorlangan, bundan tashqari toijik tilida ham namoyish etilgan. Oʻzbekiston Turizm va madaniyat vazirligi qoshidagi Kinematografiya agentligi xabariga koʻra Ilhaq" kinokartinasini qozoq, turkman, qirgʻiz tillariga tarjima qilish rejalashtirilgan[6].
Mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ilhaq“ filmi real voqealarga asoslangan. Filmda Zulfiya Zokirovaning Ikkinchi jahon urushi davridagi hayoti hikoya qilinadi. Zulfiya barcha oʻgʻillarini urushga joʻnatadi, lekin ularning hammasi halok boʻladi. Ulardan toʻrttasining rafiqalari bor edi, keyinchalik ular boshqa turmush qurishmaydi. Zulfiya aya qora maktublar olsa ham, umrining soʻnggi kunlarigacha farzandlarining qaytishiga umid qiladi. Filmi soʻngida esa Rossiyda halok boʻlgan urush qaharamonlarining qabri haqidagi maʼlumotlar va manashu yodgorliklar tasviri bilan tugaydi[7].
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ilhaq“ filmi Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan 2019-yilda Ulugʻ Vatan urushining 75 yilligi munosabati bilan yaratilgan[8].
FMazkur filmni suratga olish „EZGU Film“ kinokompaniyasiga yuklangan. Aktyor sifatida Oʻzbekiston va Belarusning eng mashhur madaniyat arboblari rol ijro etishgan[9].
„EZGU Film“ kino maydonchasida oʻsha davr muhiti qayta jonlanadi. Belorussiyadan kelgan ijodiy jamoa bilan hamkorlikda 5 gektar maydonda dekorasiya barpo etiladi: shahar va jang maydonlari. Ikkinchi jahon urushi binolari qad rostlaydi va xuddi oʻsha davrga moslab quriladi[10].
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dilorom Karimova — Zulfiya Zokirova
- Dilrabo Mirzayeva — Hidoyat
- Fotik Nasimov — Muhammadjon Xolmatov
- Maʼrifat Ortiqova — Lazokat
- Dilnavoz Ahmedova — Hamroniso
- Tohir Saidov — Mardon rais
- Raʼno Zokirova — Nazira
- Xusan Rashidov — Vahobjon Xolmatov
- Bunyod Rahmatullayev — Yusufjon Xolmatov
- Iskandar Elmurodov — Ahmadjon Xolmatov
- Yigitali Mamadjonov —Shokir
- Viktor Bogushevich
- Alla Poplavskaya
- Lolita Toborko
- Ilona Rayenko
- Dmitriy Mashko
- Gennadiy Churikov
- Yekaterina Ermalovich
- Konstantin Pronkin
- Mixail Kaminskiy
- Nikita Kratovich
- Aleksandr Orlovskiy
- Aleksandr Tkachenok
Suratga olish guruhida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosh produser -Oʻzbekiston kinematografiya agentligi, bosh direktori Firdavs Abduxoliqov
- Ijrochi produser — Zafar Yoʻldoshev
- Postakovkachi-rejissor — Jahongir Ahmedov
- Ssenariy mualliflari — Jahongir Ahmedov, Hasan Toshxoʻjayev
- Postanovkachi-operator — Jahongir Ibragimov
- Postanovkachi-rassom — Bahriddin Shamsuddinov
- Bastakor — Doniyor Agzamov
- Liboslar boʻyicha dizayner — Zuhra Gʻaniyeva
- Pardozlash boʻyicha rassom — Zilola Sobirova
- Kasting direktori — Zafar Asqarov
- Montaj rejissori — Davlat Arabshoyev
- Ovoz rejissori — Anvar Fayzullayev
- Produser — Zafar Yoʻldoshev
- Loyiha rahbari — Firdavs Abduholiqov
Post-production
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Ilhaq“ filmi musiqasi Doniyor Agzamov tomonidan yozilgan. Ovoz rejissori Anvar Fayzullayev, Ovoz dizayni Doniyor Agzamov. SineLab Dolby Digital 5.1. post-prodakshn kompaniyasi ovoz kompleksi.
Mukofot va nominatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Listopad“ („Ilhaq“ filmi uchun) xalqaro kinofestivalining Gran-pri sovrindori (2021)[11][12]
- „Oltin Humo“ Milliy kinofestivalining „Eng yaxshi film uchun“ nominasiyasi gʻolibi (2021)[13]
- „Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi ayol roli uchun“ nominasiyasi gʻolibi (2021) (Dilorom Karimova)
- „Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi operatorlik ishi uchun“ nominasiyasi gʻolibi (2021) (Jahongir Ibrohimov)
- „Oltin Humo“ Milliy kinofestivalining „Eng yaxshi liboslar dizayneri“ nominasiyasi gʻolibi (2021) (Zuhra Gʻaniyeva)
- „Oltin Humo“ Milliy kinofestivalining „Eng yaxshi pardozlash boʻyicha rassom“ nominasiyasi gʻolibi (2021) (Zilola Sobirova)
- „Oltin Humo“ milliy kinofestivalining „Eng yaxshi ovoz rejissori uchun“ nominasiyasi gʻolibi (2021) (Anvar Fayzullayev)[14]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ilhaq“ filmining suratga olish maydonida tanishgan juftlik turmush qurmoqda. Qiz Toʻti Yusupovaning nabirasidaryo.uz
- ↑ „Ilhaq“ filmi qahramoni — Zulfiya Zokirova yashagan xonadonga tashrifkun.uz
- ↑ „Oʻzbekkino“ Milliy agentligi „Ilhaq“ badiiy filmi boʻyicha ogohlantirish bilan chiqdi kun.uz
- ↑ kuni Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga Oʻzbekiston telekanallarida yangi harbiy-tarixiy oʻzbek filmlari namoyish etiladidaryo.uz
- ↑ „Ilhaq“ filmning premerasi 9-may kuni noodatiy tarzda oʻtkaziladi (Wayback Machine saytida 18-yanvar 2022-yil sanasida arxivlangan)darakchi.uz
- ↑ „“Ilhaq” filmi turli tillarga tarjima qilinyapti“. https://yuz.uz/ru. Yuz.uz. Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
- ↑ „Ilxak“ (Wayback Machine saytida 2022-01-18 sanasida arxivlangan)uzbekkino.uz
- ↑ „Ilhaq“ bizga umid bera oladimi? Bahslar mavzusi boʻlgan film va oʻzbek kinosi haqidakun.uz
- ↑ „Oʻzbekkino“ Belarusda „Ilhaq“ filmining harbiy sahnalarini suratga oladizarnews.uz
- ↑ Jahon urushi haqida hikoya qiluvchi „Ilhaq“ filmining suratga olish ishlari yakunlandi[sayt ishlamaydi]daryo.uz
- ↑ Pobeditelem festivalya „Lіstapad“ stal film „Ilxak“ uzbekskogo rejissera Djaxongira Axmedova belta.by
- ↑ „Ilhaq“ filmi Belarusdagi xalqaro kinofestivalda 2 ta eng yirik mukofotni qoʻlga kiritdi (Wayback Machine saytida 2022-01-18 sanasida arxivlangan)xs.uz
- ↑ Eng yaxshi film, aktyor, rejissor… „Oltin Humo“ kinomukofoti taqdirlash marosimi oʻtkazildiqalampir.uz
- ↑ Sostoyalas torjestvennaya seremoniya vrucheniya natsionalnoy kinopremii „Oltin Xumo“ uzdaily.uz
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ilhaq IMDbda
- Shavkat Mirziyoyev „Ilhaq“ filmi haqida nima dedi? (VIDEO) (Wayback Machine saytida 2022-01-19 sanasida arxivlangan) uznews.uz